Mashg‘ulot jarayonlari siklliligi.
Mikrotsikllar tarkibiga jismoniy
yuklamalar dinamikasining kichik to‘lqinlari hosil qiladigan omillar
ta’sir etadi. Shuningdek, turli yo‘nalishdagi mashqlarni takroriy bajarish
ham mikrotsikllarga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Trenirovka jarayonida bir-
biriga zich bo‘lgan mashqlar qo‘llanilmaydi. Ular turli mashg‘ulotlarda
qo‘llanilib, takomillashtiriladi. Bu tartib barcha trenirovkada bir xilda
bo‘ladi. Ular mikrotsikllar tarkibida o‘z ifodasini topadi. Mehnat va
o‘quv faoliyatini umumiy tartibiga ham mikrotsikllar tarkibi o‘z ta’sirini
o‘tkazadi. Shuning uchun mikrotsikllar hafta davomiga rejalashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |