O’zbtkiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 3,65 Mb.
bet163/205
Sana26.06.2022
Hajmi3,65 Mb.
#706774
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   205
Bog'liq
013333cef20dfce1a16b43c05e9b1b17 VOLEYBOL NAZARIYASI VA USLUBIYATI

Hujum zarbalarini qaytarishda himoyachilarning guruhli o‘zaro harakatlari. Ular quyidagi tarkiblarga ega bo‘ladi:
Bir-birini takrorlamaslik, navbatda qolib ketmaslik va yonma-yon turmaslik uchun himoyada to‘pni qabul qilishda dastlabki holatni egallashdagi harakatlarning kelishuvi;
Ishtirokchini – to‘pni kim qaytarishini aniqlash. Himoyachilar harakatlari kelishuvining ayrim qoidalari jamoaviy taktika bo‘limida keltirilgan. Biroq, hujum zarbalarini qabul qilish va uning ishonchliligini oshirishda hujumchilarning o‘zaro harakatlari jarayonini yengillashtiruvchi universal vosita bor. Bunda himoyada “qaychi” usulida o‘ynash nazarda tutilmoqda.
Ushbu usulning mohiyati shundan iboratki, teng masofada turgan o‘yinchilar o‘rtasidan uchib o‘tayotgan to‘pni, birdaniga har ikkala himoyachi ham qabul qilishga urinadi. Bir-biriga xalaqit bermaslik uchun himoyachilardan biri boshqasidan oldinroqdagi o‘rinni egallaydi. Himoyachilardan biri boshqasidan, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanayotganidan biroz oldinroqqa siljiydi; ikkalasi ham to‘pning yo‘lini qo‘llari bilan to‘sishga urinadi. To‘p kimning qo‘liga tushgan bo‘lsa, to‘pni o‘sha o‘yinchi qaytaradi. Himoya harakatlarining bunday takroriyligi to‘pni qabul qilish ishonchliligini oshiradi va himoyachilarning o‘zaro harakatlarini soddalashtiradi. Himoyada “qaychi” usulida o‘ynash to‘p uchishining yerga qaratilgan trayektoriyalarida alohida samaralidir.
To‘siqchilar va himoyachilarning o‘zaro harakati. To‘siqchilar va himoyachilarning o‘zaro harakatlari bosh vazifa: maydonchaga yo‘naltirilgan zarbalarni qaytargan holda, birgalikdagi harakatlar bilan raqibning hujumlariga qarshi turishni hal etishga yo‘naltirilgandir. Jamoaviy taktika tizimi to‘siqchilar va himoyachilarning guruhli o‘zaro harakatlarini, shuningdek, ularning mas’uliyat hududlarini aniqlaydi. To‘siqchi o‘yinchilar maydonchaning bir qismini himoyachilarga qoldiradilar. Ayrim himoyachilar to‘siq yonidan uchib o‘tuvchi to‘pni
(buning uchun mos joyni egallash kerak), boshqalari esa to‘siq ustidan uchib o‘tuvchi to‘pni qabul qiladilar. Ular ham, bular ham zich bo‘lmagan to‘siqdagi tirqishdan yo‘naltirilgan to‘pni qaytarishlari mumkin. Shu tarzda, himoyachilar to‘siqchi o‘yinchilar xatolarini tuzatadilar. Kelishilgan o‘zaro harakatlarda to‘siqchi o‘yinchilar funksiyalarini boshqalardan ko‘ra yaxshiroq eplaydigan himoyachilarga kattaroq hududni topshirishlari mumkin. To‘siqchilar va himoyachilarning aniq o‘zaro hamkorligi butun jamoaning himoyadagi o‘yin samaradorligini jiddiy oshiradi.

Download 3,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish