Tanlangan musobaqa mashqlari
umumiylikka ega bo‘lgan
mashqlar maxsus tayyorlov mashqlari bo‘lishi mumkin. Maxsus
tayyorlov mashqlari sport turi bilan bir xil bo‘lmaydi. Ular sportchi
jismoniy fazilatlari texnik va taktik tayyorgarliklarini rivojlantirishga
ta’sir etadigan shaklda tanlanadi va tuziladi.
Yaqinlashtiruvchi mashqlar
shakl jihatdan sportning tanlangan
turiga rivojlantiruvchi mashqlarga nisbatan yaqin bo‘lib, ularning
qo‘llanish darajalari va jismoniy yuklamalarni me’yorlanishi har xil
bo‘ladi. Yaqinlashtiruvchi mashqlar maxsus jismoniy tayyorgarlikdan
texnik tayyorgarlikka o‘tishda ko‘prik vazifasini o‘taydi. Ma’lum
murakkablik asosida qurilgan texnik mashqlar taktik ko‘nikmalarni
shakllantirishga yordam beradi. Shu asosda keyinchalik yakka tartibdagi
taktik harakatlar o‘rganiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |