O’zbtkiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 5,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet255/339
Sana01.01.2022
Hajmi5,55 Mb.
#294459
1   ...   251   252   253   254   255   256   257   258   ...   339
Bog'liq
013333cef20dfce1a16b43c05e9b1b17 VOLEYBOL NAZARIYASI VA USLUBIYATI

2-variant. Ikkinchi qatordagi chetki o‘yinchi tomonidan to‘siqni 
himoya (straxovka)lash
. Ikkinchi qator  o‘yinchilari tomonidan to‘siqni 
himoyalashning  atigi  ikkita  klassik  varianti  bor.  Ularning  tafovutlari 
to‘siqni chetdagi yoki markaziy himoyachi himoyalashi bilan aniqlanadi. 
Himoyalanuvchi  o‘yinchilarning  joylashuvi  standart  holatda  bo‘ladi, 
biroq 
maydonchaning 
ayrim 
muhum 
nuqtalarida 
turli 
zona 
o‘yinchilaridan  tashkil  topib,  himoyadagi  o‘yin  tizimlarining  farqlari 
aniqlandi. 
Avvalo 
chekka 
himoyachining 
ikkitalik 
to‘siqni 
himoya 
(straxovka)lash  variantini  qarab  chiqamiz.  Himoyachi  raqibning  to‘r 
chetidan  zarbasidan  oldin,  maydonchaga  ancha  ichkariga  siljib,  to‘siqni 
himoyalash  uchun  yon  chiziq  bo‘yicha  chiqadi.  Uning  o‘rniga  oltinchi 
zonadagi markaziy himoyachi keladi va hujumchi tomonidan yon chiziq 
bo‘ylab  yo‘naltirilgan  to‘pni  qabul  qilishni  amalga  oshiradi.  O‘z 
navbatida, chekkada boshqa himoyachi oltinchi zonaga siljiydi va to‘siq 
ustidan  oshirilgan  yoki  to‘siqchilar  o‘rtasidan  yo‘naltirilgan  zarbani 
qabul qilish  uchun  javob  beradi.  To‘siq  yonidan bo‘lgan  egri  zarbalarni 
oldingi  chiziqdagi,  to‘siqdan  holi  bo‘lgan  o‘yinchi  qaytaradi. 
Chekkadagi  himoyachining  himoyalash  tizimida  eng  kamida  ikkita 
afzallik bor: 
To‘r  chetida  to‘siqdan  holi  bo‘lgan  hujumchi  himoyada  o‘ynaydi 
yoki  o‘yinga  tayyorlanadi,  ishning  mohiyatiga  ko‘ra,  o‘z  zonasida  – 
chekka  chiziq  va  hujum  chizig‘i  tarmog‘ida  bo‘ladi.  To‘siqdan  himoya 
harakatlariga  o‘tishda  o‘yinchilarning  zaruriy  harakatlanishi  shu  tarzda 
minimallashtiriladi.  Bunday  dastlabki  holatda  o‘yinchi  yakunlovchi 
hujumni  tashkil  etishi  ancha  oson  bo‘ladi  –  bu  yerda  zarba  uchun 
yugurishni boshlash ancha yengilroqdir. 
Bog‘lovchi o‘yinchi orqa qatorga o‘tib qolgan vaziyatlarda, u odatda 
birinchi  zona  bilan  almashtiriladi  va  ikkinchi  bo‘lib  to‘siqchilar 
himoyalanadi.  Bu  jamoaga  ma’lum  bir  ustunliklarni  beradi,  chunki 
bog‘lovchi  o‘yinchi  himoyalashda,  qoida  tariqasida,  boshqa  mavqedagi 
voleybolchilarga  qaraganda  samaraliroq  harakat  qiladi.  Boshqa  tarafdan 
esa,  himoyachilar  tomonidan  hujum  zarbasi  qabul  qilingan  holatlarda, 
bog‘lovchi  o‘yinchi ikkinchi  uzatishni  bajarish uchun  allaqachon  chiqib 
kelgan bo‘ladi, bu ham foydalidir. Himoyadagi har qanday o‘yin tizimida 
bo‘lgani  kabi,  afzalliklardan  tashqari  unda  ham  zaif  tomonlar  – 
kamchliklar mavjud: 
To‘r  chetidan  navbatma-navbat  hujumlarda  markaziy  himoyachiga 
to‘pni  qabul  qilishga  tayyorlanish  uchun,  dastlabki  o‘rniga  borguncha, 


315 
hujumchilar  tomonidan  yon  chiziq  bo‘ylab  yo‘naltirilgan  to‘pga  yetib 
borguncha, 9 metr harakatlanishga tog‘ri keladi. To‘rga “urilganda”, yon 
chiziq  bo‘ylab  himoyalash  (straxovka)ga  chiquvchi  o‘yinchiga  uchinchi 
zonada  to‘pni  qabul  qilishi  qiyin  bo‘ladi.  Agar  to‘pga  birinchi  tegishni 
bog‘lovchi  o‘yinchi  bajarsa,  unda  sifatli  ikkinchi  uzatishni  bajarish 
uchun  hech  kim  qolmaydi.  Chunki  qolgan  o‘yinchilar  hujum  rejasida 
bo‘ladi. 
Himoyalanuvchi  jamoaning  orqa  qatorida  faqat  ikkita  himoyachi 
qoladi  (uchinchisi  himoyalash).  Ayrim  vaziyatlarda  to‘siqdan  holi 
bo‘lgan  o‘yinchi  himoyada  to‘laqonli  o‘ynashga  ulgurmay  qoladi;  bu 
holda  maydonda  himoyani  faqat  orqa  qatordagi  ikkita  himoyachigina 
amalga  oshiradi.  Ikkitali  to‘siqni  himoyalashning  ko‘rib  chiqilgan  har 
ikkala  usuli  ham  “burchak  bilan  orqaga”  deb  nomlanuvchi  himoyadagi 
o‘yin  tizimiga  kiradi.  Himoya  tizimining  nomlanishi  siniq  chiziqdan 
iborat burchak cho‘qqisining yo‘nalishidan kelib chiqqan, ushbu burchak 
to‘rning  orqasida,  raqibning  hujumi  vaqtida  orqa  qatordagi  uchta 
o‘yinchini birlashtiradi. Agarda burchak cho‘qqisi to‘rga qaragan bo‘lsa, 
unda bunday tizim “burchak bilan oldinga” deb ataladi. 

Download 5,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   251   252   253   254   255   256   257   258   ...   339




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish