To‘p kiritish va uni qabul qilish vaqtida maydonda joylashish.
Agar to‘p kiritayotgan o‘yinchi xatolikka yo‘l qo‘ysa va shu vaqtda
raqib maydonda joylashish qoidasini buzsa, bu holda to‘p kiritishdagi
xato e’tiborga olinadi. Agar to‘pni o‘yinga kiritish to‘g‘ri ijro etilgan
bo‘lsa, lekin to‘p keyinchalik xatoga uchrasa (to‘rdan o‘tmasa, maydon
tashqarisiga tushsa va boshqa holatlarda), bunda raqib jamoaning
joylashishidagi xatosi (agar shu xato mavjud bo‘lsa) e’tiborga olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |