O’zbkiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi


Exnatonning diniy-siyosiy isloxati (er. avv. 1365-



Download 1,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/244
Sana11.01.2023
Hajmi1,87 Mb.
#898754
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   244
Bog'liq
Qadimgi dunyo2

 
Exnatonning diniy-siyosiy isloxati (er. avv. 1365-
1348 - yillar) 
Qaram yerlar va Misr aholisini talanishi 
natijasida hukmron tabaqa, ayniqsa ko’p sonli yaxshi 
uyushgan kohinlar tabaqasi boyib ketgan.
Ibodatxonalar minglab gektar yerlar, chorva mollari, 
qullar va boshqa moddiy boyliklarga egalik qilganlar. 
XVIII sulola davrida fir'avnlarning homiysi Amon
ibodatxonasi Misr bosh xudosi sifatida alohida 
ta'sirga ega bo’lgan. Xudo Amon bayrog`i ostida
Fiva hukmdorlari giksoslarni haydab chiqarganlar. 
Fivadagi Amon ibdoatxonasi nihoyatda katta obru – 
e'tiborga ega bo’lgan. Fir`avnlar tomonidan bu 
ibodatxonaga fir'avnlar o’n minglab qullar, yer, 
minglab bosh qoramol, oltin-kumushlar hadya 
qilganlar. Karnak va Luksorda xudo Amon sharafiga 
hashamatli ibodatxonalar qad ko`targan. Mamlakatda
Amon ibodatxonasi kohinlarining mavqei kuchayib 
ketgan. Ular Misr iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy
hayotiga kuchli ta'sir ko’rsata boshlaganlar.
Jumladan, Amon ibodatxonasining oliy kohinlari taxt 
vorisining nomzodini ko’rsatishdek,imtiyozli huquqni 
olganlar. Boy Amon ibodatxonasining oliy tabaqa
koxinlarini kuchayib ketishi hukmron tabaqani
noroziligiga sabab bo’lgan. Bu holat davlat


98 
hokimiyatiga katta muammolarni tug`dirgan. 
Natijada Amenxotep IV hukmron tabaqaga suyanib, 
Amon kohinlarining kuch-qudratini sindirishga 
jur'at kiladi. U diniy islohot o’tkazgan.
Amenxotep IV (er. avv. 1372-1354) davrida Misr 
xudolaridan “quyosh shu'lasi” xudosi Aton birinchi 
o`ringa qo`yila boshlangan. Bu fir’avnning o’z 
nomini o’zgartirishida ham o’z ifodasini topgan. 
Fir'avn Exnaton degan yangi nom olgan. Shu bilan 
birga Exnaton Fiva koxinlari bilan uzil-kesil suratda 
aloqani uzib, Fivadan chiqib ketgan. Go`zal saroy va 
ibodatxonalar bilan bezalgan yangi poytaxt Axetaton 
(Aton shahri)ga Exnaton o’zining butun saroy 
amaldorlari va yangi quyosh xudosining kohinlari 
bilan birga ko`chib kelgan. 
Exnatonning hukmronligini oltinchi yilida Aton 
Misrning yagona va oliy xudosi deb e'lon qilinadi. 
Exnaton o’zini Atonning yagona o’g`li deb 
Amenxotep («Amon rozi») ismini Exnaton («Amonga 
yoqadigan») degan ismga almashtirgan. 
Aton butun dunyoni va Misrni yaratuvchisi 
hisoblanib, odatdagidek, hayvon qiyofasida emas, 
balki quyoshning yerga nur sochayotgan shu'lasi
sifatida ifodalangan. Yangi xudoga sig’inishni 
istamagan zodagonlar qatl etilib, ularni jasadlari 
yoqilgan. Faqat Exnaton quyosh xudosini yagona va 
sevimli o’g’li sifatida Atonni bevosita o’zidan vaxiy 


99 
olishi mumkin edi va fuqaro, kohinlarga amr-farmon 
qilishi mumkin edi.
Exnaton tomonidan o’tkazilgan bu diniy islo hot
ko`ngildagidek natija bermagan. Exnaton Fiva 
kohinlari va nomlaridagi quldor zodagonlarni 
qudratini vaqtincha bo’shashtirishga muvaffaq 
bo’lgan. Exnatondan keyin taxtga o`tirgan fir'avnlar 
uni diniy siyosatini davom ettira olmaganlar. Ulardan 
biri Tutanxamon Fiva kohinlariga yon berib, Amon 
e'tiqodini qaytadan tiklashga va hatto o’z ismini ham 
shunga yarasha o’zgartirib «Tutanxamon» deb atashga 
majbur bo’lgan. Shunday qilib bu diniy islohot qattiq 
qarshiliklarga uchragan. Exnatonning vafotidan keyin 
poytaxt Memfisga ko`chirilgan. 

Download 1,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish