O’zbkiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi


Mesopotamiyada davlat va jamiyatning paydo bo’lishi



Download 0,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/60
Sana29.03.2022
Hajmi0,61 Mb.
#515389
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60
Bog'liq
jahon tarixi

 2.Mesopotamiyada davlat va jamiyatning paydo bo’lishi.
Shumer shahar davlatlari, Shumer-akkad davlatlari
Mesopotamiya (yunoncha-“ikki daryo oralig’i”, Dajla va Frot oralig’idagi o’lka) Fors
qo’ltig’idan Arabiston cho’li, Suriya, Arman Tavri va Zagros bilan cheklangan. Hudud Quyi va
Yuqori Mesopotamiyaga bo’linadi. Quyi Mesopotamiya Old Osiyoning eng unumdor qismi, lekin
u mineral xom-ashyo va yog’ochga kambag’al. Keng miqyosdagi suniy sug’orish ishlarini amalga
oshirilishi tuproqni sho’rlanishi va hosilni pasayishiga olib keldi.
Er. avv. XI-VIII ming yilliklarda mezolit davrida Dajla va Frot daryolarining vodiylariga
qo’shni tog`li rayonlarida temirchilik, hayvonlarni, o’simliklarni ilk madaniylashtirish jarayoni
boradi: ilk paxsa binolar paydo bo’ladi. Bu davrda Zavi-Chemi-Shanidar, Mifat dehqonchilik
manzilgohlari mavjud bo’lgan.
Neolit davrida taraqqiyot sur'ati kuchayadi. Zagros vodiysida Jarmo madaniyati
manzilgohlari paydo bo’ladi. Er. avv VII ming yillik oxiri VI ming yillik boshlarida Tel-Satto
o’troq manzilgohlari shakllanadi.


12
Er. avv VI ming yillik o’rtalarida Shimoliy Mesopotamiyada Xassun madaniyati
rivojlanadi. Er. avv. IV ming yillik oxiri-III ming yillik boshlarida Jamdat-Nasr madaniyati
davrida mis va qalay mehnat qurollari ishlatila boshlaydi.
Er. avv III ming yillikda Mesopotamiya janubida shumerlar, Dajla va Frot daryolarining
o’rta oqimida akkadlar, shimolda-xurritlar taraqqiyotda ildam qadam tashlaydilar. Yirik shahar
markazlari Ashshur, Mari, Nineviya va boshqalar paydo bo’ldi. Er. avv III ming yillikning birinchi
yarmida Mesopotamiya janubida qator shahar-davlatlar Eredu, Ur, Larsa, Uruk va Kish kabilar
paydo bo’ladi. Hunarmandchilik yuqori darajada rivojlandi. Metallurgiya sanoati birinchi o’ringa
chiqib oladi. Metall quyish, kovsharlash, payvandlash usullari o’zlashtiriladi. Savdo
hunarmandchilikdan ajralib chiqadi. Jamoada maxsus savdogarlar tamkarlar faqat tovar
ayirboshlash bilan shug`ullana boshlaydilar. Yerni sotish va sotib olish boshlandi. Qulchilik
munosabatlari rivojlanadi. Urushlar qulchilik manba bo’lgan. Qullar «begona mamlakat erkagi
(ayoli)» degan ideogrammalar mavjud.
Qullar xo’jalikning turli sohalarida ishlatilgan. Ibodatxonalarda qul mehnatidan
foydalanilgan, o’rtacha qullar soni podsho, ibodatxona xo`jaligida 100-200 tani tashkil qilgan.
Xususiy xo’jalikda 1-3 ta, podsho xo’jaligida bir necha o’n qul bo’lgan. Taxminlarga ko’ra,
Lagash davlatida 80-100 ming erkin kishiga 30 ming, qul Shuruppakda 30-40 ming erkin kishiga
2-3 ming qul to’g`ri kelgan.
Qullar 15 sikldan 23 sikl kumushga sotilgan.(1 sikl-8 gramm). Shumer jamiyatida qullardan
tashqari o’z yeri bo’lmagan yoki yeridan ajralgan, boshqa jamoalardan kelganlar, kambag`al
oilaning kichik a'zosi ibodatxonaga bag`ishlangan qaram kishilar ko’p bo’lgan. Bu qaram kishilar
ibodatxona va xususiy xo’jaliklarda qullar qatorida mehnat qilganlar. Ilk sulola davrida Shumer
jamiyatining hukmron qatlamini quldorlar tashkil qilgan. Bu qatlamga urug` zodagonlari, oliy
kohinlar, ma'muriyat vakillari bo’lgan amaldorlar kirgan. Mayda ishlab chiqaruvchilar qatlamini
kichik yer uchastkasiga ega bo’lgan hududiy va katta oilalarga birlashgan oddiy jamoachilar tashkil
qilgan. Shumer jamiyatida yer egaligi ikki qismdan jamoa va ibodatxona yerlaridan iborat bo’lgan.
Ilk sulola davrida er. avv. XXVIII-XXVII asrlarda shahar-davlat tepasida «En» (janob)-oliy kohin
turgan, ehtimol u saylab qo`yilgan. «En»ning vazifasi kohinlik, ibodatxona ma'muriyatini
boshqarish, ibodatxona, shahar qurilishi-sug`orish inshootlarini barpo qilish, boshqa jamoa mulki
hamda uning iqtisodiyotini boshqarish bo’lgan. Er. avv. III ming yillik o’rtalarida “En” unvoni
o’rniga “Ensi” (“kohin-quruvchi” shahar boshqaruvchisi) va “Lugal”-(“katta odam”, “podsho”,
akkadcha “sharru”) paydo bo’ladi.
«Ensi» vazifasi sug`orish inshootlari va ibodatxonalar qurishga rahbarlik qilish bo’lgan, shu
sababli u ko’pincha boshida qandaydir qurilish materiallari bilan to’ldirilgan savat ko`targan tarzda
tasvirlangan;jamoani, ibodatxonani boshqarish, soliqlar to’plash, ba'zida ibodatxona harbiy qismini
boshqargan. «Ensi» vazifasi saylanadigan bo’lib shu sababli uning hukmronligi «navbat» deb
atalgan.
«Lugal» funksiyasi «Ensi»dan obro`liroq va mavqei kattaroq bo’lib, yirik shahar ba'zida
shaharlar birlashmasi hukmdoriga nisbatan aytilgan. Ilk sulola davrida oqsoqollar kengashi va
yig`ini hokimni saylagan yoki mansabidan tushirgan, uning faoliyati ustidan nazorat qilgan, jamoa
a'zoligiga qabul qilgan, hukmdor oldida maslahat organi bo’lgan.
Mulkiy tabaqalanishni kuchayishi natijasida xalq yig`inning roli tusha boradi.
Hukmdorning iqtisodiy-siyosiy mavqei o’sib boradi. Uning tayanchi qo’shin bo’ladi. Bu yaxshi
qurollantirilgan 5-6 ming kishini tashkil qilgan.
Ilk Shumer shahar davlatlari hududi kichik bo’lib, odatda u kichik shahar, atrofdagi qishloq
xo’jalik okrugidan iborat bo’lgan. Eng qadimgi Shumer shahri Eredu hisoblangan. U bilan birga
qadimgi hujjatlarda shimoldagi Sippar, janubdagi Shuruppak tilga olinadi.
Er. avv. III ming yillik boshlaridan shumerlar jezni o’zlashtira boshladilar. Shu davrdan
arxeologlar ilk sulola davrini (er. avv. 3000-2300-yillar atrofi) belgilaydilar. Shumer an’anasi esa
mamlakat tarixini qaysidir “to’fon”gacha va “ to’fondan” keyingi davrga bo’ladi. Haqiqatdan ham
er. avv. 2900-yillar atrofida Quyi Mesopotamiyani qazishmalariga ko’ra “to’fon” bo’lgan.


13
Shumer tarixi u yoki bu markazning siyosiy yetakchiligiga qarab er. avv. III ming yillikning
birinchi yarmida ilk sulola davrini tashkil qilgan uch bosqichga bo’lish qabul qilingan.
Bu davrda Kish shahri yuksalib I Kish sulolasi hukmronlik qiladi. Uning hokimlari orasida
shumer afsonalari qahramonlaridan biri Etana ko’zga tashlanadi. Kishining qudrati juda uzoq vaqt
xotirada qolib keyinchalik ko’p hokimlar «Kish lugali» unvonga ega bo’lishga harakat qilganlar,
bu unvonning egasi lugal-“yetakchi” bo’lgan. Kishning hokimlaridan biri Etana (er. avv. XXVIII
asr) to`g`risida epik rivoyat shakllanib, rivoyatda u ilohiy burgutda o`zi uchun “tug`ilish
maysasi”ga ega bo`lish va voris merosxo`r olish uchun osmonga xudolar oldiga ko`tariladi hikoya
qilinadi.
Kishning zaiflashuvi Urukning yuksalishi bilan boshlangan. Er. avv. 2600-yillar atrofida
Kish shahrining podshosi Aggi, Uruk shahrining podshosi Gilgamesh (mashhur doston qahramoni)
tomonidan taxtdan tushiriladi. Gilgamesh butun Shumerni birlashtiradi. Rivoyatlarga ko’ra u
xudoning o’g’li bo’lib, o’limidan keyin xudo deb ulug’langan.
Ilk sulola davrining uchinchi bosqichida er. avv. 2550-yillar atrofida Urukni yetakchiligi
o`rniga o`zining shaxta sog`onalari bilan ma`lum bo`lgan Ur sulolasi keladi. Ur shahri janubiy
Mesopotamiyada yetakchilik qila boshlaydi. Ur shahrida podsho hokimiyati kuchayadi, hukmdorlar
uchun hashamatli sog`onalar qurila boshlaydi. Vaqt o’tishi bilan ziddiyatlar kuchayib, Ur zaiflashib
qo’shni Lagash shahri kuchayib ketadi. Lagash deyarli barcha Shumer shaharlarini bo`ysundiradi,
Elam ustidan g`alaba qiladi. Er. avv. XXIV asrda Lagashda ensi hokimiyati kuchayadi va u
Lagash bosh xudosi Ningirsunning bosh kohini bo’ladi. Uning hokimiyati urug’chilik
munosabatlarini yemirilishi, savdo-hunarmandchilikni rivojlanishi natijasida shahar aholisini turli
tabaqalari tomonidan qo’llab-quvvatlanadi.
Ibodatxona xo’jaliklariga ham soliq solinadi, hunarmand, jamoachilardan turli
majburiyatlarni o’tash talab qilinadi. Daromad solig’i ko’payadi. Lagashda ijtimoiy ziddiyat
kuchayadi. Yangi «ensi» Urukagina ijtimoiy ziddiyatlarni bo`shashtirish uchun islohot o’tkazadi.
Oliy kohinlar soliqlardan ozod qilinadi, ibodatxonalarning qaram kishilarga natural mahsulot
to`lovi miqdori oshirilib, ularning huquqlari kafolatlanadi. Aholidan olinadigan soliq-to’lovlar bir
qadar kamaytiriladi. Urukagina «Lugal» unvonini qabul qiladi. Ammo ichki ziddiyatlar Lagashni
zaiflashtiradi. Lagashning ichki qiyinchiliklaridan foydalangan Umma shahri podshosi
Lugalzagissi er. avv. XXIV asr oxirida Lagashni bosib olib, butun Shumerda chorak asr
yetakchilik mavqeiga ega bo’ladi. Umma shahar-davlati hududi O`rtayer dengizidan Fors
qo`ltig`igacha (shumercha “Yuqori dengizdan to quyi dengizgacha”) cho`zilib ketgan.
Kishning fitna qurboni bo’lgan podshosi Lugalzagissining kichik saroy amaldori, kelib
chiqishi oddiy odamlardan bo`lgan akkadlik (rivoyatlarga ko`ra tashlandiq bo`lgan va keyinchalik
Kish saroyida tarbiyalangan) Kishning bir qism aholisi bilan ko`rimsiz Akkad shaharchasiga
yashirinadi. O`zini Sharrum-ken (“haqiqiy podsho” zamonaviy aytilishi Sargon) Sargon, (er. avv
2316-2361-yillar) deb e`lon qiladi. Sargon ommaviy yengil qurollangan qo`shin tuzdi. Shumer
shimolidagi Akkad davlatiga asos soldi. U kuchli qo`shin bilan 34 jangdan keyin butun Shumerni
istilo qildi. Sargon o’zining 55- yillik podsholigi davrida (er. avv. 2316-2261 yillar) butun
Mesopotamiyani Akkad davlati qo’l ostiga birlashtiradi. Bundan tashqari u Kichik Osiyo, Kipr,
Suriya, Elam va hatto uzoq Janubiy Erongacha harbiy yurishlar qiladi. Sargon davlati hududiga
ahmoniylarga bo’lgan bir yarim yil davomida hech kim teng kela olmadi.
Sargon davlati oldingi Mesopotamiya davlatlaridan farq qilgan holda markazlashgan davlat
edi. Sargon va uning vorislari davrida mamlakatda iqtisodiyot, pul-tovar munosabatlari, sun'iy
sug`orishga asoslangan dehqonchilik yuksaladi. Podshoning mustabid hokimiyati urug`
zodagonlarining, oqsoqollar kengashining kuchli qarshiligiga uchraydi. Podsho ularning
qarshiligini sindirish, o’z hokimiyatini mustahkamlash uchun xizmatdagi zodagonlar, amaldorlar
qisman kohinlarga tayanib ish ko’radi. Ba'zi shaharlarning merosiy «Ji»lari (hokimilari) o’rniga
podsho o’z kishilarni tayinlaydi. Sargon muntazam qo’shinni tashkil qilib, harbiylarga xizmat
uchun yer ajratib beradi. Natijada podsho («Sharrum») ning qudratli hokimiyati vujudga keladi.
Sargon va uning merosxo’rlari Rimush, Naramsuen (er. avv. 2236-2200-yillar) podshoning
mustabid hokimiyatini mustahkamlash uchun isyonchi shaharlar, «ensi»lar, urug` zodagonlariga


14
qarshi muntazam kurash olib borishga majbur bo’lganlar. Podsho hokimiyatini mustahkamlash
uchun merosiy «ensi»larni, o’z o’g`illari bilan almashtirganlar, merosiy hokimlar oddiy amaldorlar
darajasiga tushirilgan. Podsho ichki siyosatda kohinlarga suyanadi. Kohinlarga ko’plab imtiyozlar
berilgan. Podsho va uning o’g`illari ibodatxona kohinlari lavozimini bajarganlar. Kohinlar
Naramsuenni «akkad xudosi» deb tan oladilar.
Naramsuen faol tashqi siyosat olib boradi. Subartu, Elam, Fors qo’ltig`igacha, Zagros
tog’larida lulubeylarga nisbatan g’olibona yurishlari va tashqi siyosatdagi yutuqlari uchun
«dunyoning to’rt iqlimi podshosi» unvoniga ega bo’ladi.
Akkad podsholigining qudratiga Mesopotamiyaga Zagros tog’laridan bostirib kirgan tog`li
qabilalardan bo’lgan qutiylar chek qo’yganlar. Boshida Naramsuen ularni og’ir janglarda yengib
haydab chiqardi va o’zi urushda halok bo’ldi, ammo ular yana bostirib kirdilar. Mamlakat qutiylar
tomonidan talon-taroj qilindi, Shumerning mahalliy hokimlari ularga xiroj to’ladilar. Lagash
hokimlari qutiylar yordamiga tayanib boshqa shaharlar ustidan ma’lum darajada hukmronlik
qildilar. Janubiy Mesopotamiyada Lagashning zo’ravonligi boshqa shahar-davlatlarning qahr-
g’azabiga uchradi va qutiylardan ozod bo’lish vaqtida qo’shni shahar-davlatlar tomonidan Lagash
shahri shafqatsiz buzib tashlanadi. Qutiylar davridagi Lagash hokimlaridan biri Gudea (er. avv.
2137-2117-yillar) o’zining yozuvlari va haykallari bilan ma’lum. Uning davrida Ningirsu xudosi
ibodatxonasi atrofida yagona ibodatxona xo’jaligi tashkil etilgan edi. Gudea bu xudo uchun
olinadigan maxsus soliq joriy qiladi va qurilish majburiyatini kiritadi. Gudea Hind daryosi havzasi
viloyatlari bilan savdo qiladi va Elam bilan urush olib boradi.
Qutiylar Mesopotamiyada yuz yilga yaqin hukmronlik qilganlar. Er. avv. 2109-yil qutiylar
Ur podshosi Utuxengal tomonidan tor-mor qilinadi va III Ur sulolasi hukmronligi boshlanadi.
Utuxengalning safdoshi Ur-Nammu (er. avv. 2106-2094-yillar) va uning o’g’li Shulgi (er. avv.
2093-2046-yillar) o’z davlatlarini misli ko’rilmagan darajada mustahkamladilar va ijtimoiy-
iqtisodiy o’zgarishlarni amalga oshirdilar.
Buzilgan sun'iy sug`orish tizimi to’liq qayta tiklanib, yangi-yangi kanal, to’g`onlar
ko’riladi. Katta hajmdagi chorvachilik, dehqonchilik xo’jaliklari tashkil qilinadi, hunarmandchilik
bilan shug`ullanadigan podsho ustaxonalari ishi yo`lga qo’yiladi, tashqi savdo kengaytiriladi.
O`lchov birliklari tartibga solinadi. Ibodatxona zikkuratlari, podsho sog`onalari quriladi. III sulola
davrida asosiy yer zahirasi podsho qo’lida to’plandi. Jamoa yerlari xususiy qo’llarda o’ta
boshlaydi. Podsho jamoachilarni xonavayron bo’lishi jarayonini sekinlashtirish uchun jamoa
yerlari oldi-sottisini ta'qiqlaydi. Ammo yersizlanish kuchayib ketadi. Kambag`allarning o’z
bolalarini qul qilib sotishi, qarz uchun vaqtincha qul bo’lish odatdagi hol bo’lib qoladi. Qullar
ko’payib ketadi, qul 9-10 sikl turgan. Shumer-akkad podsholigining davlat boshqaruvi III sulola
davrida qadimgi sharq podsho hokimiyatining tugallangan shakli edi. Podsholar cheklanmagan
hokimiyatga ega bo’lib «Ur podshosi, Shumer podshosi va Akkad podshosi» unvonlariga ba'zida
«dunyoning to’rt iqlimi podshosi» unvonlariga ega bo’lganlar.

Download 0,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish