O’zbkiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi



Download 1,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/244
Sana11.01.2023
Hajmi1,87 Mb.
#898754
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   244
Bog'liq
Qadimgi dunyo2

 
 
Yangi podsholik davrida buyuk Misr davlati (er.
avv. XVI-XII asrlar) 
 
 
XVIII, XIX sulolalar fir'avnlarining tashqi 
siyosati (er. avv. XVI-XIII asrlar) 
Yangi podsholik davrida Misr qo’shinlari qayta 
tashkil qilindi. Giksoslar ta'siri ostida qo’shin 
tarkibiga jang aravalari kiritildi. Misrda ot zavodlari 
tashkil qilinib, xo’jalikning yangi sohasi yilqichilik 


81 
paydo bo’ldi. Ot zavodlari davlat hokimiyati 
tomonidan taskil qilindi va ularni oliy mansabdor 
boshqargan. Piyodalar asosiy harbiy qo`shinning 
asosiy qismi bo`lib qoldi. Ammo uning qurol turlari 
yangilandi. Qilichning 2 turi: og`ir, to’gri va
yengilroq o’roqsimon qilichlar paydo bo’ldi.
Dushmanlardan yaxshiroq himoya uchun askarlar
plastinkali sovut kiya boshladilar. Qo’shin safini og`ir 
qurollangan kamonchi va nayzachilar to’ldira 
boshladi. Qo’shinning yangi turi harbiy dengiz floti 
paydo bo’ldi. Mudofaa inshootlari (fortifikasiya) 
qurish san'ati takomillashdi. Misrliklar bosib olingan 
hududlarida kuchli mustahkamlangan qal'alarni ko’ra 
boshladilar. Qo`shinni to’ldirish tartibi o’zgardi.
Askar olishning yangi qoidasiga ko’ra, har 10
balog`atga yetgan erkaklardan biri harbiy xizmatga 
chaqiriladigan bo’ldi. Ammo bu tartib qo’shinni 
to’liq to’ldirish imkoniyatini bermadi. Shu sababli,
XIX sulola davridan boshlab, yo`llanma chet el 
askarlari qo’shinning yarmini tashkil qila boshladi.
XVIII sulola kuchli qo’shinga tayanib,
bosqinchilik siyosatini olib bordi. Ayniqsa, Sharqiy 
O’rtayer dengizi qirg`og`iga nisbatan istilochilik 
hujumlari kuchayib ketdi. Bu hududda er. avv. XV 
asrda Misrga qarshi faqat birgina Mitanni davlati
jiddiy qarshilik ko’rsata olar edi. Mitanni XVI asr
oxiri XV asrning birinchi yarmida qudratli davlatga 
aylangan edi. U Misrning Suriya va Falastinga


82 
ekspansiyasini to’xtatish uchun Kadesh shahri 
boshchiligidagi Suriya va Falastinning kichik 
davlatchalari koalitsiyasini har tomonlama qo’llab-
quvvatladi. Natijada bu ittifoq Misr ekspansiyasini 
vaqtinchalik to’xtatdi. Misr janubda uchinchi Nil
ostonalaridagi hududlarni bosib oldi.
Yaxmos I giksoslarni Osiyodan haydab chiqarib 
Finikiyada Misrning ta’sirini qayta tikladi. Uning 
o’g’li Amenxotep I Osiyoda hech qanday urush olib 
bormadi, keyingi fir’avn Tutmos I (er. avv. XVI asr 
oxiri) davrida Misr Yaqin Sharqning eng katta 
davlatlaridan biriga aylandi. Nubiya (Kush)da katta 
yutuqlarga erishilib Kamos Misrning hududini 
Nilning ikkinchi ostonasigacha, Amenxotep I yana 
janubga tomon kengaytirdi. Amenxotep Iga uning 
kuyovi harbiy boshliq Tutmos voris bo’ldi. U er. avv. 
XVI asr oxirida Yuqori Mesopotamiyadagi Mitanni 
davlatiga qarshi urush boshladi. Bu davlat shimoliy 
Suriyani nazorat qilar edi. Misr Mitannidan shimoliy 
Suriyani tortib olib, o’z nazorati ostiga oldi. 
Nubiyada misrliklar Nilning uchinchi ostonasidagi 
ilgari mustaqil bo’lgan Kush davlatining poytaxti 
Kermani egalladilar. 
Tutmos I ning vorisi uning kichik xotinidan 
bo’lgan o’g’li Tutmos II ( er. avv. 1503-1490-yillar 
atrofida) bo’lajak mashhur malika Xatshepsutga 
uylandi. Malika Xatshepsut Tutmos III ni davlat 
ishlaridan chetlashtirishga harakat qildi. Xatshepsut 


83 
o’zini eri bilan birga hukmdor deb e’lon qiladi, vaqt 
o’tishi bilan malika yodgorliklarda o’zini mustaqil 
fir’avn sifatida tasvirlay boshladi. Malika erkak 
fir’avn kabi o’z hokimiyatini to’laqonligini ta’kidlash 
uchun gavda tuzilishini erkaklarga o’xshatib, soqol 
qo’yilgan holda tasvirladi. Xatshepsut fir’avn-jangchi 
sifatiga da’vo qila olmas edi. Shu sababli u Puntga 
katta ekspeditsiya tashkil qildi.
Bu vaqtda uning eri er. avv. 1490-1438-yillarda 
hukmronlik qilgan Tutmos III istilochilik urushlari 
olib bordi. G`ayratli sarkarda Tutmos III Sharqiy 
O’rtayer dengizi qirg`og`ini Misr ta'siri ostiga o’tishi 
uchun uzoq harbiy tayyorgarlik ko’rdi. Er.avv. 
1482-yilda Tutmos III Falastinga ko’p sonli qo’shin
tortdi. Megiddo shahri yonida Suriya va
Falastinning Kadesh shahri boshchiligidagi
birlashgan qo’shinlari Tutmos III qo’shinlari bilan
uchrashdi. Qonli jang misrliklar g`alabasi bilan 
tugadi. Natijada Misr Suriya va Falastinning katta 
qismini egallab oldi. Mitanni o’z qo’shinlarini Frot 
ortidan chaqirib oldi va Misrga Suriya, Finikiya va 
Falastin hududlarini yon berishga majbur bo’ldi.
Tutmos III o’n besh marta harbiy yurish qilib, Frot 
daryosigacha bo’lgan hududlarni bosib oldi. Frot
daryosi yelkasidagi Karxemish shahri Misrning
shimoliy chegarasi bo’ldi. Janubda Misr Nilning 4-
ostonalarigacha bo’lgan yerlarni o’z tasarrufiga oldi.


84 
Misrning shimolidan janubigacha chegarasi 3200 
kmni tashkil qildi.
Istilochilik urushlari natijasida Misr XV asrda
Old Osiyodagi eng qudratli davlatga aylandi. Old 
Osiyoning Mitanni, Xett va Bobil kabi kuchli 
davlatlari Misrning kuch-qudrati bilan hisoblashishga 
majbur bo’ldilar. Ular Misr bilan do’stona
munosabat o’rnatishga harakat qildilar. Bu to’grisida 
o’sha davrdagi ko`pgina yozma manbalar ma'lumot 
beradi. 
Mitanniga qarshi yurishlarni Tutmos III ning 
o’g’li Amenxotep II (er. avv. 1438/1436-1412-yillar), 
Tutmos IV (er. avv. 1412-1402-yillar) davom 
ettirdilar. Tutmos III va Amenxotep II lar fir’avn-
jangchilar edilar. Ular shaxsan jangda ishtirok etib, bir 
harakat bilan tarang, og’ir kamonni torta oladigan 
o’sha vaqtda Suriyada mavjud bo’lgan fillarni ov 
qilgan jismonan kuchli shaxslar edilar.
Tutmos IV ning o’g’li Amenxotep III (er. avv. 
1402-1365-yillar) davrida Misr Sharqiy O’rtayer 
dengizi katta hududini nazorat qildi. Uzoq Alasiya 
(Kipr oroli) ham Misrga bo’ysundirildi. U yerdan mis 
olib kelingan. Kuchayib ketgan Misr Bobil podshosi 
Amenxotep II ning qizini qo’lini so’raganda, uni 
mensimay rad javobini beradi.
Misrning o’sha vaqtdagi xalqaro munosabatlari 
XVIII sulola oxiridagi Misr fir'avnlarining Tel-
Amarnada topilgan katta davlat arxividagi 


85 
hujjatlardan bizga yaxshi ma'lumdir. Bu arxivda 
Bobil, Osuriya, Mitanni, Xett davlatlari va Kipr 
podsholarining, yana Suriya va Falastindagi ko’p
hokimlarning Misr fir'avniga yuborgan diplomatik 
xatlari saqlanib qolgan. Shu xatlarga qaraganda Misr 
Old Osiyodagi bir qancha davlatlar bilan juda 
mustahkam savdo va diplomatik munosabatda 
bo’lgan. Ayrim davlatlar o’rtasida bo’ladigan 
muzokaralar maxsus elchilar yordami bilan olib 
borilgan. 
Xett istilosi xavfi aniq bo’lib qolgach, Mitanni va 
Misr podsholari bosh ko`tarib kelayotgan dushmanni 
birgalikda yengish maqsadida birlashganlar. Misr 
bilan Mitanni o’rtasida ittifoq o’rnatishga imkon 
tug`ilgan. Bu ittifoq bir necha sulolaviy nikohlar bilan 
mustahkamlangan. Mitanni podshosi Tushrattaning 
Misr fir'avni Amenxotep III ga yozgan xatlarida Misr
bilan Mitanni o’rtasida o`ta mustahkam munosabatlar 
o’rnatilishiga olib kelgan diplomatik muzokaralarning 
ayrim bosqichlari ravshan va jonli qilib tasvirlangan. 
Misr Amenxotep hukmronligi yillarida uzoq 
Suriyadagi o’z yerlarini xettlardan himoya qilish 
uchun yetarli harbiy kuchga ega bo’lmaganligidan 
Mitanni yordamiga tayanishga majbur bo’lgan. 
Amenxotep III (er.avv.1424-1388yillar) 
zamonida ahvol yanada yomonlashgan. Bu vaqtda 
Misr Suriyadagi mulklarini himoya qilish uchun 
yetarli harbiy kuchga ega bo`lmadi. Suriya shaharlari 


86 
zaiflashib qolgan Misrni zulmidan qutilish uchun 
ittifoq tuzdilar. Bu ittifoqni esa xettlar qisman 
qo’llab-quvvatlaganlar. Bu ittifoqning boshida turgan 
Suriya hokimi Aziru Suriyani Misr ta'sirining qolgan-
kutganlaridan ham ozod qilish uchun qattiq kurash 
olib borgan. Suriya va Finikiyaning Misrga sodiq 
bo’lgan ko’p shaharlari xettlar va Aziru 
qo’shinlarining hujumlaridan o’zlarini arang himoya 
qilib turganlar. Bu shaharlarning ba'zilari Misr 
fir'avnidan yordam so`raganlar. 
Mashhur Amenxotep IV Exnaton (er. avv. 1365-
1348-yillar) davrida Misrni tashqi siyosiy ahvoli 
yomonlashadi, Mitanni janubiy Suriyani katta qismini
bosib oladi. Osiyoda yana bir raqib xett davlati 
urushga tayyorlana boshladi. Exnatonning kuyovlari
Semnexkar (er. avv. 1348-1347-yillar), Tutanxaton 
(“otanining tirik qiyofasi” er. avv. 1347-1338-
yillar)lar davrida ahvol o’zgarmadi. Tutanxaton 10 
yoshidan fir’avn taxtiga o’tiradi. Uning vafotidan 
keyin Mitannidan tashqari yana bir raqib, xett davlati 
paydo bo`ldi.
Tutanxamon 20 yoshga yetmay er. avv. 1338-
yilda vafot qildi. Uning bevasi Anxesenpaamon taxtni 
o’z qo’lida saqlab qolish uchun xett podshosi 
Suppilulium I ni o’g’llaridan birini Sannansaga 
turmushga chiqishga rozi bo’ldi. Xett shahzodasi 
Misrga keldi, lekin misrlik zodagonlar uni o’ldirdilar. 
Anxesenpaamon Atonning oliy kohini Eyega


87 
turmushga chiqishga majbur bo’ldi. Eye (er. avv. 
1338-1334-yillar) XVIII sulolaning so’ngi fir’avni 
bo’ldi. Xett podshosi o’g’lini o’limi uchun qasos olish 
maqsadida misrga qarshi yurish qilib, misrliklarni 
Osiyodan to’la haydab chiqardi. Misr qo’shinlarining 
qo’mondoni Xoremxeb Eyeni taxtdan ag’darib (er. 
avv. 1334-1306-yillar) keyingi fir’avn bo’ldi. Uning 
vorisi XIX sulolaning birinchi fir’avni keksa oily 
mansabdor Ramzes I (er. avv. 1306-1304-yillar) 
taxtga chiqdi. Ramzes I ning o’g’li Seti I (er. avv.
1304-1209-yillar) xett podshosi Muvatalli bilan urush 
olib borib Falastin, Finikiya va janubiy-markaziy 
Suriyani bosib oldi. U Oront daryosi vodiysidagi 
Kadesh yaqinida xettlarni tor-mor qildi. Seti I Liviya 
va Nubiyda urush olib borib o’ta shafqatsizlik bilan 
harakat qildi: Karnak ibodatxonasida u asirlarni xudo 
Amonga bir necha marta qurbonlik keltirayotgan
holatda tasvirlangan. Seti I ning o’g’li Ramzes II (er. 
avv. 1290-1224-yillar) davrida Exnatondan Eyegacha 
bo’lgan fir’avnlarni sulolaviy ro’yhatlardan o’chirib 
tashlandi. Ramzes II ibodatxonalar boyliklarini o’z 
qo’liga olib, xettlar bilan uzoq davom etgan urush 
harakatlarini olib bordi. Er. avv. 1280- yoki 1270-
yillar atrofida xett podshosi Xattusili III tashabbusi 
bilan Misr bilan xett podsholigi o’rtasida tinchlik 
shartnomasi tuziladi. Misr qo’l ostida Falastin, 
Finikiyaning katta qismi va janubiy Suriyaning ozroq 
qismi qoldi; bu mamlakatlarning shimolidagi barcha 


88 
hududlar xettlarning mulki hisoblandi. Tinchlik 
shartnomasi bilan birga o’zaro yordam majburiyati 
bilan ittifoq
tuzildi. Ramzes II va Xattusilining 
qizlaridan biri bilan nikoh o’qitildi. Nil daryosining 
sharqiy qismida Ramzes II yangi poytaxt Per-Ramzes 
shahrini qurdi. 
Ramzes II taxminan 87 yil yashadi. Uzoq vaqt 
uning katta o’g’illaridan biri Memfis xudosi Ptaxning 
bosh kohini Xaemuas voris bo’ldi, lekin u otasini 
o’limigacha yashamadi. Natijada Ramzes II ni o’n 
uchinchi o’g’li Merneptax (er. avv. 1224-1214-yillar) 
taxtga chiqdi. Bu fir’avnning vafotidan keyin Misr 
davlat hokimiyatining zaiflashuv jarayoni boshlandi. 
Ramzes III (er. avv. 1190-1159-yillar) Yangi 
podsholik davrining so’ngi taniqli hukmdori edi.
Ramzes II hukmronligi uzoq davom etgan. Bu davrda 
Misr davlati va madaniyati gullab yashnagan: uning 
merosxo`rlari davrida ichki va tashqi siyosatda kuchli 
ziddiyatlar yuzaga kelgan. XIX sulolaning oxirgi to’rt 
vakili davrida markaziy hokimiyat nihoyatda 
zaiflashgan. Er.avv.XIII-XI asrlarda Misrda zaif 
aholining noroziligi kuchayadi. «Dengiz xalqlari» 
sharqiy chegaraga, Liviyaliklilar harbiy chegaralariga 
bostirib kirganlar. Ibodatxonalar davlatdan mustaqil 
bo’lib o’ta boyib ketdilar. (uzunligi 40 m bo’lgan
“Xarris katta papirusi”dagi asosiy yozuvlarda 
fir’avnning ibodatxonalarga hadyalari sanab o’tilgan.) 
Ramzes II dan keyin Misrda yana 8 fir’avn 


89 
hukmronlik qiladi. Ularning hukmronligi davrida 
Misrga liviyalik va osiyoliklarning yangi hujumlari 
kuchayadi; fir’avn hokimiyati zaiflasha boradi, 
nomlarning mustaqilligi kuchayadi. 

Download 1,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish