Qadimgi Vyet davlatlari va ularning
qo’shnilari
Shimoliy Vetnamdagi va Janubiy dengizning
shimoliy qismidagi davlatlardan shimolroqdagi
qadimgi Xitoy an'analariga ko’ra birinchi navbatda
«varvar» (Xitoy an'anasi nuqtai-nazaridan) Eyu (Vyet)
podsholigi tarixda yaxshiroq ma'lum.
Yue podsholigi er. avv. VII asrda Yanszi
daryosining quyi oqimida paydo bo’lgan. Uning
ijtimoiy tuzilishi qadimgi Xitoy podsholiklariga
qaraganda soddaroq bo’lgan. Aholining asosiy
mashg`uloti sug`orma sholikorlikdir. Er. avv. IV-III
asrlarda Yanszi daryosining yuqori qismida besh
davlat: Xanchxa, quyi qismida Vanglang (keyin
Aulak), sharqda Teyau, Namvyet va boshqalar
mavjud bo’lgan. Ular yuqori ijtimoiy taraqqiyot
darajasida bo’lganlar. Janubiy podsholiklarda xan
madaniyatini qabul qilish shimolga qaraganda ancha
yuqori bo’ladi.
Er. avv. III asrda hududdagi eng rivojlangan
davlatlardan Xongxa daryosining quyi qismi va unga
qo’shni hududlarda Siszyan pastida vetnamliklarning
ajdodlari lakvyetlar joylashgan davlat Namvyet edi.
Aulakda aholining asosiy qismini jamoachilardan
iborat mayda ishlab chiqaruvchilar tashkil qilgan.
459
Turli manbalar Namvyet jamiyatida qullar
mavjudligini ko’rsatadi. Hukmron sinflar jamiyatda
katta yer-mulk egalari hukmron tabaqa bo’lib, ular
bilan bog`langan xizmat zodagonlari, qullar va mayda
ishlab chiqaruvchilar bo’lgan. Davlat tepasida
hukmdor turgan. Qadimgi vyetlar madaniyati o’ziga
xos edi. Ayniqsa, ajdodlarga e'tiqod, yer ruhiga,
timsoh-ajdar va suvda suzuvchi qushlarga sig`inish
keng tarqalgan.
Er. avv. 221-214-yillarda Aulak, Teyau va
Namvyet davlatlari Sin imperiyasi bilan o’z
mustaqilliklari uchun urush olib boradilar. Urushlar
jarayonida Aulak o’z mustaqilligini saqlab qoladi va
Teyauning bir qismini o’ziga qo’shib oladi. Namvyet
bir necha yil Sin qo’shinlari tomonidan bosib
olingan. Er. avv. 207 yilda Namvyet va Aulak
davlatlari birlashadi. Bu davlat er. avv. II asrda
janubiy –sharqiy Osiyoda eng kuchli davlat bo’lib,
faqat Xan imperiyasidan kuchsizroq bo’lgan.
Eramizdan avvalgi II asr boshlarida Namvyet
Vo'ongi (hokimi) o’zini Xan imperatoriga teng deb
e'lon qiladi. Mamlakat iqtisodiyotini asosini sholikor
hududlar tashkil qiladi. Bu davlatda yirik shaharlar,
rivojlangan ichki va tashqi savdo, hunarmandchilik
mavjud edi.
Er. avv. II asr boshlarida Namvyet-Aulak
hukmdorlari urushlar va diplomatik yo`l bilan
qo’shni davlatlarni qo’shib olishga harakat qiladilar,
460
ammo er. avv. III asrda mamlakat Xan imperatori U-
di tomonidan bosib olinadi. Xan imperiyasi
mamlakat ichki ishlariga aralashmaydi. Imperiya
«varvarlarni varvaralar boshqaradi» siyosatini olib
boradi.
Er. avv. III-II asrlarda Janubiy-Sharqiy Osiyoni
tog`li hududlarida qadimgi Tay Diyen va Yelan
davlatlari alohida guruhni tashkil etadi. Bu yerda
dehqonchilik zaif bo’lib, chorvachilik yetakchi o’rin
egallagan. Shu bilan birga bu yerda qandaydir birma
tilli guruhlar va Markaziy Osiyo chorvador aholisi
bilan birgalikda ilk sinfiy jamiyatlar
shakllantirilgan.Qullarning safi mahalliy etnik
birliklarni qaram qilish hisobidan to`ldirildi.
Er. avv. I asr boshlarida Xan ma'muriyati hozirgi
Shimoliy Vetnamdagi lanvyetlarni ommaviy
assimilyatsiya qilish siyosatini olib borgan. Bu
siyosat kuchli qarshilikka uchraydi va zodagonlar
boshchiligida qo’zg`olonlar ko`tariladi. 40-50 yillarda
Lanvyetlar «ikki opa-singil» boshchiligida
qo’zg`olon ko`tarib Xan hokimiyatini ag`darib
tashlaydilar va o’z mustaqilliklarini qayta tiklaydilar.
Xan imperiyasi uzoq urushlardan so’ng, mamlakatda
o’z nazoratini qayta tiklaydi, lekin mahalliy aholini
assimilyatsiya qilish siyosatidan voz kechishga
majbur bo’ladi.
Eramizning I-V asrlarida Vetnamga Hindistondan
buddizm, Xitoydan xitoy madaniyati kirib keladi.
461
Buddaviylik XII va XIII asrlargacha hukmron dinga
aylanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |