21
Tavsiya etiladigan adabiyotlar
Каримов И. А. Тарихий хотирасиз келажак йук. T.1998 yil.
Ладынин И. А. и др. История древнего мира: Восток, Греция, Рим. «Слово», «ЭксмоЭ-М.
2004.
Ôëåò÷åð Í.Ä. Êóëòóðà è èñêóññòâà äâóðå÷ÿ è ñîñåäíèõ ñòðàí. Ì.Ë.1958ã.
Êëî÷êîâ Ñ. Äóõîâíàÿ êóëòóðà Âàâèëîíà. ×åëîâåê, ñóäáà âðåìÿ Ì.1983ã
Ìåëëàðò Ж. Äðåâíåéøèå ñèâèëèçàñèè Áëèæíåãî Âîñòîêà.Ì.1982
3-mavzu. Qadimgi Misr
Reja
1. Qadimgi Misrda sinfiy jamiyat va davlatni paydo bo’lishi
2. Qadimgi podsholik (er. avv. XXIX asrning oxiri-er. avv. XVII asr). O’rta
podsholik (2020-yil-er. avv. XVII asr boshlari)
3. Yangi podsholik davrida buyuk Misr davlati (er. avv. XVI-XII asrlar)
4. So’nggi podsholik davrida Misr
5. Misr madaniyatining o’ziga xos xususiyatlari
1. Qadimgi Misrda sinfiy jamiyat va davlatni paydo bo’lishi
Qadimgi Misr deb Nil daryosining birinchi ostonasidan boshlab keng Nil deltasini hosil
qilgan tor Nil vodiysiga (kengligi 1 kmdan 20 km.gacha) aytiladi. Tor Nil
vodiysi Yuqori Misr,
deltaning quyi qismidagi viloyat Quyi Misr deb atalgan. («Yegipet» nomi yunoncha, Misr poytaxti
Memfis misrcha «Xetkau-Ptax» yoki xikupta «xudo Ptaxning ruhi kal'asi» ma'nosini bildiradigan
so`zdan kelib chiqqan.) Misrliklar o`z mamlakatlarini Nil vodiysining haydalgan qora tuproqli
yeriga qarab Kemet-«qora yer» deb ataganlar.
Misr Afrika qit'asining shimoliy-sharqiy qismida joylashgan, Suvaysh bo`yni orqali Misr
Old Osiyoning madaniy markazlari bilan bog'langan. Misr Nil daryosi orqali Tropik Afrika va
O`rtayer dengiziga tutashgan.
Gerodot “Misr-Nilning sovg`asi”-deb ta'riflaydi. Chunki Nil daryosi
Misr iqtisodiy hayotida
yetakchi o`rin tutgan. Nilda har yili 19 iyunda toshqin ko`tarilgan. Bu toshqin sentabr
o`rtalarigacha davom etgan. Noyabrda daryo o`z o`zaniga tushgan. Ekilgan yer aprel-mayda hosil
keltirgan. Nil daryosi Misr iqtisodiyotining asosi dehqonchilikda muhim o`rin tutgan. Mo`l-ko`l
hosil sun'iy sug'orish asosida olingan.
Misrliklar dehqonchilik ishlariga ko`ra yilni 3-mavsumga bo`lganlar: “to`la suv mavsumi”-
Nil toshqini (iyul o`rtalari), «ekin, unish mavsumi» ekishdan hosil yig'ishgacha bo`lgan qishloq
xo`jalik ishlarini to`liq sikli (noyabr va may o`rtalari), «quruq mavsum»-yerni dam olish vaqti va
shafqatsiz jazirama (may o`rtalaridan iyul o`rtalarigacha) davri. Suv omborlari qurilib, Nil vodiysi
to`g'on, kanallar bilan to`g'ri burchakli havza (basseyn)larga bo`lingan.
Ekinlar: arpa, bug'doy, kunjut, kanop, emmer (polba) xurmo, kokos palmalari, akatsiya
(qurilish materiallari uchun), uzum va mevali daraxtlar o`sgan. Asosiy ovqat
hisoblangan baliq
ko`p bo`lgan. Chorva mollari: qo’y, echki, sigir, eshak, cho`chqa boqilgan.
Qazilma boyliklar: granit, bazalt, diorit, alebastr, shifer, ohak. Memfis yonida yirik tosh
konlari, o`rta Misrda Fiva yaqinida alebastr konlari va Sinay yarim orolida boy mis konlari bo`lgan.
Oltin Shimoliy Nubiya va Arabiston yarim orolidan olib kelingan.
Aholi: Qadimgi Misrliklar o`rta bo`yli, to`ladan kelgan, soqoli qirilgan, sochlari qisqa
qirqilgan.Ozgina turtib chiqqan daxan. Qalin lablar, uzunchoq bosh, «negroid» va «Osiyo»
belgilari qo`shilgan.
Kiyimlar qisqa, old yubka, lungidan iborat bo`lgan.
Ovqat: arpa non, emmer bo’tqasi, quruq baliq, piyoz, sarimsoq va bodring. Qadimda
misrliklar dunyo tarixida birinchi bo`lib pivoni kashf qilganlar va arpadan tayyorlangan pivo
asosiy ichimlik bo`lgan. Go`sht kam iste'mol qilingan. Nil vodiysida qadimgi aholi Saxara, Liviya
sahrosi va Efiopiyadan er.avv.VI ming yillik oxirida kelib joylashgan.
Bu etnik guruhlarning
qo`shilishidan qadimgi Misr xalqi kelib chiqqan.
22
Qadimgi Misr tarixini o`rganish uchun qadimgi Misrning zamonamizgacha saqlanib kelgan
ko`pgina yozma yodgorliklari katta ahamiyatga egadir. Yozma manbalardagi ma'lumotlar moddiy
madaniyat yodgorliklarini ko`p jihatdan to`ldiradi, bu ma'lumotlar qadimgi zamondagi misrliklar
hayotini, texnika, san'at va diniy e'tiqodning rivojlanishini oydinlashtirib beradi. Antik dunyo
mualliflarining qadimgi Misr haqida yozgan yoki eslab o`tgan asarlaridan Misr tarixiga oid ko`p
ma'lumot olish mumkin. Garchi yunon va rim yozuvchilari qadimgi Misr tarixi va madaniyati
haqida ba'zan bir qator qimmatli ma'lumotlar qoldirgan bo`lsalar ham, lekin ularning ma'lumotlari
tanqidiy ravishda jiddiy qarashni talab qiladi.
Qadimgi Misr tarixi ko`p xil manbalar orqali o`rganiladi. Bu manbalarni yetti turga bo`lish
mumkin:
1)
Yozma manbalar, tarixiy asarlar, badiiy adabiy, ilmiy,
diniy matnlar, hujjat va yo`riqnomalar.
2)
Moddiy madaniyat yodgorliklari: shahar, qal'a, ibodatxona, sog'ona, uylar, sopol idishlar,
haykallar va h. k.
3)
Xalq og'zaki ijodiyoti: qo`shiq, ertak, maqollar, afsona, axloqiy-etik asarlar.
4)
Tilshunoslik ma'lumotlari.
5)
Etnografiya ma'lumotlari
6)
Antropologiya ma'lumotlari: mumiyo, skelet, freska, relyeflarda odamlarni jismoniy
tuzilishini o`rganish mumkin bo`lgan tasvirlar.
7)
Geografik muhit va landshaft, kanallar, yo`llar.
Yozma manbalar: Mashhur fransuz olimi Shampol`onning Misr iyerogliflarini o`qishi
qadimgi Misr yozuvini o`rganishda muhim ahamiyat kasb etdi. Palermo toshi yozuvlarida V
sulolagacha bo`lgan fir'avnlarining ro`yxati sanab o`tilgan va yirik harbiy yurishlar va Nil
toshqinlari to`g'risida ma'lumot beradi. Aton va Ra ibodatxonalari (Fivadagi Karnak ibodatxonasi)
devorlarida yozilgan «Tutmos III annallari» (XVII sulola) qimmatli
yozma manbalardan biri
hisoblanadi.
Kohin Manefonning (taxminan er. avv. VI-III asrda) yozilgan asarida misr tarixi eng
qadimgi davrdan boshlab bayon qilingan. Manefon 30 sulola ro`yxatini tuzib, ularni uch dekada 10
sulolaga bo`ldi. Bu yangi davrda tadqiqotchilarning Misr tarixini eng muhim davrlarini aniqlashlari
uchun jumladan, qadimgi Misr tarixini, qadimgi, o`rta, yangi va so`nggi podsholik davrlariga
bo`lish imkoniyatini berdi. Misr arxivlari huquqiy, ish yuritish hujjatlaridan tashkil topgan. Eng
qadimgi arxiv podsho Neferikara ibodatxonasida (V sulolasi er. avv. XXV-XXIV asr) topilgan. Eng
boy arxivlardan biri Axetaton shahri (El-Amarna)ni qazishda topilgan bo`lib, bu arxivda 350
hujjat
mavjud.
Qadimgi Misrdan boy abadiy meros yetib kelgan. Misr adabiyoti namunalaridan
nasihatnoma va bashoratlar: «Axtoy nasihatnomasi», «Amenemope nasihatnomasi», «Ipuser
so`zlari». Badiiy adabiyot namunalari: «Suzamol dehqon to`g'risidagi qissa», «Sinuxet hikoyalari»
va hokazolarni aytish mumkin.
Ertaklar: «Ikki aka-uka to`g'risida», «To`g'ri va egri» haqida «Kemada halokatga
uchraganlar» ertagi, «Unu Amonning Biblga sayohati» (Er.avv.XI asr kabilar).
Diniy ruhdagi asarlar: V-VIII sulola fir'avnlari piramidalari ichki devorlarida iyerogliflar
bilan tasvirlangan yodgorliklar bo`lib (er.avv.XXIV-XXII asrlar), ular «Piramida matnlari» deb
ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: