O‘yinchi jazo bilan maydondan chiqarilganda almashtirish
tartibi.
Maydondan
jazo
bilan
chiqarilgan
yoki
diskvalifikatsiya
(chetlashtirilgan) qilingan o‘yinchini almashtirish qoidadagi tartibga
asosan amalga oshiriladi.
Noto‘g‘ri almashtirish.
Agar jamoa almashtirish imkoniyatidan to‘liq foydalangan bo‘lsa,
o‘yinchi boshqa bir o‘yinchi o‘riniga tushsa, u holda o‘yinchi
almashtirish noto‘g‘ri bo‘ladi. Lekin qoidaning 8.2.-bandi bundan
istisno.
Jamoa noto‘g‘ri almashtirishga yo‘l qo‘yganda va vaziyat hal etilib,
o‘yin qayta tiklanganda quyidagi qarorlar qabul qilinishi kerak:
- jamoa o‘yin vaziyatini yutqazgan hisoblanadi;
- noto‘g‘ri almashtirish to‘g‘rilanadi;
- “aybdor” jamoaning so‘nggi ochkolari bekor qilinadi. Raqib
ochkolari saqlab qolinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |