Birinchi tempdagi hujumchi-sangvinik. Yaxshi variant, hatto eng yaxshi. Sangvinikda asab jarayonlarining harakatchanligi unga vaziyatni tez va aniq baholashga va har qanday o‘yin vaziyatlarida ham o‘z vaqtida tegishli qarorlar qabul qilishga imkon beradi. Bosiqlik esa o‘ylangan narsani ijro etishda “xushyor” o‘yin hisobi va barqarorlikni ta’minlaydi. Talabchanlik va aniqlikni yaxshi ko‘radi. Sangviniklar muvaffaqiyat va muvaffaqiyatsizlikni tezda o‘tkazadilar, shuning uchun, bir tekis va muhumi, tushkunliksiz hisob-kitobli, faol, doimo mos holda o‘ynaydilar. Himoyada va oshirishlarni qabul qilishda yaxshi o‘ynaydilar, turli-tuman oshirishlarni bajara oladilar.
Aniq (ijodiy) holda murabbiyning o‘yin bo‘yicha ko‘rsatmalarini bajaradi. Nozik his etishga ega, o‘yin vaziyati rivojlanishini ko‘ra oladi – bu unga to‘siqda va hujumni har xillashtirishda yordam beradi. Ayniqsa, agar o‘yinchilar sherikka yetib bora olmasalar va raqib zarbasi bilan yo‘naltirilgan to‘pni qo‘llarini havoda atrofga uzatgan holda “tutib” oladigan bo‘lsalar, to‘siq yaxshi qo‘yilgan bo‘ladi.
Birinchi tempdagi hujumchi-xolerik. Bu xolerik temperamentdagi o‘yin-chilar uchun o‘zlarini to‘liq darajada namoyon qilishlari uchun eng mos vazifadir. Ularning jonbozligi, harakatchanligi, hissiy ko‘tarinkiligi birinchi tempdagi xolerik-hujumchi harakatlarining muvaffaqiyatini ko‘p jihatdan belgilab beradigan sifatlardir.
Xoleriklar odatda tez fikrlaydi, tez qarorlar qabul qiladi (juda kuchli hissiyotli yondashuv sababli bu doimo ham to‘g‘ri emas), tez va ko‘tarinki ruhda, zavq-shavq bilan harakat qiladi. Ulardagi emotsiyalar va barqarorlik bunga sabab bo‘ladi. Xoleriklar eng jizzaki o‘yinchilardir. Ma’lum bir sharoitlarda hujumchi-xolerik o‘zini qo‘lga olishi, katta iroda kuchini namoyon etishi va vaziyatli yetakchiga aylanib, jamoani boshlab yurishi mumkin. Biroq uzoq muddat bunday xatosiz harakat qila olmaydi. Agar jamoaning “o‘yini yaxshi bo‘layotgan” bo‘lsa, ular ruhiy
kuchlanishli vaziyatlarga qaraganda ancha barqaror harakat qiladilar. Xoleriklarda o‘yinning “barbod” bo‘lishi, boshqa temperamentdagi o‘yinchilarga qaraganda, ko‘proq bo‘lib turadi. Odatda bu oshirishlarni qabul qilishda ancha uzunroq to‘xtalish bo‘lishdia yuz beradi, o‘zini tutib turolmaydigan xolerik uchun to‘pni qabul qilish oson bo‘lmaydi. Shuning uchun ham uni orqa qatordagi liberoga almashtiriladi.
O‘yinda emotsiyani ko‘p “sarflagani” holda xoleriklarga emotsional kuchlarini tiklash uchun vaqt talab etiladi. Bu ularning faoliyatidagi davriylikni keltirib chiqaradi: hech kimda bo‘lmaydigan yuqori emotsional zo‘riqish, xoleriklarda ancha ko‘p emotsional kuch sarflashga majbur etadi, buni tiklash uchun esa ulardan ancha vaqt talab etiladi. O‘z vaqtida dam olish, emotsional “chalg‘ish” vaziyatni o‘zgartirish, safar vaqtida yakshanba kunlari uyga borish, yaqinlari bilan muloqot va boshqalar xoleriklarga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi. Umuman olganda, bu tez, harakatchan emotsional qat’iy o‘yinchidir. Boshqa vazifaga tez o‘ta oladi, kombinatsiyalar va tezkor o‘yinni yaxshi ko‘radi, ko‘pincha sho‘x- shodon yuradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |