O’zbkiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi


Qadimgi Rim tarixi manbalari



Download 0,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/60
Sana29.03.2022
Hajmi0,61 Mb.
#515389
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   60
Bog'liq
jahon tarixi

2. Qadimgi Rim tarixi manbalari
Qadimgi Rim tarixini an’anaviy xronologik chegarasi Rim shahrini barpo qilinishi 754 –
753 yillardan boshlanib, G’arbiy Rim imperiyasining qulashi 476 yil bilan tugallanadi. Rim tarixini
o’rganishda turli xil manbalar: Rim va Yunon tarixchilarining asarlari, tabiiy, ilmiy va badiiy
adabiyot, huquqiy yodgorliklar, arxeologiya, epigrafika, numizmatika va papirologiya
ma’lumotlaridan foydalaniladi.
Qadimgi Rim tarixi bo’yicha moddiy manbalar xilma-xil bo’lib, Italiyaning paleolit va
neolit davridan dalolat beradigan tosh qurollar, sopol idishlar, qoyatosh tasvirlari mavjud. Shimoliy
va o’rta Italiyada etrusk madaniyatiga tegishli bo’lgan sog’onalar, uy-joy ibodatxona qoldiqlari
topilgan. Rim shahrining o’zida palatin, eskvilin va boshqa tepaliklarda hamda forumda ko’p sonli
qabrlar, ibodatxona poydevorlari, ona bo’rining jez haykali, Serviy tulliy davridagi shahar devori
qoldiqlari qazib ochilgan. Italiyaning boshqa shaharlarida ko’p sonli arxeologik yodgorliklar
mavjud. Jumladan eramizning 79-yilida vulqon otilishi natijasida kul ostiga qolib ketgan Pompeya
va Gerkulanum shaharlari arxeologlar tomonidan to’la qazib ochilgan. Bu shaharlardagi ko’chalar,
uylar, ibodatxonalar to’laligicha saqlanib qolgan va eramizdan avvalgi birinchi ming yillikdan
eramizning II asrigacha mavjud bo’lgan shahar me’morchiligi to’g’risida boy ma’lumotlar beradi.
Moddiy madaniyat yodgorliklarida ba’zida yozuvlar ko’p bo’lgan. Qazib ochilgan
inshootlardan etrusk, latin, yunon yozuvlari topilgan. Bu yozuvlar bino devorlari, sopol idishlarda
va toshlarga bitilgan. Rim tarixi bo’yicha eng qimmatli manbalardan biri bu yozma adabiyotdir.
Er. avv. III asrdan boshlanib Rim xalqaro siyosatda yetakchi rol o’ynashi bilan uning tarixi
to’g’risida boy ma’lumotlar to’plana boshlandi.
Er. avv. II asrda Polibiy kabi yunon yozuvchilarining asarlari Rim tarixini o’rganishda katta
ahamiyatga ega bo’ldi. Rimdagi fuqarolar urushi davri Gay Sallyustiy Krispning tarixiy
monografiyalarida aks etdi. Rim respublikasini so’ngi davridagi yirik siyosiy arboblar Tsitseron va
Tsezarning asarlari, ilk imperiya davrida Tit Liviyning Rim tarixi, eramizning I asrida Velley
Patirkulning ham shu nomdagi asarlari yaratildi. Liviy tarixida Rimning ichki va tashqi siyosati,
diniy hayoti to’g’risida boy ma’lumotlar berilgan. Velley Patirkulning ikki jildli asarida Rim butun
dunyo tarixi markazi sifatida tasvirlangan.
Er. avv. I asr so’ngida Rimda yashagan yunon galikarnaslik Dionisiyning “Rim
qadimiyatlari ” nomli 20 kitobida Rimning ilk etnik, ijtimoiy-siyosiy, madaniy tarixi batafsil
tasvirlanadi. Bu kitoblardan 9 tasi to’la saqlanib qolgan bo’lib, er. avv. 442-yilgacha bo’lgan
voqealar bayon qilinadi.
Rim tarixshunosligining eng yirik vakili Tatsit (eramizning I asrining 2-yarmi, I asrning
boshlari) asarlarida eramizning I asridagi voqealar va Rim tarixiga oid german qabilalari to’g’risida
qimmatli ma’lumotlar berilgan.
II-III asrlar tarixiga oid asarlar to’la saqlanmagan. Ularni ichida IV asrda tuzilgan
“Avgustlar tarixi yozuvchilari”, “imperatorlar tarjimai hollari” kabi to’plamlarni ko’rsatish
mumkin. So’nggi imperiyaning yirik tarixchisi Ammian Martsellin asarlarida tarixiy voqealar
eramizning 378 yiligacha bayon qilingan. Qadimgi Rim tarixi bo’yicha muhim ma’lumotlar yunon
mualliflari: Plutarx, Appian(II asr), Dion Kassiy (III asr) asarlarida mavjud.
Bundan tashqari tarixiy voqealarni borishini tiklash uchun Askoniy Pidian (eramizning I
asri), Lutsiy Anney Flor (II asr) Evtropiy (IV asr) kabi imperiya davri yozuvchilarining yirik
asarlari, har xil kompendiyalar, yozuvchilarning yirik asarlari, xronografiyalar va obzorlarni
ko’rsatish mumkin.


96
Rim shahrining arxeologik yodgorliklari alohida ahamiyatga ega. Bu yerdan topilgan qabrlar,
uy – joylar, jamoat binolari, mudofaa devorlari, Rim forumi, suv quvurlari muhim arxeologik
manba bo’lib xizmat qildi. Italiyalik arxeologlar hozirgi kungacha bu yodgorliklarni tarixiy-
madaniy jihatdan to’la tadqiq qilib, Rim tarixini qayta tiklashda ilmiy jihatdan qimmatli bo’lgan
100 ga yaqin tadqiqotlarni e’lon qildilar.
Rimning etrusklar davri, respublika imperiya davrlari, diniy hayoti bo’yicha qimmatli
ma’lumotlar qadimgi kohinlar kollegiya jadvallari, qabrtosh yozuvlari, nasroniy dini kitoblari,
nasroniy tarixchilarning asarlari orqali bilish olish mumkin.
Rim davlatiga oid davlat aktlari, senat qarorlari, va sud hujjatlari Rim kalendari kabi tarixiy
hujjatlar mavjud. Rim mifologiyasi, falsafa, adabiyot, komediya kabi yozma yodgorliklari bizgacha
juda katta miqyosda yetib kelgan. Shu bilan birga Rim imperiyasi qaramog’ida bo’lgan Italiyadan
tashqari Yevropaning boshqa hududlarida, Osiyo, Afrikada ko’p miqdorda memoriy inshootlar:
saroy-ibodatxona, mudofaa inshootlari qoldiqlari, ko’priklar, portlar saqlanib qolgan.

Download 0,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish