O’zbkiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi



Download 0,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/60
Sana29.03.2022
Hajmi0,61 Mb.
#515389
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   60
Bog'liq
jahon tarixi

5. Qadimgi Xitoy madaniyati
Qadimgi Xitoy mifologiyasi to’g’risidagi manbalar asosan er. avv. XI asrga oid. Bu
afsonalar mazmuniga ko’ra ikki guruh yoki sikllarga bo’linadi.
Kosmogonik miflar ichida ilk, tartibsiz holatdan tabiat va insonning paydo bo’lishi
to’g`risidagi asosiy konsepsiya, bo’linish va aylanish berilgan. Ulardan birinchisi jonsiz va tirik
mavjudotlar tartibsizligi, ikki ilk unsur (erkak)ning boshlanishi, Yan va
qorong`ulik
(ayol)ning boshlanishi - In paydo bo’lgan. Ikkinchi konsepsiya barcha mavjudotlarning paydo
bo’lishi bu transformasiya natijasidir deb tushuntiradi. Odam Nyuy ismli ma'buda tomonidan
loydan yaratilgan.
Tabiat stixiyalari va ulardan odamlarni qutqargan qahramonlar to’g`risida afsonalar
ko’pchilikni tashkil qiladi. Toshqin va qurg`oqchilik hodisalari afsonalarda ko’p tilga olinadi.
Qadimgi qahramonlar to’g`risidagi afsonalarda qahramonlar odamlarni olovdan foydalanishga
o`rgatgan; ilk bor shox-shabba chaylani ko’rgan. Baliq ovi va ovchilik usulini kashf qilgan; ilk
dehqonchilik qurollarini yasagan, donni bug`da pishirishni o`rgatgan qahramonlar mavzusi yetakchi
o’rinni tutadi. Ko’pgina qahramonlar ilon gavdali, buqaning kallasi bilan yarim hayvon, yarim
odam qiyofasida tasvirlanganlar. Bu qadimgi totemistik tasavvurlarni aks ettirishdir.
Qadimgi xitoyliklar u dune to’g`risidagi tushunchalarida yerda mavjud bo’lgan tartib-
qoidalar aks ettiriladi. Yerda hokimiyat vanga tegishli, osmonda xamma jismlar Oliy xudo (Di)ga
buysunadi. Di qudratli, u odamlarga marxamat qiladi yeki ularni baxtsizlik bilan jazolaydi. U
odamlarga hosilni sovg`a qiladi, qurg`oqchilik yuboradi, yomg`ir va shamol Diga bogliq. Dining
yaqinlarini Vanning vafot qilgan ajdodlari tashkil qiladi. Vanning ajdodlari Dining topshiriqlarini
bajaradi va ular Vanning yerdam berish to’grisidagi iltimosini Diga yetkazadi. Vanning oliy koxin
sifatidagi vazifasi odamlar va xudolar dunesi o’rtasida vositachi bo’lgan o’z ajdodlari bilan
muloqotni amalga oshirishdir.
Konfutsiylikni paydo bo’lishi va tarqalishi ajdodlarga e'tiqod qilishni kuchaytirdi. Konfutsiy
(er. avv. 551-479 yillar)ning axloqiy-syosiy ta'limotida markaziy o’rinni «oliyjanob kishi»
(SzyanSzi) to’g`risidagi tushuncha egallaydi. Konfutsiylik gumanizm (Jen), sadoqat (Chjun),
kattalarga hurmat (Syuo), kishilar o’rtasidagi munosabatlarga rioya qilish (Li)dan iborat.
Konfutsiy ochko’zlik, zo`ravonlikga qarshi axloq va burchni qarama-qarshi quyadi.
II-III asrlarda Xitoyga budda dini kirib keldi. Afsonalarga ko’ra, birinchi budda sutralari
(matn yoki qoida) Xitoyga oq otda olib kelingan: bunga xotira sifatida Loyan shahri yonida
budda «oq ot ibodatxonasi» qurilgan va hozirgacha saqlanib qolgan. Xitoyda sutralarni tarjima
qilish va budda dinini tarqalishi IV-VI asrlarga tegishlidir.
Ilk Xitoy yozuvining eng qadimgi yodgorliklari er. avv. XIV-XI asrlarga oid fol ko`rish
yozuvlaridir. In yozuvlarining ko’pchilik qismi buyumlar tasviridir. In belgilari buyumlar tasviri
yeki murakkab tushunchalarni ifodalaydigan ko’pgina tasvirlar qo`shilmasi ideogramma
ko’rinishidadir.
In belgilarining hozirgi Xitoy iyerogliflaridan 3 xil farqli tomoni bor. Birinchidan, har bir
elementar belgi qandaydir buyumning konturini tasvirlagan, ikkinchidan bir belgilini yozilishida
ko’p xilma-xillik mavjud. Uchinchidan belgini qatorning nisbiy yo`nalishiga tomon harakati hali
barqaror bo’lmagan. In yozuvining er. avv. I ming yillikda Chjoular tomonidan o’zlashtirilishi,
uning taraqqiyotini uzib qo`ymadi. Er.avv. II-I ming yilliklarda iyerogliflarning mahalliy
variantlari unifikasiya qilindi, belgilarni yezishning yangi husnixati paydo bo’ldi.
Qadimgi Xitoyda odatda yupqa yog`och yoki bambuk taxtachalariga yozilgan. Tushli
mo`yqalam bilan yozuv ana shu taxtachalarga tushirilgan va yozuvlar metall pichoq bilan
tozalangan. Eramizdan avvalgi I ming yillikning o’rtalarida ipak matoga ham yozilgan. Yangi era
boshida qog`oz kashf qilinib ishlatila boshlandi va qog`oz boshqa materiallarni siqib chiqardi.


81
Eng qadimgi Xitoy she'riyati namunalari eramizdan avvalgi XI-VI asrlarda jez
ko`zalardagi yozuvlarda yetib kelgan. «Shiszin» (“qo’shiqlar kitobi”)-qadimgi Xitoy adabiyotining
haqiqiy xazinasidir. Bu yodgorlik 4 bo’limga bo’lingan («Podsholik axloqi», «Kichik odalar»,
«Buyuk odalar», «Madhiyalar») 305 poetik asarlar majmuasidan iborat.
«Shiszin» an'analari eramizdan avvalgi IV asrda poetik asarlar mualliflari tomonidan
o’zlashtirib olindi. Bizgacha bu asarlar do`mbira shaklini eslatadigan tosh uyumlarda yetib
kelgan, shu sababli ular «Tosh do`mbiralar»dagi matnlar deb ataladi. Eramizdan avvalgi IV asrda
mashhur Syu Yuan, Xan davrida Sima Syan-Ju kabi shoirlar ijod qilgan.
Musiqa, poeziya va raqs kabi san'at janrlari Xitoyda yuqori darajada shakllangan.
Musiqa asboblari uch asosiy guruhga: torli, tovush va urib chalinadigan asboblarga bo’lingan.
Ko’pgina musiqa asboblari eramizning birinchi, ikkinchi asrlarida O’rta Osiyodan o’zlashtirib
olingan.
Xitoy me'morchilik san'atida yog`och asosiy xom-ashyo edi. Xan davrining noyeb
me'morchilik yodgorligi imperiya poytaxti Chanyan shahri 12 darvozali devor bilan o’rab
olingan. Baland ko’p xonali imperator saroyi, ma'muriy binolar va ibodatxonalar shaharning kurki
edi. Ma'muriy binolar sariq rangda, imperator saroylari qizil rangda bo`yalgan. Xan davrida portret
san'ati yuksak darajada bo’lgan, saroylar portret freskalari bilan bezatilgan.
Qadimgi Xitoyda ilmiy bilimlar ayniqsa, matematika rivojlangan. Eramizdan avvalgi
ikkinchi asrda to’qqiz kitobdan iborat «matematika» traktati tuzildi. Bunda oldingi olimlarning
bilimlari proporsiya, progress, bo’lishlar bayon etilgan. Pifagor teoremasi va boshqalar to’plangan.
Matematika bilan yonma-yon astronomiya fani ham rivojlandi. Er. avv. 104-yilda bir yil 365,25
kun hisoblab chiqildi. Shu yil qabul qilingan kalendar eramizning 85-yiligacha foydalanildi. Bu
kalendar bo’yicha yil 12 oyga bo’lnidi. Qo’shimcha oy kabisa yiliga qo’shilib 3 yilda bir marta
belgilangan. Qo’yosh–oy kalendari qishloq xo’jalik ishlariga moslashtirilgan. Qadimgi Xitoyda
tibbiyot sohasida katta yutuqlarga erishildi. Er. avv. III asrda Xitoy vrachlari igna bilan
davolashni kashf qilganlar. Tabiblar 52 kasallikni davolashni bilganlar. 280 davolash usulini
qo’llaganlar.

Download 0,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish