O’zbtkiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 5,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/339
Sana01.01.2022
Hajmi5,55 Mb.
#294459
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   339
Bog'liq
013333cef20dfce1a16b43c05e9b1b17 VOLEYBOL NAZARIYASI VA USLUBIYATI

5-vazifa
.  Hujumchiga  samarali  qarshi  harakat  qilishni  tashkil  etish 
uchun  qo‘llarini  o‘z  vaqtida  va  maqsadga  muvofiq  tarzda  to‘pga 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri  qarshi  yo‘nalishga  o‘tkazish.  To‘siq  qo‘yuvchining 
havodagi  harakatlari  samaradorligini  qarab  chiqamiz.  Itarilishdan  keyin 
yuqoriga  harakatlanish  bosqichidayoq  to‘siq  qo‘yuvchilar  o‘z  qo‘llarini 
yuqoriga  o‘tkazishlari  maqsadga  muvofiqdir.  Qo‘llarni  yuqoriga 
ko‘tarish  ularning  siltanish  harakatlarining  tabiiy  davomi  hisoblanadi. 
To‘siq qo‘yishda qo‘llarni o‘z vaqtida yuqoriga ko‘tarish to‘pga noodatiy 
ertaroq 
zarba 
berishlarda 
(ularning 
yuqoriga 
harakatlanishida 
trayektoriyaning  yuqorilaganda  zarbani  bajaruvchi  hujumchilar  ham 
uchraydi) yoki to‘siq qo‘yuvchilar kechikkan holatlarda katta ahamiyatga 
ega bo‘ladi – to‘pni samarali to‘siqlash ehtimoli shu yo‘l bilan oshiriladi. 
Faqat  shunga  e’tibor  berish  zarurki,  to‘pni  o‘zi  turgan  tomondan 
to‘smaslik uchun qo‘llar to‘rga bevosita yaqin joyda yuqoriga ko‘tarilishi 
lozim.  
Standart  vaziyatlarda  to‘siq  qo‘yuvchi  o‘yinchining  sakrash 
trayektoriyasini yuqori nuqtasiga yaqinlashuviga qarab, qo‘llarni to‘rning 
raqib  tomoniga  o‘tkazish  va  (agar  zaruriyat  bo‘lsa)  u  yoki  bu  tomonga 
qaratish,  to‘pning  yo‘lini  barmoqlar  bilan  to‘sish  imkoniga  ega  bo‘lish 
kerak.  To‘siqda,  to‘siq  qo‘yuvchilarning  to‘p  bilan  ishlashini  amalga 
oshiruvchi  ishchanlik  holati  ahamiyatga  egadir:  tos  orqaga  surilishi, 
oyoqlar  gavdaga  tortilishi  kerak,  shu  asosda  “bukilgan”  gavda  holatiga 
erishiladi.  Bu  deyarli  har  qanday  zarbaga  to‘siq  qo‘yish  holatlari  uchun 


154 
ham  foydali.  To‘rga  tegib  ketish  va  o‘rta  chiziqdan  o‘tib  ketish  bilan 
bog‘liq xatolar ehtimoli ham kamayadi. Endi qo‘llar harakati yordamida 
to‘siq  qo‘yish  samaradorligini  oshirishning  boshqa  shartlarini  aniqlab 
olamiz: 
1. To‘pni barmoqlar yozilgan holdagi kaftlar bilan (bilak bilan emas) 
qaytarish maqsadga muvofiq – shunda qo‘lning qaytarish maydoni katta 
va to‘p uchushini oldindan bilish imkoniyati yuqori bo‘ladi. Agarda to‘p 
bitta  bilakka  to‘g‘ri  kelsa,  bunda  to‘p  to‘siq  qo‘yuvchilarning  qo‘lidan 
to‘pni uchush  trayektoriyasini  tartibga  olish ancha qiyin  bo‘ladi,  chunki 
bitta bilak deyarli aylana shaklidagi kesimga ega bo‘ladi. 
2.  To‘siq  qo‘yuvchining  qo‘l  barmoqlari  ochilishini  imkon  qadar 
hujumchining  zarbasi  beriladigan  joyga  yaqinroqda  bajarish  mumkin  – 
shunda eng katta “otish burchagi yopilishi mumkin” (28-rasm, A holati).
 
Umumiy  holatda  esa  to‘siq  qo‘yuvchilar  qo‘llarini  raqib  tomonga 
pastroq  sakrashda,  to‘r  balandligida  yuqori  sakrashida  esa  qo‘l 
uzunligiga  qarab  o‘tkazishlari  lozim.  To‘r  ustida  barmoqlar  shunday 
mo‘ljal  olishi  kerakki,  to‘siqdan  to‘pning  maydongacha  ehtimoliy 
tushishishini hisobga olish kerak. Agarda to‘siq qo‘yuvchilar faqat raqib 
zarbasini  “yengillashtirish”  maqsadida  harakat  qilgan  bo‘lsalar,  buni 
himoyachilar  qabul  qilishi  kutilsa,  unda  qo‘llarni  yuqoriga  cho‘zish 
kerak. 
 
 
28-rasm 
 
3.  To‘siq  qo‘yuvchilar  to‘pning  zarba  berish  yo‘nalishi  va 
trayektoriyasini  aniqlagach,  o‘z  nigohlarini  to‘pdan  hujumchiga 
o‘tkazishlari  lozim.  Bu  hujum  joyini  aniqroq  belgilashga  va  sakrash 
holatiga  o‘z  vaqtida  o‘tishlariga,  shuningdek,  hujumchi  zarbasi 
yo‘nalishini  topish  va  to‘r  ustida  samaraliroq  qarshi  harakat  qilish 


155 
imkonini  beradi.  To‘siq  qo‘yuvchi  to‘rga  yaqin  uzatishdagina  to‘pga 
diqqat  bilan  qarab  turishi  lozim.  Shuningdek,  to‘p  to‘siq  qo‘yuvchilar 
tomonga  uchib  o‘tgan  holatda  esa  unga  qarshi  hujumni  tashkil  etish 
lozim.  Raqibning  harakatlarini  tashqi  kuzatish  yordamida  nazorat  qilish 
mumkin. 
4.  Qo‘llarning,  ayniqsa,  barmoqlarning  harakati,  to‘pga  to‘g‘ridan-
to‘g‘ri ta’sir etib, ko‘pincha to‘siq qo‘yishning samaradorligini oshiradi. 
To‘siq, shu tariqa, qarshi hujumga aylanadi. 
5.  To‘siq  qo‘yuvchi  o‘yinchilar  qo‘llar  yuqorida  to‘g‘rilangan 
holatda  pastga  tushishi  maqsadga  muvofiqdir.  Qo‘llarning  ertaroq 
tushirilishining  xatosi  to‘pning  bosh  ustidan  o‘tib  ketishiga  olib  keladi. 
To‘siq qo‘yuvchi o‘yinchining yengilgina o‘ljasi qo‘ldan chiqadi. 

Download 5,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   339




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish