144
tilini yangi podsholik aholisi tushunmagan,
Misr tili
chetga chiqmagan. Eramizning III asridayoq
qadimgi Misr tili o’lik edi. Uning o’rniga yangi
kopt tili keldi. VII asrda kopt tilini arab tili siqib
chiqardi. Hozirgi kunda Misrda faqat 4,5
mln kishi
kopt tilidan foydalanadilar.
Misr yozuvi er.avv. IV ming yillik oxirida rasm-
yozuv, piktografiya asosida kelib chiqdi. Faqat o’rta
podshoik davriga kelib rivojlangan yozuvga aylandi.
Er.avv. II ming yillikda 700 iyeroglif keng
ishlatilgan. Yozuv uchun material sifatida tosh
(inshoot, sog`ona, haykallar) loy taxtachalar
(ostrakon), yog`och, charm va papirus xizmat qilgan.
Adabiyot
Misrliklar dunyoda eng qadimgi qiziqarli
g`oyalar, badiiy obrazlar bilan sug`orilgan boy
adabiyotlarni yaratdilar. Adabiyot uchun qulay omil
bo’lib xalq og`zaki ijodi xizmat qildi. Ilk abadiy
asarlar er.avv. IV ming yillikda paydo bo’ldi.
Ertaklar, didaktik nasihatnomalar,
zodagonlar
tarjimai hollari, diniy matnlar va poetik asarlar
qadimgi podsholik davridayoq paydo bo’ldi.
O’rta podsholik davrida janrlarning xilma-xilligi
ko’paydi. Yuqori darajada yozilgan prozaik asarlar
paydo bo’ldi (Sinuxet hikoyasi).
Yangi podsholik
davrida Misr adabiyoti g`oyaviy-badiiy tugallanish
davrini boshdan kechirdi.
145
Misr adabiyotida nasihatnoma va bashoratlar
didaktik janri to’laroq aks etgan. Nasihatnomalardan
eng qadimgisi «Ptaxotep nasihatnomasi»dir.
Keyingilari «Gerakleopol podshosi Axtoyning o’gli
Merikaraga nasihati», «Fir'anv Amenxemxet I ning
nasihatnomasi» kabi asarlarda
davlatni boshqarish
qoidalari bayon qilingan. «Axtoyning o’gli Dauafaga
nasihati»da mirzolikni boshqa kasblardan afzalligi
ko’rsatiladi.
Yangi podsholik davrida nasihatnomalardan «Ani
nasihati», «Amenemope nasihati»da turmush axloqi
va an'anaviy axloq qoidalari batafsil bayon qilinadi.
Ertaklar Misr adabiyotida alohida bir janr
sifatida shakllanadi. Ulardan eng
mashhurlari
«Fir'avn Xufu va sehrgarlar», «Kema halokatiga
uchraganlar to`g`risida», «Egri va to’g`ri to’g’risida»,
«Ikki aka-uka to’g`risida» va fir'avnlar Petubastis
to’g`risidagi bir necha ertaklardir.
Misr adabiyotining «Sinuxet hikoyasi» qissasi,
«Arfa chaluvchi qo`shig`i» poetik asari kabi
namunalari o`sha davr to’g`risida va yuksak adabiy
janr shakllanganligining dalilidir. Turli janrlar orasida
adabiyot alohida o’rin
tutadi
Ko’pgina afsonalar, qayta ishlangan diniy
madhiyalar Osiris mashaqqatlari, xudo Raning yer
osti podsholigiga sayohati hikoya qilingan sikllari
mashhur bo’lgan. «Ko`ngli qolgan kishining o’z ruhi
bilan suhbati» nomli falsafiy
dialog shaklida yezilgan
146
asar diqqatga sazovor. Dialogda dunyodagi
adolatsizlik, huquqsizlik va yovuzlikdan azob
chekkan kishi taqdiri hikoya qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: