O’zbtkiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 3,65 Mb.
bet162/205
Sana26.06.2022
Hajmi3,65 Mb.
#706774
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   205
Bog'liq
013333cef20dfce1a16b43c05e9b1b17 VOLEYBOL NAZARIYASI VA USLUBIYATI

Hujum zarbalariga qarshi harakatning guruhli taktikasi. Raqibning hujum zarbalariga qarshi harakatning guruhli taktikasi jamoa tuzilmasi tizimi doirasida o‘yinchilar guruhlarining (2-5) o‘zaro harakatlaridan tashkil topadi. Maydonchani himoyalashda o‘yinchilar o‘zaro harakatlarining bir qator turlarini ajratish mumkin:

  • to‘siq qo‘yuvchi o‘yinchilar o‘rtasida;

  • to‘siq qo‘yuvchi o‘yinchilarning himoyalovchilar va himoyachilar bilan;

  • himoyachilarning o‘zlari o‘rtasida;

  • himoyachilarning himoyalovchi o‘yinchilar bilan;

  • himoyachilar va himoyalovchilarning bo‘g‘lovchi o‘yinchilar bilan;

  • to‘siq qo‘yuvchilar o‘rtasidagi o‘zaro harakatlar, birinchidan, to‘siqda sakrash uchun joyni tanlash bo‘yicha o‘yinchilarning kelishilgan harakatlaridan tashkil topadi. Bunda o‘yinchilarga, ulardan qaysi biri guruhli to‘siq uchun joyni tanlashini, to‘siqda tirqish qolmasligi uchun kim moslashib turishini aniqlash muhimdir. Agar oddiy qoida “asosiy” (ya’ni, sakrash uchun joy tanlovchi) to‘siqchi – bu raqibning hujumi “kimning hududida amalga oshiriladigan bo‘lsa, o‘shadir” qoidasi qabul qilinsa, o‘yinchilarning o‘zaro harakatlari ancha soddalashadi. “Yordamchi” to‘siqchi, to‘siqning zichligi uchun javob bergan holda, asosiyga moslashadi. “Tokchali to‘siq” deb nomlanuvchi o‘zaro harakatlar bundan mustasnodir. U kesishma harakatlaridan foydalanuvchi hujumchilarning o‘yiniga qarshi ta’sir uchun qo‘llaniladi. Hujumchilarning bu turdagi harakatlanishi “krest” (kesishma) va “teskari krest” kombinatsiyalaridagi hujum o‘yinlarida uchraydi.

“Tokchali to‘siq”ning mohiyati shundan iboratki, to‘siqchilar to‘r bo‘ylab o‘z hujumchilari bilan birga aralashib ketadilar. Qarama-qarshi harakatlanishda to‘qnashib ketmaslik uchun ayrim to‘siqchilar to‘rga yaqin tekislikda (odatda bu birinchi tempdagi hujumchilarga qarshi harakat qiluvchi o‘yinchi), boshqasi esa biroz nariroqda harakat qiladi. Ta’kidlash joizki, zamonaviy voleybolda “tokchali to‘siq” deyarli qo‘llanilmaydi.
To‘siqchilarning boshqa bir vazifasi – ularning qo‘l harakatlarining havoda moslashuvidir. To‘siq qo‘yuvchilar qo‘l harakatlarining o‘zaro kelishuvchanlik xarakteriga qo‘llaniladigan taktika: Bunda “hududli”
yoki “ovlovchi” to‘siq qo‘llanilishi ta’sir etadi. Har qanday holatda ham qo‘l harakatlari sinxron bo‘lishi, sherik tomonidan allaqachon to‘silgan joyni yopmasligi, biror tirqish qoldirmasligi ham kerak.
Yerga tushgandan keyin to‘siqchilarning ehtimoliy o‘zaro kamchiligiga, raqib tomonga muvozanatni yo‘qotayotgan sherikka yordamlashish, shuningdek, qayta to‘siq qo‘yish yoki qarshi hujumga o‘tish uchun o‘rinlarini almashtirishdagi kelishilgan harakatlarni kiritish mumkin.

Download 3,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish