O’zbtkiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


Jadvalda O‘zbekiston voleybol federatsiyasining mustahqillikdan



Download 5,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/339
Sana01.01.2022
Hajmi5,55 Mb.
#294459
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   339
Bog'liq
013333cef20dfce1a16b43c05e9b1b17 VOLEYBOL NAZARIYASI VA USLUBIYATI

 
Jadvalda O‘zbekiston voleybol federatsiyasining mustahqillikdan 
so‘ng erishgan yutuqlari natijasi keltirilgan. (4-jadval) 
Yigitlar
 
№  yil 
1-o‘rin 
2 –o‘rin 
3 –o‘rin 
1.
 
 
1993 
“Avtomobilist” 
(Qo‘qon) 
“SKIF” 
(Toshkent) 
“Kanop” 
(Samarqand) 
2.
 
 
1994 
“Avtomobilist” 
         (Qo‘qon) 
“Kanop” 
(Samarqand) 
“SKIF” 
(Toshkent) 
3.
 
 
1995 
“MXSK” 
“SKIF” 
“Avtomobilist” 


58 
(Chirchiq) 
(Toshkent) 
(Qo‘qon) 
4.
 
 
1996 
“Kanop” 
(Samarqand) 
“Viktoriya” 
(Navoiy) 
“MXSK” 
(Chirchiq) 
5.
 
 
1997 
“Kanop” 
(Samarqand) 
“Avtomobilist” 
(Qo‘qon) 
“MXSK” 
(Chirchiq) 
6.
 
 
1998 
“Kanop” 
(Samarqand) 
“Avtomobilist” 
(Qo‘qon) 
“UzGUMYA” 
(Toshkent) 
7.
 
 
1999 
“Samarqand 
Telekom” 
(Samarqand) 
“Avtomobilist” 
(Qo‘qon) 
“Kesh-kristall” 
(Shaxrisabz) 
8.
 
 
2000 
“Samarqand 
Telekom” 
(Samarqand) 
“Progress” 
(Zarafshon) 
“Kesh-kristall” 
(Shaxrisabz) 
9.
 
 
2001 
“Samarqand 
Telekom” 
(Samarqand) 
“Avtomobilist” 
(Qo‘qon) 
“Progress” 
(Zarafshon) 
10.
 
 
2002 
“Samarqand 
Telekom” 
(Samarqand) 
“Avtomobilist” 
(Qo‘qon) 
“Muxandsiz” 
(Namangan) 
11.
 
 
2003 
“  Uzi  Samarqand 
Telekom” 
(Samarqand) 
“AGMK” 
(Olmaliq) 
“Dinamo-AGU” 
(Andijan) 
12.
 
 
2004 
“AGMK” 
(Olmaliq) 
“Uzi  Samarqand 
Telekom” 
(Samarqand) 
“Parvoz” 
(Namangan) 
13.
 
 
2005 
“UZI Samarqand” 
(Samarqand) 
“AGMK” 
(Olmaliq) 
“Omad” 
(Toshkent) 
14.
 
 
2006 
“Omad” 
(Toshkent) 
UZI Samarqand” 
(Samarqand) 
“AGMK” 
(Olmaliq) 
15.
 
 
2007 
“UZI Samarqand” 
`(Samarqand) 
“AGMK” 
(Olmaliq) 
“Dinamo” 
(Namangan) 
16.
 
 
2008 
“UZI Samarqand” 
(Samarqand) 
“AGMK” 
(Olmaliq) 
“O.Akbarov” 
(Yaypan) 
17.
 
 
2009 
“Uzbektelekom” 
(Samarqand) 
“AGMK” 
(Olmaliq) 
“KGPU” 
(Qo‘qon) 
18.
 
 
2010 
“Uzbektelekom” 
(Samarqand) 
“AGMK” 
(Olmaliq) 
“Iqtisodchi” 
(Andijan) 


59 
19.
 
 
2011 
“Uzbektelekom” 
(Samarqand) 
“AGMK” 
(Olmaliq) 
“Yujanin” 
(Navoi) 
20.
 
 
2012 
“Uzbektelekom” 
(Samarqand) 
“Moliyachi” 
(Toshkent) 
 
“YUjanin” 
(Navoi) 
21.
 
 
2013 
   “Uzbektelekom” 
      (Samarqand) 
“Orient” 
(Toshkent) 
 
“AGMK” 
(Olmaliq) 
22.
 
 
2014 
“Orient” 
(Toshkent) 
“Uzbektelekom” 
     (Samarqand) 
“AGMK” 
(Olmaliq) 
23.
 
 
2015 
“Orient” 
(Toshkent) 
 
“Uzbektelekom” 
    (Samarqand) 
“AGMK” 
(Olmaliq) 
24.
 
 
2016 
“Orient” 
(Toshkent) 
“Uzbektelekom” 
    (Samarqand) 
“Sogdiana” 
(Navoiy) 
25.
 
 
2017 
“Orient” 
(Toshkent) 
 
“Uzbektelekom” 
    (Samarqand) 
        “AGMK” 
      (Olmaliq) 
26.
 
 
2018 
“Orient” 
(Toshkent) 
“AGMK” 
(Olmaliq) 
“Sogdiana”NG
MK 
(Navoiy) 
27.
 
 
2019 
“Orient” 
(Toshkent) 
“AGMK” 
(olmaliq) 
“Farg‘ona” 
Qizlar                                             (5-jadval)
 
№  yil 
1-o‘rin 
2 –o‘rin 
3 –o‘rin 
1.
 
 
1993 
“SKIF” 
(Toshkent) 
“Andijon” 
“Farg‘ona” 
2.
 
 
1994 
“Avtomobilist” 
(Toshkent) 
“RSHVSM” 
(Toshkent) 
“Andijon” 
3.
 
 
1996 
“SKIF” 
(Toshkent) 
“Navoiy” 
“Farg‘ona” 
4.
 
 
1997 
“SKIF” 
(Toshkent) 
“Navoiy” 
“UzOG” 
5.
 
 
1998 
“SKIF” 
(Toshkent) 
“Farg‘ona” 
“Navoiy” 
6.
 
 
1999 
“SKIF” 
(Toshkent) 
“Farg‘ona” 
“Navoiy” 


60 
7.
 
 
2000 
“SKIF” 
(Toshkent) 
“Namangan” 
“Farg‘ona” 
8.
 
 
2001 
“SKIF” 
(Toshkent) 
“Buxora” 
“Namangan” 
9.
 
 
2002 
“Yogmoy” 
(Farg‘ona) 
“Namangan” 
“Farg‘ona” 
10.
 
 
2003 
“Algoritm” 
(Toshkent) 
“Yujani” 
(Navoiy) 
“Yogmoy” 
(Farg‘ona) 
11.
 
 
2004 
“Tumaris-SKIF” 
(Toshkent) 
“SamKI” 
(Samarqand) 
“Pedkoledj” 
(Namangan) 
12.
 
 
2005 
“Tumaris-SKIF” 
(Toshkent) 
“Iqtisodchi” 
(Samarqand) 
“Iqtisodchi” 
(Namangan) 
13.
 
 
2006 
“SKIF” 
(Toshkent) 
“SHifokor” 
(Navoiy) 
“Iqtisodchi” 
(Namangan) 
14.
 
 
2007 
“SKIF” 
(Toshkent) 
“Alanga” 
(Muborak) 
“SDYUSSHOR” 
(Navoiy) 
15.
 
 
2008 
“SKIF” 
(Toshkent) 
“Alanga” 
(Muborak) 
“SDYUSSHOR” 
(Navoiy) 
16.
 
 
2009 
“SKIF” 
(Toshkent) 
“Alanga” 
(Muborak) 
“Nukus.Ped.instit
ut” 
(Nukus) 
17.
 
 
2010 
“SKIF” 
(Toshkent) 
“Nukus.Ped. 
institut” 
(Nukus) 
“Xorazim kolleji” 
(Urganch) 
18.
 
 
2011 
“SKIF” 
(Toshkent) 
“Nukus.Ped. 
institut” 
(Nukus) 
“Xorazim kolleji” 
(Urganch) 
19.
 
 
2012 
“SKIF” 
(Toshkent) 
“Nukus.Ped. 
institut” 
(Nukus) 
“Xorazim kolleji” 
(Urganch) 
20.
 
 
2013 
“SKIF” 
(Toshkent) 
“Nukus.Ped. 
institut” 
(Nukus) 
“Xorazim kolleji” 
(Urganch) 
21.
 
 
2014 
“SKIF” 
(Toshkent) 
“Nukus.Ped. 
institut” 
(Nukus) 
“Buqrot” 
(Andijon) 
22.
 
 
2015 
“SKIF” 
(Toshkent) 
“Nukus.Ped. 
institut” 
(Nukus) 
“Andijon 
Olimpkolledj” 
(Andijon) 


61 
23.
 
 
2016 
“SKIF” 
(Toshkent) 
“Nukus.Ped. 
institut” 
(Nukus) 
“Andijan 
Olimpkolledj” 
(Andijon) 
24.
 
 
2017 
“Nukus.Ped. 
institut” 
(Nukus) 
“Xorezm kolledj” 
(Urganch) 
“SOGDIANA” 
(Navoi) 
25.
 
 
2018 
“SKIF” 
(Toshkent 
viloyati) 
“Nukus.Ped. 
institut” 
(Nukus) 
“Andijon 
Olimpkolledj” 
(Andijon) 
26.
 
 
2019 
“Nukus.Ped. 
institut” 
(Nukus) 
“SKIF” 
(Toshkent 
viloyati) 
“DYUSSH” 
(Namangan) 
 
2.3. Zamonaviy voleybol va uning dolzarb masalalari 
 
Xalqaro  maydonda  ilgarigiday  eng  yuqori  o‘rinlarga  qaytish  va 
ularni  mamlakatimiz  terma  jamoasi  tomonidan  (jumladan,  yoshlar 
jamoasi  ham)  zarur  darajada  saqlab  turish  uchun  zamonaviy 
voleyboldagi 
mavjud 
muammolar 
doirasida 
ba’zi 
muvaffaqiyatsizliklarning  sabablarini  o‘rganish  zarur  bo‘ladi.  Eng  yirik 
musobaqalarda  milliy  jamoalarimizning  avvalgi  yutuqlari  vatanimiz 
voleybolining  barcha  muammolarini  hal  etmaydi,  aksincha,  ularning 
mavjudligini ko‘rsatadi. 
Birinchi  bosqichda  o‘yinning  rivojlanishi,  o‘yinchilar  tayyorlash 
nazariyasi va amaliyoti muammolarini tan olish va shakllantirish foydali 
bo‘ladi.  Bundan  keyin,  ularni  bartaraf  etish  yo‘llarini  izlash  mumkin. 
Asosiy  muammolarning  hal  etib  borilishi  o‘yinchilarni  tayyorlash 
tizimining  barcha  bo‘g‘inlarini  sog‘lomlashtiradi,  bu  esa  g‘alabani 
ta’minlaydi. 
Tashkiliy-uslubiy  muammolar. 
Bizdagi  voleybol  muammolaridan 
biri  voleybolchilar  tayyorlashning  mavjud  amaliyoti  va  uslubiyatining 
yuqori  darajada  emasligidir.  Hozirda  BO‘SM  murabbiylari  sport 
tayyorgarligidan  ko‘ra  yuqori  darajadagi  yosh  iqtidor  egalarini  izlashga 
ko‘proq umid qiladilar.  Yuqori  toifadagi  jamoalar  murabbiylari  esa,  o‘z 
kuchlarini  mustahkamkash  o‘rniga  chetdan  yuqori  toifali  o‘yinchilarni 
sotib olishni (ularni topish ham qiyin bo‘lmoqda) afzal biladilar. 
Bolalar sportini rivojlantirishga, shu jumladan, BO‘SM uchun sport 
bazalari qurilishiga, murabbiylar va mutaxassislar mehnatini tashkil etish 
hamda  rag‘batlantirishning  muhim  masalalari  hal  etilmoqda.  Hozircha 


62 
BO‘SM  murabbiylarining  ish  samarasi  turli  darajadagi  musobaqalarda 
jamoalari  egallagan  o‘rin  va  o‘z  tarbiyalanuvchilarining  shu  yoshdagi 
terma  jamoalar  tarkibiga  yuborilishi  soni  bilan  baholanmoqda. 
Murabbiyning  unvoni,  toifasi  va  shunga  muvofiq  ish  haqi  ham  uning 
shogirdlari  musobaqalarda  erishgan  yutuqlari  va  turli  darajadagi  bolalar 
terma  jamoalariga  o‘yinchilar  tayyorlab  berishiga  mos  ravishda  o‘sib 
boradi.  Murabbiylarning  ish  haqi  ular  tomonidan  yuqori  darajali 
jamoalarga  yosh  o‘yinchilarni  tayyorlash  samaradorligi  bilan  bog‘liq 
emas.  Murabbiylik  mehnatini  baholashning  boshqacha  usullarini  izlash 
va  sinab  ko‘rishlar  ularning  attestatsiyasida  biror  ijobiy  natija 
bermayapti.  Katta  yoshdagilar  jamoalari  uchun  o‘yinchilar  tayyorlash 
bolalar  murabbiyining  birinchi  darajali  muhim  ishi  hisoblanmaydi. 
Ushbu ishni ham, shug‘ullanishlarning ommaviyligini ham, bir vaqtning 
o‘zida murabbiylar va mutaxassislarning mehnatini tegishlicha baholash 
va rag‘batlantirish orqali hal etish mumkin. 
Murabbiylarga  amaliy-uslubiy  yordam  o‘rniga,  tadbirlar  to‘g‘risida 
turli  batafsil  hisobotlar  tuzish  va  bir  yil  uchun  mashqlar  o‘tkazish 
rejalarini  tuzish  ishlari  topshiriladi.  Rejalashtirish  va  turlicha  hisobot 
hujjatlari hajmining o‘sib borishi, murabbiylar ish haqining past darajasi, 
attestatsiyadan 
o‘tishda,  toifa,  unvon  olishdagi  qiyinchiliklar, 
ma’muriyat  bosimining  kuchayishi,  haddan  ortiq  rasmiyatchilik  kabilar 
yosh  mutaxassislarning  BO‘SMga  ishlashga  kelmay  qo‘yishiga  olib 
keladi. Bu muammolarni tezlikda hal qilish zarur. 
E’lon  qilinayotgan  islohotchilik  g‘oyalari,  umuman  olganda, 
ijobiydir,  yaxshi  ishlayotgan  murabbiylarga  ko‘p  haq  to‘lash  adolatli. 
Biroq,  yuqori  toifadagi  o‘yinchilarni  tayyorlash,  yoki  mahalliy 
darajadagi bolalar musobaqalaridagi yutuqlar muhumligini aniqlab olish 
kerak.  Bu  ikkita  vazifani  parallel  ravishda  hal  etib  bo‘lmaydi,  ular 
ma’lum  ma’noda  muqobildir.  Mavjud  amaliyotda  bu  masalada 
so‘rovnoma  o‘tkazilgan,  afsuski,  bu  so‘rovnoma  yuqori  toifali  jamoalar 
uchun o‘yinchilar tayyorlashning foydasiga bo‘lmagan. 
Yuqori  toifadagi  o‘yinchilarni  tayyorlashda  o‘yinchilarning  o‘sish 
va  harakatlanish  qobiliyatlari  katta  ahamiyatga  ega.  Bu  muammolar, 
avvalo,  qobiliyatli  yangi  o‘yinchilarni  uzoq  va  sifatli  tanlash  jarayonida 
hal  etiladi.  Biroq,  rasmiy  ko‘rsatkichlar  bo‘yicha  tezroq  samaraga 
erishish  uchun  murabbiy  bo‘yi  o‘rtacha,  biroq  jismoniy  rivojlangan 
yoshlarni tanlab olsa osonroq va maqsadga muvofiq bo‘ladi, ular bolalar 
musobaqalarida yutib chiqa oladi. Buning uchun baland bo‘yli yoshlarni 
topish  va  doimiy  voleybol  mashg‘ulotlariga  jalb  etish  zarur.  Bu  borada 


63 
murabbiy  o‘nlab  umumta’lim  maktablarini  aylanib  chiqishi,  yuzlab 
o‘quvchilarni  ko‘rishi,  o‘yinchilar  va  ularning  ota-onalarini  voleybol 
mashg‘ulotlari  zarurligiga  ishontirishi  kerak  bo‘ladi.  Talantli  yangi 
o‘yinchilarni  to‘plash  –  bu  og‘ir  (ayniqsa,  shaharlardagi  murabbiylar 
uchun eng og‘ir), ko‘pincha rag‘batsiz va ba’zi hollarda samarasiz ishdir. 
Vaziyatni yana shu narsa ham og‘irlashtiradiki, murabbiyning ushbu eng 
og‘ir  va  eng  muhim  ishiga  umuman  haq  to‘lanmaydi!  Shu  tariqa, 
ta’kidlash  joiz,  rahbariyat  hozircha  murabbiyning  mehnatini 
rag‘batlantirishning  samarali  mexanizmini  topa  olmayapti  va  hayotga 
tatbiq eta olmayapti. 
O‘yinchilarni  tayyorlash  uslubiyatidagi  asosiy  muammo,  yosh 
voleybolchilarning mahorat “bazasi” ustidagi rejali ishlarda murabbiylar, 
rasmiy  natijaga  mo‘ljal  olgan  holda,  bolalar  musobaqalaridagi  yutuqni 
afzal ko‘rishlaridir. Yosh o‘yinchilarning sport mahoratida o‘yin qismiga 
asossiz ravishda ko‘p e’tibor va vaqt ajratilmoqda. 
Bolalar  voleybolida  o‘yinda  to‘p  bilan  ishlashda  kimki  kamroq 
xatoga yo‘l qo‘ysa, g‘alaba shunga nasib etadi. Xatolarning kamayishiga 
ko‘plab 
takrorlashlar, 
o‘zlashtirilgan 
texnik 
elementlarni 
takomillashtirish  uchun  bir  xildagi  mashqlarni  qaytarishlar  hisobidan 
erishiladi.  Ular  cheksiz  takrorlanuvchi  o‘yin  mashqlariga  va  ikki 
tomonlama  o‘yinlar  tarkibiga  kiritilgan,  ularning  umumiy  miqdori 
BO‘SMning  o‘rta  yoshdagi  o‘quvchilari  uchun  ham  haddan  tashqari 
ortib bormoqda. 
O‘yinchilarning  qobiliyatlaridan  foydalanish  BO‘SMda  amalga 
oshirilib,  musobaqali  kurash  olib  borishning  uncha  ko‘p  bo‘lmagan 
texnikaviy  va  taktik  usullari  zahirasidan,  tayanch  texnikaviy  va  taktik 
tayyorgarlik  zarariga  foydalanilmoqda.  Bu  avvalo,  o‘yin  usullarini 
bajarishning  ishonchliligi,  aniqrog‘i,  o‘yinlarda  kamroq  xatoga  yo‘l 
qo‘yilishi  hisobidan,  ko‘plab  bolalarga  musobaqalarda  yutishga  imkon 
beradi.  Yangi  o‘yinchilarning  o‘yin  faoliyatidagi  torlik  va  asos 
hisoblanuvchi  elementlarning  yetishmasligi  yosh  voleybolchilarning 
mahoratli jamoalarga o‘tganida tobora yaqqolroq ko‘rina boshlaydi. Ular 
ko‘p  narsalarni  yuqori  darajada  bajara  olmasligi  aniqlanadi.  Sport 
maktabini  tugallash  vaqtida  bunday  o‘yinchilarda  o‘sish  imkoniyatlari 
deyarli  bo‘lmaydi,  chunki  mashqlar  jarayonida  sport  mahoratining 
asoslari to‘liq o‘z aksini topmaydi. 
Bunday  yondashuvning  yetishmovchiligi,  ayniqsa,  yuqori  toifali 
jamoalar  uchun  katta  ahamiyatli  hisoblangan  baland  bo‘yli  o‘yinchilar 
uchun  halokatlidir.  Baland  bo‘yli  o‘yinchi  noyob  hisoblanib,  bolalar 


64 
murabbiysi uni avaylab asrashi va parvarishlashi lozim. Bunday hollarda 
tayyorgarlikni  juda  tezlashtirish  va  uni  rasman  kattalar  musobaqasiga 
erta  jalb  etish  mumkin  emas.  Yuqori  bo‘yli  o‘yinchilarda  tayanch-
harakat  apparatining  tezlashtirilgan  o‘sishi  jismoniy  rivojlanishdan 
orqada  qolishga  sabab  bo‘ladi,  boshqa  voleybolchilar  uchun  odatiy 
bo‘lgan  yuklamalar  ular  uchun  og‘irlik  qiladi.  Shu  tariqa  har  qanday 
istiqbolli  o‘yinchi  organizmining  rivojlanishi  xususiyatlarini  hisobga 
olmay uni qiynab qo‘yish mumkin. 
Kichik  va  o‘rta  yoshdagi  BO‘SM  jamoalari  uchun  (ko‘pincha 
kattalarda  ham,  ayniqsa,  o‘g‘il  bolalarda)  bunday  baland  bo‘yli 
o‘yinchilarning o‘yin maydonida foydalari kamroq tegadi. Katta yoshga 
o‘tganda,  agarda  baland  bo‘yli  o‘yinchilar  bilan  ehtiyot  bo‘lib  faoliyat 
olib  borilsa,  ular  ulgurmaganlarini  o‘zlashtirib  oladilar  va  jamoaning 
tayanchiga  aylanadilar,  sport  mahoratini  yanada  o‘stirishning  barcha 
istiqbollarini saqlab qoladilar. 
Muhim  uslubiy  muammo  shundan  iboratki,  o‘yinchilar  sport 
mahoratining  asosi  sifatida  texnik  tayyorgarlikka  zo‘r  beruvchi 
murabbiylar  katta  qiyinchiliklar  bilan  to‘qnashadilar.  Ular  uchun  eng 
katta  muammo  tarbiyalanuvchilarni  nimalarga  va  qanday  texnikaga 
o‘rgatishning  noaniqligi  bo‘lib  qoladi.  Sport  fani  hozircha  voleybol 
o‘yinini  ijro  etish  texnikasining  samarali  modellarini  asoslab  bera 
olmagan.  Shu  sababli  har  bir  murabbiy  oqilona  harakat  borasida  o‘z 
tasavvuridan  foydalanadi,  bu  esa  voleybol  mashg‘ulotlaridagi  shaxsiy 
tajriba  va  eng  zo‘r  ijrochilar  harakatlarining  tashqi  ko‘rinishlarini 
kuzatishlar asosida vujudga keladi. 
Bir  tomondan  biomexanika  yo‘nalishidagi  amaliy  fanning  ayrim 
yutuqlari,    bilishning  metodologik  muammolari  bilan  tushuntiriladi. 
Boshqa tomondan esa olimlarning mashhurlikka erishishlariga ustuvorlik 
berilishidadir,  bu  yerda  mustaqil  fikrlash  va  hal  etish  ko‘proq  foydali 
bo‘lar edi. 
Samarali  o‘qitish  va  o‘yinning  texnik  usullarini  takomillashtirish 
uslublari ham yetarlicha ishlab chiqilgan emas. Buni hech bo‘lmaganda, 
shunday  bir  faktda ham  ko‘rish  mumkinki,  tarbiyalanuvchilar  o‘yinning 
texnik  elementlarini  aynan  bir  murabbiyda  turlicha  bajaradilar.  Bu  farq 
shundayki,  uni  o‘yinchilarning  individual  usul  farqlari  bilan  izohlab 
bo‘lmaydi;  aniqrog‘i,  bu  o‘yin  usullarini  bajarish  ularning  individual 
xatosidir.  
Vaqti-vaqti  bilan  uslubiy  adabiyotlarda  eng  zo‘r  o‘yinchilar 
tomonidan  texnik  usullar  bajarilishining  kinogrammalari  paydo  bo‘lib, 


65 
namuna  sifatida  tavsiya  qilinadi.  Bunday  yondashuvda  harakatlarning 
faqat  tashqi  ko‘rinishigina  o‘rganilishi  mumkin;  samaradorlik  shartlari 
ma’lum va tushunarli emas. Shuning uchun, murabbiylar harakatlardagi 
tashqi  o‘xshashlik  yosh  o‘yinchilarda  tajribalilar  darajasida  bo‘lishiga 
urinadilar. 
Usullarda  tanqidlarsiz  va  asossiz  holda  eng  samarali  o‘yin  ko‘rsata 
olganlar  yaxshi  ijrochilar  deb  tan  olinadi.  Maydonda  jamoaga  ochko 
to‘plash  nuqtai  nazaridan  samaraliroq  harakat  qilgan  voleybolchi  etalon 
sifatida  qaraladi  va  namuna  sifatida  foydalaniladi.  Bunda  ijrochining 
unvonlari  ham  hisobga  olinadi.  Agar  o‘yinchilarda  harakat  natijalari 
ko‘plab  omillar:  texnika,  taktika,  jismoniy  tayyorgarlik,  o‘yinchi  asab 
tizimi xususiyatlari, uning xarakterining kuchi, uning tasavvur qobiliyati 
kabilar  bilan  aniqlanishi  e’tiborga  olinadigan  bo‘lsa,  fikr  xato  ekanligi 
yaqqol ko‘rinadi. Tamoyil jihatdan esa, ancha o‘rtacha harakat texnikasi 
bilan  ham  mahoratlilikning  boshqa  tomonlari  hisobidan  ochkolar 
to‘plash mumkin. 
O‘yin usullarini bajarish samaradorligini belgilovchi mexanizmlarni 
tushunmaslik,  o‘qitishda  murabbiylar  harakatning  tashqi  belgilaridan 
foydalanishga  majbur  bo‘lishadi,  ular  yoki  “birinchi  qarashdan” 
ishonchli  ko‘rinadi,  yoki  mashhurligi  tufayli  an’anaga  amal  qilgan 
bo‘ladi,  biroq  chuqur  tahlil  natijasi  hisoblanmaydi.  Masalan,  hujum 
zarbasini bajarishda “to‘g‘ri qo‘l” va “qo‘l barmoqlarining quvvatliligi” 
hamda  to‘pni  yuqoridan  “bir  tomonlama  qattiq”  va  “to‘p  ostiga  kirib 
yumshoq” uzatish usullari kabilar shular jumlasiga kiradi. 
Voleybolchilar  o‘yin  usullari  texnikasi  to‘g‘risidagi  fikrlarning 
turlichaliligi  va  noaniqligida  murabbiy  o‘qitish  va  o‘yinning  texnik 
usullarini  takomillashtirish  bo‘yicha  o‘z  samarali  uslublarini  yarata 
olmaydi.  Ushbu  sharoitlarda  voleybol  texnikasini  yaxshi  o‘rganish 
imkoniyatlari  faqat  harakatchan,  qobiliyatli  (“tabiatdan”  berilgan) 
o‘yinchilardagina  mavjud  bo‘ladi.  Ular  harakatlar  samaradorligini 
belgilovchi mexanizmlarni mashq jarayonida intuitiv (ichki sezgi) holda 
“tutib  oladilar”  yoki  bunda  tug‘ma  jihatlar  ham  muhim  ahamiyat  kasb 
etadi. 
O‘yinning  texnik  usullariga  o‘rgatishning  bunday  uslubi 
voleybolchilar 
harakati 
tuzilishining 
samarali 
mexanizmlari 
shakllanishini ta’minlaydi. Shuning uchun, amaliyotda ko‘proq mashqlar 
va o‘yinlarni juda ko‘p martalab takrorlash hisobidan yosh o‘yinchilarni 
tor  doiradagi  texnik  usullarga  o‘rgatish  va  o‘yin  sharoitlarida  ularni 
ishonchli  qayta  ijro  etishni  ta’minlash  yo‘lidan  foydalaniladi.  Bunday 


66 
amaldagi  tashkiliy  va  uslubiy  yondashuvda  texnik  tayyorgarlikning 
asosini  tashkil  etuvchi  “bazalar”  (tayanchlar)  –  o‘yin  harakatlarining 
samarali  mexanizmlari  va  yosh  o‘yinchilar  texnik-taktik  usullarining 
keng to‘plami shakllanishi amalga oshmaydi. 
Ushbu  vazifani hal  etilishi  unchalik ham  oson  emas.  Agar  tashkiliy 
jihatdan murabbiylar tomonidan tengdoshlar g‘alabasini ta’minlash emas 
(oddiy  vazifa,  rahbariyatning  xohishi  bo‘lsa  bas),  balki  yuqori  toifadagi 
o‘yinchilarni  tayyorlash  to‘g‘risida  qaror  qabul  qilinsa,  unda  yosh 
o‘yinchilar  mahoratini  tashkil  etuvchi  bazani  baholash  katta 
qiyinchiliklar bilan bog‘liq bo‘ladi. O‘yinchilarning jismoniy rivojlanish 
darajasi  obyektiv  baholanishi  ham  mumkin  (bo‘yi,  sakrash  balandligi, 
kichik  masofalarni  o‘tish  vaqti  va  b.).  Turlicha  talqinlar  sharoitida 
texnik-taktik  mahoratni  tashkil  etuvchi  asoslarni  baholash  uchun 
mezonlarni tanlash ancha muammolidir. 
Voleybol  taktikasi  usullari  orasidan  berilgan  to‘pni  sifatsiz,  yoki 
hujum  zarbasidan  so‘ng  qabul  qilinganda,  tezkor  hujumni  tashkil 
etishdagi  qiyinchiliklarni  ajratib  ko‘rsatish  mumkin.  To‘pning  to‘rga 
yetib bormagan holatida, qabul qiluvchi o‘yinchilar tomonidan dastlabki 
tartibda  hujum  qilish  ko‘pchilik  hollarda  bekor  qilinadi.  Ushbu 
muammoning  hal  etilishidagi  qiyinchiliklar  hujum  harakatlarini 
tezlashtirish  yo‘nalishda  o‘yin  taktikasini  rivojlantirish  tendensiyasini 
(yo‘lini)  sekinlashtiradi,  bu  hujumning  samaradorligi  va  shiddatliligini, 
shuningdek,  voleybol  o‘yinining  qiziqarliligini  pasaytiradi.  Ushu 
muammoning hal etilishi yuzaki bo‘lib qoladi. 
Mamlakatimiz  va  dunyoning  eng  yaxshi  jamoalari  foydalanyotgan 
taktik  tajribalarining  ancha  tor  darajadaligini  ham  muammo  sifatida  tan 
olishimiz  lozim.  Ularda  o‘yinchilar  tarkibini  jamlash  usuli,  hujumda 
qo‘llaniluvchi  kombinatsiyalar  usuli  va  himoya  qurilmalari  ikki  tomchi 
suvdek,  bir-biriga  o‘xshaydi.  O‘yinchilarning  taktik  tayyorgarligi 
muammolariga quyidagilarni kiritish mumkin:  
-
 
yosh 
o‘yinchilar 
o‘zaro 
harakatlarida 
taktik 
usullar 
jamg‘armasining  tor  darajasi,  o‘yin  jarayonida  himoyani  tashkil 
etishning jamoaviy tizimini erkin o‘zlashtirishni bilmaslik; 
-
 
o‘yinchilarning  maydonchada  voqealar  rivojini  o‘z  vaqtida 
oldindan ko‘ra olishni bilmasligi (ayrim istisnolardan tashqari), bu qarshi 
harakat  qilish  samaradorligini  oshirishi  mumkin  bo‘lardi.  Bu 
maydonchaning  ancha  ichkarisida  va  to‘r  oldida  to‘siq  (qarshi  turish) 
qo‘yish masalalariga tegishli. Biroq hujumni tashkil etishda ishlar ahvoli 
birmuncha yaxshi bo‘lishi mumkin; 


67 
-
 
psixologik  va  pedagogik  fanlarda  vaziyat,  umuman  olganda, 
mutlaqo qarama-qarshidir: ko‘p narsa allaqachon ma’lum, biroq voleybol 
amaliyotchilari tomonidan foydalanilmaydi.  
Voleybolchilar  tayyorlashning  eng  muhim  muammolaridan  biri  – 
har  bir  navbatdagi  jamoaga  yangi  o‘yinchilarni  jamlash  va  saralashda, 
ular  shaxsining  psixologik  xarakteristikasini  deyarli  hisobga  olmaslik 
yoki umuman inkor etishdir. O‘yinchilar uchun mavqe tanlanishida ham 
xuddi  shunday  holatni  ko‘ramiz.  Mavjud  amaliyot  sharoitlarida  yangi 
o‘yinchilar  bo‘yi  va  jismoniy  ma’lumotlariga  qarab  qabul  qilinadi. 
Ancha yuqori darajadagi jamoa uchun yaxshi  o‘yinchilarni tanlash yosh 
o‘yinchilarning  jismoniy  ma’lumotlarini  hisobga  olgan  holda  ularning 
o‘yin  samaradorligi  bo‘yicha  amalga  oshiriladi.  Terma  jamoalarni 
shakllantirishda bunday  yondashuv  o‘zini  oqlagan,  biroq klub jamoalari 
uchun uning istiqboli kam. 
Boshqa  bir  muammo  –  mashq  o‘tkazish  ishlarida  o‘yinchilar  shaxs 
va  jamoaning  ijtimoiy-psixologik  tuzilishi  xususiyatlarining  inkor 
etilishidir.  Ushbu  muammolarning  qoniqarli  hal  etilishi  o‘quv-mashq 
jarayoni  samaradorligini  ancha  oshirishi,  teng  kuchdagi  raqiblar  bilan 
o‘yinchilar  o‘rtasida  g‘alabani ta’minlashi mumkin.  Zamonaviy  sportda 
raqobat  –  bu  belgilovchi  darajada  sportchilar  xarakteri  raqobati, 
shaxslarning qarshi kurashidir. Ruhan kuchli bo‘lgan va murakkab o‘yin 
vaziyatlarida  yuqori  darajada  irodalilik  namoyon  etishga  qodir  bo‘lgan 
sportchilar g‘alaba qozonadilar. 
Pedagogik  muammolarga,  birinchi  navbatda,  turli  darajadagi 
voleybolchilar  bilan  amaliy  ishlashda  murabbiylar  tomonidan  yakka 
hokimlik usullarining keng qo‘llanilishini misol qilib keltirish mumkun. 
Mashqlardagi  intizom  va  ishchanlik,  asosan  qat’iylik  usullari  bilan 
belgilanadi.  Asosiy  e’tibor  o‘zini  yuqori  baholash, hurmatlash,  mustaqil 
va  anglangan  mas’uliyatli  ijodiy  shaxsni  shakllantirishga  emas,  balki 
tarbiyalanuvchilarning  so‘zsiz  bo‘ysinishga  qaratiladi.  Murabbiyning 
o‘yinchilardan  talab  etgan:  yuqoriga  sakrash,  to‘pni  kuchli  urish, 
tirishqoqlik  bilan  mashq  qilish,  raqiblarni  yengish  qobiliyatlaridan 
foydaliniladi. 
Tarbiyalash  jarayonida  zo‘ravonlikka  og‘ib  ketish  o‘yinchilarda  bir 
qator xatoliklarni paydo bo‘lishiga, yetilmagan shaxs shakllanishiga olib 
keladi.  Sport  maktabini  tugatgach,  ko‘pchilik  yosh  o‘yinchilar  yuqori 
darajadagi voleybol bilan shug‘ullanishni xohlashmaydi. Sportda qolgan 
o‘yinchilar  bilan  esa,  demokratik  tarzda  faoliyat  olib  borishning  iloji 
bo‘lmaydi.  Yakka  hokimlik  rahbarligida  o‘yinchilardagi  ijodkorlik 


68 
darajasi 
so‘ndiriladi. 
Majburlash 
o‘yinchilarda 
o‘z-o‘zini 
takomillashtirishning  yo‘llarini  erkin  izlashlariga  imkon  bermaydi. 
Tarixdan  bilamizki,  qullarning  (majburiy)  mehnati  eng  samarasiz 
bo‘lgan.  Voleybolchilar  tayyorlashning  barcha  bosqich  murabbiy  va 
o‘yinchilar  hamkorligi  vatanimiz  voleybolining  bosh  pedagogik 
vazifasidir  va  ushbu  vazifa  o‘z  yechimiga  ega  –  axir  ko‘pchilik 
mamlakatlarda bunga allaqachonlar erishilgan.  
Eng  dolzarb  muammo  –  vorislik  muammosidir.  Hozirda  ko‘pgina 
o‘yinchilar  sport  maktablaridan  darhol  yuqori  toifa  jamoalariga 
o‘tishmayapti.  Vorislik  muammosi  bir  necha  yo‘nalishlarga  ega.  U 
soddaroq  darajada  tashkiliy  tartibda:  sport-internatlar,  dublyor  jamoalar 
tuzish yoki dublyorlar sifatida qo‘yilgan jamoalaridan foydalanish orqali 
hal  etiladi.  Bunday  jamoalarda  yosh  o‘yinchilar,  tegishli  mashq  ishlari 
bajarilganda 
moslashadi, 
sport 
mahorati 
barcha 
elementlari 
barqarorlashtirishi,  o‘yinda  zaruriy  o‘yin  tajribalarini  olishlari,  yangi 
jamoaning talablariga asta-sekin moslashib borishlari mumkin bo‘ladi. 
O‘yinchilarni tayyorlash yondashuvlaridagi vorislik muammosining 
hal etilishi ancha qiyinchilik bilan amalga oshirilmoqda. 
Yangi  jamoadagi  yanada  qattiqroq  talablar  ko‘pchilik  o‘yinchilarga, 
qiyinchiligi  uchun  emas,  balki  noodatiyligi  sababli,  ma’qul  kelmasligi 
mumkin. Har bir murabbiyning o‘ziga xos ish uslubi bo‘ladi, bu jumladan, 
ancha katta  yoshli  jamoa  oldiga  birmuncha  boshqacha  vazifalar  qo‘yilishi 
bilan ham belgilanadi. 
BO‘SMdan keyin  yangi jamoada yosh o‘yinchilar to‘qnash keladigan 
ilk  kutilmagan  holat  –  harakatlar  texnikasi  ustidan  maqsadli  ish  olib 
borilishining  amalda  mutlaqo  yo‘qligidir.  Ular  texnik  usullarni  bajarish 
ko‘nikmasi yetarlicha barqaror emasligidan jamoadan ajralib qoladilar. Har 
bir o‘yinchi vujudga kelayotgan muammolarni mustaqil hal etishga kirisha 
olmaydi.  Harakatlar  tuzilmasida  muqarrar  ravishda  vujudga  keluvchi 
buzilishlarni  (shu  jumladan,  psixologik  sabablarga  ko‘ra  ham)  avvallari 
bolalar  murabbiylari  tomonidan  bartaraf  etib  borilgan  bo‘lsa,  endi  esa  bu 
muammo o‘sishning sekinlashuviga, yosh o‘yinchilar mahoratining to‘xtab 
qolishi yoki cheklanib qolishiga sabab bo‘ladi. 
Bu,  ayniqsa,  baland  bo‘yli  o‘yinchilarga  salbiy  ta’sir  ko‘rsatadi, 
odatda ularda qobilyatning sekin rivojlanish va tayanch-harakat apparati 
butun tizimining ancha kech yetilishi kuzatiladi. Yosh o‘yinchilarda hali 
harakat ko‘nikmalari yetarlicha shakllanmagan bo‘ladi. Texnik usullarni 
bajarishning harakat ko‘nikmalari yangi talablar sharoitida “qurilishi” va 
yo‘lga  qo‘yilishi  lozim.  Umidli  o‘yinchilarni  qattiqqo‘llik  o‘quv-


69 
mashqlari  va  mahoratli  jamoalarning  musobaqa  tayyorgarligida 
qoldirmaslik  kerak.  Yosh  voleybolchilardan  faqat  ayrimlarigina  ushbu 
bosqichdan jiddiy yo‘qotishlarsiz o‘ta olishlari mumkin. 
Agar  bolalar  va  kattalar  jamoalari  murabbiylari  texnik  yo‘llarning 
usullari  to‘g‘risida  turlicha  tasavvurga  ega  bo‘lsalar,  muammo  yanada 
chuqurlashadi.  Bunday  murabbiylarning  yordami,  uslubiy  ko‘rsatmalari 
va  usullari  turlicha  bo‘ldi,  bu  esa  o‘yinchilarning  texnikasida  aks  etadi. 
Ayrim  murabbiylar  qayta  o‘rgatishga  harakat  qiladi.  Qayta  o‘rganish 
jarayonida  texnik  usullarni  bajarish  ko‘nikmalarining  tubdan  qayta 
ko‘rilishi o‘yinchilarni yana bir-ikki yilga orqaga ketishlariga olib keladi. 
Bizning  voleybolimiz  uchun  klublarda  va  mamlakat  terma 
jamoalarida  bog‘lovchi  o‘yinchilar  muammosi  doimiy  hisoblanadi. 
Mamlakatimizning  bog‘lovchi  rejadagi  o‘yinchilari  uzoq  vaqtlardan 
buyon,  dunyodagi  yetakchi  jamoalarning  eng  yaxshi  bog‘lovchilariga 
o‘yin  mahorati  darajasi  bo‘yicha  yutqazib  kelmoqdalar.  Bu  o‘yinni 
rivojlantirishni jiddiy to‘sib qo‘yadi va taktik jamg‘arma va jamoalarimiz 
imkoniyatlarini kamaytiradi. 
Tarbiyalanuvchilarning 
ijodkorligini 
to‘sib 
qo‘yuvchi 
yakkahokimlik  pedagogikasidan  foydalanilish,  yuqoridan  uzatish 
texnikasining  past  darajasi,  tashkillashtiruvchilar  rolidagi  o‘yinchilarni 
aniqlashda  shaxsning  ijtimoiy-psixologik  xususiyatlari  inkor  etilishi  va 
oqibatda,  BO‘SMda  tez  o‘yinning  ancha  kech  qo‘llanilishi  kabilar  ko‘p 
jihatdan voleybolimizdagi bog‘lovchi o‘yinchi muammosini yaratmoqda.
 
Mavzu bo‘yicha nazorat savollari: 
1. Voleybol qachon, qayerda va kim tomonidan ixtiro qilingan? 
2.  Voleybol  o‘yinining  birinchi  qoidalari  va  ularni  o‘zgarish 
dinamikasiga tavsif bering. 
3. Voleybol O‘zbekistonda qachon va qayerda vujudga kelgan? 
4.  Voleybolni  mustaqillikkacha  va  mustaqillikdan  so‘ng  rivojlanish 
tarixiga oid ma’lumotlarni izohlab bering. 
5.  O‘zbekistonda  voleybol  inshootlari  va  voleybolni  yanada 
rivojlantirish imkoniyatlarini izohlang. 
6.  O‘zbekiston  va  Xalqaro  voleybol  Federatsiyalari  haqida  qanday 
tushunchaga egasiz. 
7.  Zamonaviy  voleybolda  tashkiliy-uslubiy  muammolarga  tavsif 
bering. 
8.Yuqori toifali o‘yinchilarni tayyorlash uslublarini tavsiflang. 
9.Zamonaviy  voleyboldagi  eng  dolzarb  muammolarga  misol 
keltiring. 


70 
10.O‘yinchilarni  tayyorlashda  uslubiy  muammolar  deganda  qaysi 
muammolarni tushunasiz? 
Foydalanilgan adabiyotlar 
1.
 
Ayrapetyants  L.R.,  Pulatov  A.A.  Voleybol  nazariyasi  va 
uslubiyati.  //  Oliy  o‘quv  yurtlari  uchun  darslik.  –T.:  “Fan  va 
texnologiya”, 2012.  
2.
 
Goncharova  O.V.,  Qipchoqov  B.B.,  Boltayev  Z.B.  Voleybol.  –
T.: “lider Press”, 2008. 
3.
 
Железняк  Ю.Д.,  Петров  П.К.  Основы  научно-методической 
деятельности в физической культуре и спорте. // Учеб. пособие для 
студ. ВУЗов. –М.: “Академия”, 2002. 
4.
 
Холодов Ж.К. Теория и методика физического воспитания и 
спорта.  //Учебное  пособие  для  студентов  высших  учебных 
заведений, обучающихся по специальности “Физическая культура”. 
– М.: “Академия”, 2008. 
5.
 
Хулио  Веласко  (Аргентина),  Даг  Бил  (США),  Филип  Блен 
(Франция),  Джузеппе  Азарра  (Италия).  Современный  волейбол. 
//Тренировка. Управление. Тенденции. –М.: “ВФВ”, 2008.  
6.
 
Чесноков Ю.Б. Техника игры. // Методический сборник. –М.: 
“ВФВ”, 2008.  


71 
III BOB. VOLEYBOLNING TEXNIKA VA TAKTIKASI TASNIFI 
 
3.1. O‘yin faoliyatining umumiy tavsifi, voleybolchilar faoliyati 
mazmuni 
 
Klassik  voleybol  6x6  sport  o‘yinlari  qatoriga  kiradi.  O‘yin  9x18 
m
 
o‘lchamdagi,  ikkita  teng  9x9 
m
  o‘lchamdagi,  to‘r  bilan  bo‘lingan 
maydonchada  o‘tkaziladi.  1 
m
  kenglikdagi  to‘r  erkaklar  uchun  243 
sm

ayollar  uchun  224 
sm
  balandlikda  ustunga  bog‘lab  qo‘yiladi. 
Maydonchadagi  o‘yinda  har  birida  6  tadan  o‘yinchi  bo‘lgan  ikkita  o‘zaro 
kurashuvchi  jamoa  qatnashadi.  Og‘irligi  270±10 
g
  bo‘lgan  to‘p  bilan 
o‘ynaladi. To‘p bilan ishlash musobaqa qoidalariga ko‘ra uzilgan teginishlar 
bilan  bajariladi,  bir  jamoaning  uchta  o‘yinchisi  to‘pni  olishi  va  uzatishi 
(to‘siqda  to‘pga  tegib  ketish  hisoblanmaydi;  bir  o‘yinchi  ikki  marta  tegib 
ketishi taqiqlanadi) va to‘pni raqib tomonga yo‘naltirishi kerak. 
O‘yinning  mazmuni  –  to‘pni  raqib  maydonchasiga  tushirish  va  o‘z 
maydonchasiga, to‘p tushishini bartaraf etishdan iboratdir. To‘pni tashqariga 
yo‘naltirish  xato  hisoblanadi.  Ochko  jamoalardan  birining  o‘yinga  kiritgan 
har  bir  to‘pining  yutib  olinishi  bo‘yicha  yoki  uni  o‘yinga  kiritishga 
urinishlari  bo‘yicha  hisoblanadi  (hakamlar  tomonidan  qayd  etiluvchi 
“munozarali  to‘p”lardan  tashqari).  Jamoalardan  birining  uch  taym 
g‘alabasigacha o‘yin davom etadi. Musobaqa qoidalariga ko‘ra, taymlarning 
eng ko‘p miqdori – 5 ta bo‘lganligida, o‘yin 3:0, 3:1, yoki 3:2 hisobda jamoa 
g‘alabasi bilan yakunlanadi. Bir partiyadagi o‘yin 25 ochkogacha (beshinchi 
Download 5,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   339




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish