O’zbkiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi


-mavzu. Rim tarixiga kirish. Italiya va uning qadimgi aholisi



Download 0,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/60
Sana29.03.2022
Hajmi0,61 Mb.
#515389
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   60
Bog'liq
jahon tarixi

11-mavzu. Rim tarixiga kirish. Italiya va uning qadimgi aholisi
Reja
1. Apennin yarim oroli va uning aholisi
2. Qadimgi Rim tarixi manbalari
3. Rim tarixini davrlashtirish
4. Apennin yarim orolining qadimgi aholisi
1. Apennin yarim oroli va uning aholisi
Qadimgi Italiya (yunoncha “buzoqlar mamlakati”) deb dastlab o’zining sero’t yaylov-
o’tloqlari bilan ma’lum bo’lgan Apennin yarim oroli janubi aytilgan. Apennin yarim oroli
o’rtayerdengizi dunyosining eng markazida joylashgan bo’lib, qadimda qulay geografik va iqlim
shart-sharoitlariga ega edi. Italiyani sharqdan, janub va g’arbdan Ligur, Tirren, Ioniya va Adriatika
dengizlari o’rab, uni O’rtayerdengizining barcha mamlakatlari bilan bog’lagan edi. Er. avv. I ming
yillikda Italiyaning shimoliy hududlari mo’tadil iqlim zonasida bo’lib, Apennin yarim orolning
qolgan hududlari iqlimi iliq va yumshoq edi. Shimolda uning tabiiy chegaralari Alp tog’lari,
janubda Messin qo’ltig’I uni Sitsiliyadan ajratib turar edi. Italiyaning g’arbiy qirg’og’i qulay
buxtalarga boy bo’lkib, dengizchilik va savdoni rivojlanishiga turtki berdi.
Italiyaning ko’pgina qismini tog’lar egallaydi, faqatgina 20% hududi tekisliklardan iborat.
Etruriya, Kampaniya va Apuliyaning unumdor yerlari Latsiya tekisligi va Po vodiysi dehqonchilik
uchun qulay bo’lganligi uchun bu yerda tariq, bug’doy, polba ekilgan, bog’dorchilik zaytun
daraxtlari va uzumchilik bilan shug’ullanganlar. Qadimgi Italiya suv va o’rmonlarga boy edi.
Qadimda foydali qazilmalar ko’p emas edi: temir, mis, qo’rg’oshin, oltin, kumush, qurilish toshi,
marmar, loy, tuz.
Qadimgi Italiyani 3 qismga bo’lish qabul qilingan: Shimoliy (Liguriya, Alp orti galliyasi va
Venetsiya), o’rta (Etruriya, Latsiya. Kampaniya, Umbriya, Pitsen va Samniy) va janubiy (Apuliya,
Kalabriya, Lukaniya va Bruttiya).
Apennin tog’lari janubiy sharqqa cho’zilib borib Arelin tumanida Adriatik dengizigacha yetib
boradi, yarim orolning shimoliy qismi markaziy va janubiy qismidan ajratib turadi. Uning shimoliy
iqlimi o’rta Evropa iqlimiga yaqinroq. Yarim orolning bu qismi juda hosildor bo’lib keyinchalik
Italiya deb atala boshlandi. Dastlab bu nom yunonlar Italiya deb atagan aholi yashagan
Kalabriyaning janubiy tumanlariga nisbatan aytilgan. Er. avv. V asrda Po vodiysiga gallar ko’chib
kelib, u erdan etrusklarni siqib chiqardilar. Shu sababli bu o’lka Rimda “Tsizlal’p galliyasi” deb
nom oldi. U sispadan Galliyasi Poning o’ng qirg’og’i va tarnspadan Galliyasi (daryodan shimol
tomondagi viloyat) ni o’z ichiga oladi. Italiyani o’zi Apennin janubidan boshlanadi. Markaziy
Italiyani G’arbiy qismi madaniyat tarixida o’z er tuzilishiga ko’ra muxim rol’ o’ynadi. Bu erda
etrusk (hozirgi Florentsiya), latin markazi Rim, Kampaniya (Kapuya va Neapol bilan) kabi uch
tekislik etadi. Bu erdan kemachilik uchun qirg’oqlari qulay tabiiy portlari bo’lgan Tibr daryosi oqib
o’tadi.
Latin tekisligining markazida Tibr daryosi va shimoliy sharqdan sabin, sharqdan Alban,
janubdan Vol’sk tog’lari bilan o’rab turishi yarim orol tarixida latin xalqlarini yuksalishiga sabab
bo’ladi. Italiyani sharqiy qismi tog’lik bo’lib, janubga tomon mars, piligin, marrusen, vistenlar
vatani yovvoyi sabin tog’lari cho’zilib ketadi. Undan so’ng Samnit tepaliklari etadi.
Janubiy Italiyaning g’arbiy qismida samnitlarga qarindosh tog’li qabilalar joylashgan tog’lik
Lukaniya va Bruttiya yotadi. Sharqiy qismida suvsiz Apuliya va Kalabriya viloyatlari bo’lib bu erda
Tarent qo’ltig’i orqali Yunonistondan kolonistlar kelgan. Bu erda Tarent, Regey, Kroton, Metapont,
Posidoniya, Eleya kabi ko’p sonli yunon koloniyalari barpo etilib buyuk Yunoniston deb atalgan.
Qadimgi Rim tarixida Sitsiliya oroli madaniyati muhim o’rin tutadi. Orolni sharqiy va janubiy
hududlarini yunonlar egalladilar. Bu erga ilgariroq finikiyaliklar kelib Panorm (hozirgi Palermo) va


95
Lilibey (hozirgi Marsala) shaharlariga asos soldilar. Qadimdan Italiyada apelsin va limon daraxtlari
o’stirilgan. Italiyaga xurmo va anorni karfagenliklar olib keldilar. Yunonistonga qaraganda Italiyada
hosildor yerlar ko’proq. Ayniqsa Po vodiysi, Kampaniya, viloyati tsikurn va falern navli vinolari
bilan mashhur edi. Italiyada dehqonchilik uchun juda ko’p botqoq yerlar quritilib, sun’iy sug’orish
ishlari amalga oshirildi. Bu ishning moxir ustasi etrusklar edi. Mamlakatda metal juda kam bo’lgani
uchun u chetdan olib kelingan. Faqat Etruriyadan mis va qo’rg’oshin, El’ba orolida temir qazib
olingan. Metalga ishlov berishda etrusklar katta yutuqlarga erishdilar.

Download 0,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish