3.13. To‘siq qo‘yish
To‘siq qo‘yish to‘liq darajadagi o‘yinchining texnik-taktik usuli
hisoblanadi. Vazifalarni hal etishda raqibning hujum harakatlariga to‘siq
qo‘yish yordamida qarshi harakat qilish voleybolchi aqliga eng yuqori
talablarni qo‘yadi. O‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan yakka va guruh
bo‘lib to‘siq qo‘yish texnikasini farqlash mumkin. To‘siq qo‘yishni
o‘yinchlar joyidan sakrash bilan, harakatlanishda (to‘r bo‘ylab uchib
o‘tib) va harakatdan so‘ng, ko‘pincha kuchlanishni oxirgi qadamida
bajaradilar. To‘siq bilan zarbaning ma’lum yo‘nalishini yopish, qo‘llarni
harakatsiz tutib turish (to‘siq hududi) yoki zarba yo‘nalishini tutib qolish,
to‘pni qaytarish uchun qo‘llarini bir tomonga uzatish (tutuvchi to‘siq)
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |