To‘pni o‘yinga rejali kiritish.
To‘pni o‘yinga rejali kiritishni
bajarishda o‘yin vazifalarini samarali hal etish shartlarini aniqlashdan
oldin predmetlar harakat trayektoriyasining sakrashsimon to‘pni o‘yinga
kiritishlarini keltirib chiqaruvchi, mutaxassislarga ilgaridan ma’lum
bo‘lgan, turbulentlik mexanizmini izohlash zarur. U voleybolda
“rejalashtirish” deb ataladi, rejalashtiruvchi uzatishlar nomi ham shundan
kelib chiqqan.
Ta’kidlash kerakki, foydalanilayotgan atama unchalik ommabop
emas, chunki u aerodinamikada mutlaqo boshqacha ma’noga ega. Unda
rejalashtirish deyilganda havoda uning oqimlari ko‘tarilish kuchidan
foydalangan holda biror-bir jismning (har qanday shakldagi emas)
harakati tushuniladi. U rejalashtirilayotgan predmetning yuqori va pastki
tomonlaridagi havoning har xil bosimlari oqibatida vujudga keladi.
Bundan uchish masofasi ko‘payadi. Sharsimon shaklga ega bo‘lgan
jismni rejalashtirib bo‘lmaydi. Uning uchish trayektoriyasi oldindan
barqaror, yerning tortish maydonidan uzoqlashuvchan va shamolning
borligi, shuningdek, uloqtirish yoki zarba bilan berilgan dastlabki tezlik
bilan aniqlanadi. Trayektoriyaning aniq o‘zgarishlari uchuvchi sharsimon
115
jismning aylanishida ham mumkin – ushbu burchak tezligi qancha
yuqori bo‘lsa, u aylanish tomoniga shuncha ko‘proq og‘adi.
Og‘ish, shuningdek, aylanish hisobidan havo oqimining bir qismi
to‘p ortidan “ergashishi” oqibatida vujudga keluvchi bosim farqlari bilan
ham paydo bo‘ladi. To‘p aylanayotgan tomonga havo oqimlari
tartiblanadi, bu ularning bosimi kamayishiga olib keladi. Teskari
tomonda esa, aksincha, to‘pga ergashayotgan havo oqimi qarshi havo
oqimi bilan to‘qnashadi (to‘pning uchish yo‘nalishiga nisbatan) va
yuqori bosim zonasi hosil bo‘ladi. Bunda to‘pga uning uchish
trayektoriyasiga perpendikular ta’sir etuvchi kuch vujudga keladi. U
snaryadni aylanish tomoniga og‘diradi.
Aylanmasdan uchayotgan jismda esa bu holat mutlaqo boshqacha
bo‘ladi. Buni voleybol to‘pi misolida ko‘rib chiqamiz. Aylanmayotgan
to‘p, odatda, aerodinamika nazaryasida laminar deb ataluvchi havo
oqimida harakatlanadi. Havoning laminar oqimlari to‘pni har tomonga
aylanib o‘tadi, to‘pning oldida, itarilishi asosidagi havo zarbalari
hisobidan yuqori havo bosimi sohasi paydo bo‘ladi, orqada esa,
aksincha, past bosimli zona yaraladi. Bosimlardagi ushbu farq (yerning
tortishish kuchi bilan birgalikda) to‘pning uchish trayektoriyasi tezligi va
uzunligi kamayishiga yordam beradi.
Bu manzara doimo kuzatilmaydi. Ma’lum bir tezlik oralig‘ida
(voleybol to‘pi uchun 17-19
ms
) aerodinamikadagi turbulentlik
boshlanadi, uning kuchi bilan to‘p uchish trayektoriyasini keskin va
oldindan bilib bo‘lmas darajada o‘zgartirishga, yuqoriga va pastga yoki
o‘ngga-chapga sakrashlarga o‘tish mumkin. Aynan ushbu holat o‘yinga
kiritilgan to‘pni qabul qilishni qiyinlashtiradi, uning sifatini texnik
xatolik darajasigacha olib boradi. Aylanishsiz uchayotgan to‘p
trayektoriyasining bunday sakrashsimon o‘zgarishlarini voleybolda xato
rejalashtirish deb ataladi.
Turbulentlik oqibatida trayektoriyaning keskin o‘zgarishlari vujudga
kelish mexanizmlari quyidagicha: to‘pning aylanishsiz uchish tezligini
pasaytiruvchi sabab ko‘rib chiqilgan edi – bu havoning qarshiligi. To‘pni
o‘yinga kirituvchining zarbasidan so‘ng birdaniga to‘p 25-30
m/s
tezlikka ega bo‘ladi va havoning laminar oqimida uchadi. Tezlik kritik
qiymatgacha (17-19
m/s
) pasayganda to‘pni aylanib o‘tuvchi havo
oqimlari girdob holatiga o‘ta boshlaydi. Ushbu girdob havo oqimlari
to‘pning orqasida yuqori bosim sohasini yaratadi. To‘p, shu tarzda
oldinda ham, orqada ham (to‘pning uchish yo‘nalishiga nisbatan) yuqori
havo bosimida bo‘ladi va muayyan bir vaqtda havo oqimi girdobi
116
ta’sirida bosim ham siqib chiqariladi. Uning harakat trayektoriyasi, shu
tarzda, oldindan bilib bo‘lmaydigan sakrashsimon harakatlar qiladi, buni
samolyotda parvoz qilganlar yaxshi bilishadi. Samolyotlar tez-tez
turbulentlik holatiga tushib qoladi va havo kemasi “chayqala” boshlaydi.
Tezlik 17
m/s
dan kam darajagacha pasayganda havo oqimi yana
laminarlashadi va to‘p yana barqaror bo‘lib, uchish trayektoriyasini
aniqlab bo‘lmadigan holatga o‘tadi. Eng yuqori natijaga erishish uchun
to‘pni o‘yinga kirituvchi zarba kuchini shunday hisoblash kerakki,
turbulentlik hodisasi, to‘p raqibning qabul qilish zonasiga yetib borganda
namoyon bo‘lib, uni bog‘lovchi o‘yinchiga yetkazib berish qiyinlashsin.
Ta’kidlash mumkinki, uzoqdan uzatishlarda (tashqi chiziqdan 4-6
metr
masofadan)
uchib
borayotgan
to‘p
trayektoriyasining
sakrashsimonligi oshadi – sakrashlar ancha keskin va uzunroq bo‘ladi.
Ehtimol, bu shunga bog‘liqki, ancha yuqori boshlang‘ich tezlikda to‘p
o‘z uchish trayektoriyasini 19
m/s
tezlik chegarasigacha sakrashsimon
o‘zgartira boshlaydi, bunda bosim o‘zgarishlari 17
m/s
chegarasidan
ko‘ra yuqoriroq bo‘ladi. Shunday qilib, rejalashtiruvchi uzatishni
bajarishdagi asosiy vazifa – to‘pga aylanmay uchish zarbasini berish
kerak – bu uning uchish trayektoriyasi sakrashsimon bo‘lishining asosiy
shartidir. Uruvchi qo‘l va to‘pning o‘zaro birgalikdagi zarbasi muhim
xususiyatga ega: zarba beruvchi qo‘l o‘z o‘qi atrofida harakatlanadi va
shu tarzda zarba yonga beriladi, to‘pga esa uzluksiz va o‘z markazi
atrofida aylanmaydigan harakat berish lozim. Buning uchun zarba
kuchining ta’siri uchish trayektoriyasi chizig‘i bo‘ylab yo‘nalgan va
to‘pning markazi orqali o‘tgan bo‘lishi lozim.
Vektor kuchining trayektoriya bilan ishonchli mos kelishini oshirish
va to‘p markaziga “urish” uruvchining radius uzunligini oshirish bilan
amalga oshiriladi. Bunda yo‘lning katta qismida uruvchi kaftning
chiziqli tezlik vektori va to‘pning talab etilayotgan uchish yo‘nalishi
o‘zaro mos kelishi sharti ta’minlanadi.
Zarba beruvchining aylanish radiusi quyidagi shartlar bajarilganda
oshadi: zarba oldidan qo‘lning to‘liq to‘g‘ri holatdaligi, uruvchi qo‘l
yelkasining ko‘tarilishi, gavdaning zarba tomon burilishi va zarba
harakati vaqtida gavda og‘irligini bir oyoqdan ikkinchisiga o‘tkazishda
oshadi – bularning barchasi zarba beruvchining aylanish o‘qini tananing
umumiy og‘irlik markazigacha va hatto pastroqqacha ham siljitishni
ta’minlaydi. Bunda zarba beruvchining og‘irlik xarakteristikasi – uning
inersiya soniyasi oshadi, bu zarba beruvchi bo‘g‘inlarning kinetik
energiyasini ko‘paytiradi.
117
Zarba jarayonida tezlik vektorining ishonchi moslashuvini amalga
oshirishning boshqa bir yo‘li – qo‘l va to‘pning o‘zaro zarba harakatlari
vaqtini kamaytirishdir. Bunga qo‘yiluvchi kuch, zarba beruvchi
qattiqligini (to‘pga energiya uzatish koeffitsienti oshadi) oshirish va
birgalikdagi zarbadan so‘ng erishiladi. Shu tarzda, zaruriy tezlikda qattiq
richag bilan qisqa (to‘p zaruriy tezlanishni olishi va raqib maydonchasiga
tushishi uchun) zarba berish kerak. Uruvchi richagning tezligi va
qattiqligi, shuningdek, tananing zarba beruvchi bo‘g‘inlarini tezlashtirish
jarayonida aloqaning “qattiq” sxemasidan foydalanishi mumkin.
Ishonchni ta’minlashning boshqa uchinchi uslubi harakatlanayotgan
to‘pga zarba berishdir, buning uchun to‘pni shunday tashlash joizki, u
zarba berish vaqtida yuqoriga ko‘tarilgan qo‘l masofasida to‘xtashi
kerak. To‘p tashlangandan so‘ng u to‘xtagan va hali pastga
tushayotganida zarba berilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |