O’zbtkiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 5,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet226/339
Sana01.01.2022
Hajmi5,55 Mb.
#294459
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   339
Bog'liq
013333cef20dfce1a16b43c05e9b1b17 VOLEYBOL NAZARIYASI VA USLUBIYATI





275 
VI BOB. VOLEYBOL BO‘YICHA DARS O‘TKAZISH 
USLUBIYATI 
 
Voleybol  bo‘yicha  o‘tkaziladigan  jismoniy  tarbiya  darsi,  shu 
jumladan, voleybol darsi 3 qismdan tashkil topadi. 1 qism – tayyorlov 5-
10  daqiqaga  teng  bo‘lib,  o‘z  ichiga  darsni  tashkil  etish  (saflanish, 
navbatchi  o‘quvchi  o‘qituvchiga  davomat  haqida  axborot  berishi,  dars 
vazifalari  bilan  tanishtirish),  saf  mashqlari,  umumiy  va  maxsus 
mashqlarni  kiritadi.  Darsni  tayyorlov  qismida  beriladigan  mashqlar  shu 
darsni  maqsad-vazifalarini  yechishga  qaratilgan  bo‘lishi  lozim. 
Tayyorlov  mashqlari  tana  muvozanatini,  qaddi-qomatni  shakllantirish, 
yurish,  yugurish,  sakrash,  kuch,  tezkorlik,  chaqqonlik,  chidamkorlik  va 
egiluvchanlik  sifatlarini  tarbiyalashga  mo‘ljallanadi.  Darsning  tayyorlov 
qismi  o‘quvchilar  organizmini  qizdirish  va  uni  funksional  jihatdan  shu 
darsning  asosiy  qismiga  tayyorlashdan  iborat.  Darsning  ushbu  qismini 
o‘tkazish shiddati dastlab sekin-asta oshirilib, shu qismni o‘rtasidan yana 
sekinlashtirilishi kerak. 
Asosiy  qism  30-35  daqiqa  davom  etadi.  Mazkur  qismda  darsni 
asosiy  maqsad  va  vazifalari  yechiladi.  Texnik-taktik  malakalar 
o‘zlashtiriladi.  Buning  uchun  o‘rganiladigan  o‘yin  malakalariga  oid 
taqlid  va  to‘p  bilan  bajariladigan  mashqlar  qo‘llaniladi.  Malakalarga 
o‘rgatish va ularni shakllantirish yakka tartibda yoki kichik guruhlar va 
barcha  o‘quvchilar  ishtirokida  amalga  oshiriladi.  Bu  qismda  o‘rgatish 
jarayoni  sekin  shiddatda,  takomillashtirish  jarayoni  esa  katta  tezlikda 
kechishi lozim. 
Yakuniy  qism  3-5  daqiqa  davom  etadi.  Bu  qismning  maqsadi  o‘ta 
sekin  shiddatda
 
harakatlanadigan  mushaklarni  bo‘shashtiruvchi  va 
taranglashtiruvchi  mashqlar  hamda  milliy  harakatli  o‘yinlar  yordamida 
charchoqni  bartaraf  etish,  organizmning  funksiyalari  va  ish  qobiliyatini 
tiklashga  qaratiladi.  Dars  davomida  jismoniy  sifatlarni  tarbiyalash, 
harakat  (texnik-taktik)  malakalari  texnikasiga  o‘rgatish  va  ularni 
takomillashtirish  turli  pedagogik  uslublar  yordamida  amalga  oshiriladi. 
Bu uslublar quyidagilardan iborat: 
-
 
tushuntirish; 
-
 
ko‘rsatish (namoyish etish); 
-
 
muayyan malakani qismlarga bo‘lib o‘rgatish; 
-
 
malakani to‘liq holda sekin va katta tezlikda o‘rgatish; 
-
 
qaytarish; 
-
 
o‘yin uslubi; 


276 
-
 
musobaqa uslubi va boshqalar. 
O‘rgatish jarayonidan, bundan tashqari, rag‘batlantirish va jazolash, 
ishontirish kabi usullar ham o‘rin oladi. Har bir uslubni qo‘llashda o‘ziga 
xos 
vositalar 
(mashqlar)dan 
foydalaniladi. 
Voleybol 
bo‘yicha 
otkaziladigan  jismoniy  tarbiya  darsi  yakunida,  aksariyat  hollarda,  o‘quv 
o‘yini  o‘tkaziladi.  Bunday  o‘yinlarni  o‘tkazish  davomida  o‘yin 
qoidalarini o‘zlashtirishga va hakamlik qilish sirlarini o‘rgatishga alohida 
e’tibor  qaratiladi.  O‘rgatish  va  takomillashtirish  jarayonida  beriladigan 
vazifa,  shu  jumladan,  qo‘llaniladigan  mashqlar  oddiydan  murakkabga, 
o‘tilganidan  o‘tilmaganiga  va  yengilidan  og‘iriga  (yuklamani  hisobga 
olgan holda) kabi didaktik tamoyillarga rioya qilish shart. 

Download 5,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   339




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish