Faqat ikkinchi tempdagi uzatishlar bilan hujum qilishning taktik tizimi. Ikkinchi uzatishda hujum taktikasining kuchli tomonlari quyidagilar:
Ikkinchi tempdagi uzatishlarning hujum zarbalari odatda, birinchi tempdagi uzatishlardan ko‘ra ancha tajovuzkor (to‘p zarbadan keyin katta tezlikda uchadi) bo‘ladi, chunki sekin rivojlanuvchi hujumlarda hujumchilarning harakatlari samaradorligining barcha shartlarini amalga oshirish ancha yengil kechadi. Ikkinchi tempdagi hujumlar “qabul qiluvchi bog‘lovchi – hujumchi” zamiridagi o‘yinchilarning harakatlari kamroq kelishilgan holatda bo‘lishi mum-kin. Bo‘g‘lovchi o‘yinchilar tez harakatlanish hisobidan, to‘p yetkazib berilmaganda yoki hujum zarbasidan so‘ng sheriklari yo‘l qo‘ygan xatolarni tuzatish imkoniga ega bo‘ladilar.
Ikkinchi tempdagi hujumchilar, o‘z navbatida, ko‘pincha sifatsiz qabul qilishlari oqibatida, bo‘g‘lovchi noaniq uzatishlarni to‘g‘rilashga
majbur bo‘ladi. Ikkinchi tempdagi hujumchi zarbaga uzatishni, hatto pastdan uzatish usulida ham amalga oshirishi mumkin. Ikkinchi tempdagi hujumchilar zamonaviy voleybolning eng “dahshatli” qurolidir, ayniqsa, birinchi tempdagi hujumchilar faol bo‘lib, to‘siqchilarni o‘zlariga chalg‘ita olishsa. Jamoada hujum vaqtida to‘pni yuqoridan uzata oladigan juda kuchli, baland bo‘yli hujumchi bo‘lgan hollarda, o‘ta yuqori uzatishli zarbalarni qo‘llash ham o‘zini oqlaydi (buni ehtimol uchinchi temp deb atash aniqroq bo‘ladi).
Sekin hujum (birinchi tempdagi zarba bo‘lmaganda) kamchliklariga, birinchi navbatda, odatda guruhli to‘siqqa qarshi kurashishga to‘g‘ri kelishi ko‘rsatiladi. Umuman olganda, hujumning sekin rivojlanishi o‘yin vaziyatini ancha standart va aniq qilib qo‘yadi. Bu himoyalanayotgan jamoa o‘yinchilariga himoyada o‘ynab, samarali harakat qilishlariga vaqt va imkoniyat beradi. Sekin hujumning ushbu taktikasidan kuchli zarbaga ega, tarkibida baland bo‘yli hujumchilari bo‘lgan jamoalar foydalanadilar.
Birinchi tempdagi hujumdan foydalanib hujum qilishning taktik tizimi. Ikkinchi tempdagi hujumchilarga yordamlashish va sekin hujumning kamchiliklarini qoplash uchun jamoalar tez o‘yinni – birinchi tempdagi hujumni qo‘llaydilar. Birinchi tempdagi hujum markaziy to‘siqlarni chalg‘itish vazifasi yoki ikkinchi tempdagi hujumchilarga yakka yoki yaxshi tashkillashmagan guruhli to‘siq qarshi turishga olib keluvchi hujum xavfi yaratishi bilan to‘la mazmunli samarali hujumga aylangan. Hujumda o‘yinchilarning o‘zaro harakatlari ishonchliligini ma’lum bir darajasiga erishilgandagina tez hujum qilish samarali bo‘ladi. Hujumda o‘yin taktikasi rivojlanishining zamonaviy tendensiyalari avvalo jamoaviy kelishilgan harakatlar va hujumni rivojlantirish tezligini oshirish vazifalarini hal etilishida ifodalanadi. Birinchi tempdagi hujumda yutib olingan ochkolar foizi doimo o‘sib boradi. Biroq o‘yinni jadallashtirish g‘oyasini tezlashtirish mutlaqlashtirish o‘yinchilar harakatida maqsadga muvofiqlik tamoyilining buzilishiga ham olib keladi. Hujum tezligini oshirishga intilish amaliyotda to‘pni qabul qilish trayektoriyasi pasaytirilishiga va hujumchi sakrashda zarba berishdan foydalanishiga olib keladi. Ayrim vaziyatlarda (masalan, oxiriga yetkazishda) bu taktika foydali bo‘lishi mumkin: raqib maydonchasidagi o‘zini yo‘qotish va tartibsizlikdan foydalanish, hali to‘siqchilar va himoyachilar himoyalanish uchun o‘z o‘rinlarini egallashga ulgurmagan
vaziyatda qayta tez hujumni amalga oshirishi mumkin bo‘ladi.
Standart, oson vaziyatlarda to‘pni past qabul qilish ham, hujumchi sakrashda zarba berishi ham, raqibga qaraganda hujum qilayotgan jamoaga ko‘proq muammolar keltiradi. Pasaytirilgan trayektoriyada qabul qilishda to‘p ba’zida raqib tomonga uchib o‘ta olmaydi yoki yuqori tros zonasiga tushadi, bunda, ayniqsa, to‘r chetidan uzatishni bajarishda to‘pni o‘ynash qiyinlashadi. To‘pni qabul qilishning past trayektoriyasi ko‘pincha bog‘lovchi o‘yinchiga uzatishning yo‘nalishini qiyinlashtiradi, bu esa to‘siqchilar harakatini yengillashtiradi. Bunda raqib jamoasi to‘siqchilari, to‘p uzatilganda, doimiy tayyorgarlik holatida turadilar va ko‘proq o‘z hujumchilari harakatlariga e’tibor qaratadilar. Ular ham himoyachilar ham, hujumga qarshi turishga doimo tayyor bo‘ladi. To‘pni qabul qilish balandligi ular uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lmaydi. Tez kombinatsion hujumning ijobiy tomonlariga quyidagilarni kiritish mumkin:
Birinchi tempdagi hujumchiga, qoida tariqasida, bitta to‘siqchi qarshi turadi, ikkinchi tempdagi hujumchiga esa ko‘pincha yakka yoki yaxshi tashkillashmagan ikkita to‘siqchi qarshi turadi.
Tez hujum o‘zining tez yuz berishi sababli ko‘plab nostandart vaziyatlarni yaratadi, ularga himoyalanuvchi jamoa o‘yinchilarining moslashuvi qiyin bo‘ladi. Raqiblarga qarshi harakatga tayyorlanishga vaqt qolmaydi, bu himoyadagi o‘yin samarasiga ta’sir etadi: o‘yinchilarining bir qismi himoyadan chetda qolishi mumkin. Tez hujum kamchiliklariga bir necha vaziyatlarni kiritish maqsadga muvofiqdir:
Birinchi tempdagi zarbadan so‘ng to‘p, odatda, ikkinchi tempdagi zarbadan ko‘ra kamroq tezlikda uchadi, uni qabul qilish oson bo‘ladi. Birinchi temp bilan hujum qilish tizimi ikkinchi temp uzatish zarbasidan ko‘ra kamroq ishonchli. Tezkor hujum uchun, vaqt tig‘izligida bog‘lovchi o‘yinchi va birinchi tempdagi hujumchining birgalikdagi va nozik darajadagi o‘zaro harakatlari talab etiladi. Vaqtida va joyiga to‘pni yetkazish bo‘yicha eng kichik xato zarbani ijro etishda va uning sifatiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Odatda birinchi tempda hujumni barbod etishga olib boruvchi asosiy kamchilik bo‘g‘lovchiga to‘pni sifatsiz yetkazib berish hisoblanadi. Birinchi tempdagi hujumning buzulishi ikki sababga ko‘ra yuz beradi:
To‘p yetkazib berilmagan hollarda birinchi tempda hujumni tashkil etishni bilmaslik. Bog‘lovchi o‘yinchilar tomonidan joyning noqulay tanlanishi – ular odatda bevosita to‘r yaqinida o‘z maydonchasiga ko‘krak bilan burilgan holda joylashadilar. To‘pning yetkazib berilmaslik darajasiga ham bog‘lovchilar to‘rdan uzoqlashish va to‘rni
ikki yon chetiga burilishlari bilan yuqori uzatishni bajarishga majbur bo‘ladilar. Bunday harakatlar raqib tomonidan osongina aniqlanab olinadi, bu ularning qarshi harakat qilishlarini yengillashtiradi. Biroq jamoada to‘p yetkazib berilmagan hollarda ham oddiy o‘yinga o‘tib ketmaslik imkoniyatlari mavjud.
Birinchidan, o‘yinchilar to‘pni yetkazib bermagan hollarda maydon ichkarisidan uzatishlarda birinchi temp bilan hujum qilishga tizimli va maqsadga muvofiq o‘rganib borishi lozim. Bunday hujumlar bajarilishi mumkin, hozirda ham jahon jamoalarining eng yaxshi bog‘lovchilari, maydonchaning chuqur ichki qismidan uzatishlarda ulardan samarali foydalanadilar.
Ikkinchidan, to‘pni qabul qilish trayektoriyasi balandligini birmuncha oshirish kerak, bu bog‘lovchiga to‘pning ostiga o‘tish uchun, hujumchiga esa yugurish, sakrash uchun imkoniyat va vaqt beradi.
Uchinchidan, o‘yinga kiritilgan to‘pni qabul qilish vaqtida bog‘lovchi o‘yinchi turgan joydan biroz masofada (3-4 metr) oldinga chiqib dastlabki holatni egallashi zarur. Bu o‘rinli va juda qulay. Aniq yetkazib berilganda bog‘lovchi o‘yinchi 2-3 qadam bilan to‘r tomonga o‘tayotgan to‘p orqasidan yetib olishi mumkin. Bunda to‘p qanchadir vaqt davomida bog‘lovchi o‘yinchining oldida go‘yoki “osilib” turadi, uning diqqat maydonida hujumchi va raqib to‘siqchilari ham bo‘ladi. Bunday usul bilan kombinatsion hujumni tashkil etishga yaxshi sharoitlar yaratadi.
Agar to‘p yaxshi yetkazib berilmasdan qabul qilingan bo‘lsa, bog‘lovchining to‘p ostida zaruriy harakatlanishi ba’zan juda qisqaradi. Bog‘lovchi o‘yinchining maydonni yanada yaxshi ko‘rish imkoniyati paydo bo‘ladi. Bunday sharoitlarda maydonchaning ichkarisidan birinchi tempdagi hujumchilarning “qaytmasligi”, jamoada raqibning guruhli to‘siq qo‘yishiga qarshi samarali kurasha oladigan, kuchli zarbaga ega, baland bo‘yli hujumchilar bo‘lmagan sharoitlarda, ayniqsa, foydali bo‘ladi. Shuningdek, o‘yinchining noaniq qabul qilishdan kelib chiquvchi qo‘shimcha ijobiy samarasini ham ta’kidlash mumkin: uzatishni qabul qilishda to‘pni yetkazib berish sifati hayratlanarli darajada yaxshilanadi. Bunday sharoitlarda qabul qiluvchi o‘yinchilarga, to‘pga tushish uchun mo‘ljal olish mahorati oshirilgan bo‘lib chiqadi. Axir yetkazib berilmaydigan qabul xato hisoblanmaydi – bunday qabuldan jamoa ikkala tempga ham hujum qila oladi. Natijada qabul qiluvchi o‘yinchi o‘zini ishonchliroq sezadi, bu esa sifatli qabul qilishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |