319
Er. avv. VII asrdan boshlab Karfagen tarixida
ikki yuz yilga yaqin
davom etgan yangi davr
boshlanadi. Bu davrda Karfagen shahri G`arbiy
o’rtayer dengizidagi Finikiyaning boshqa
koloni,yalarining markaziga aylanadi. Finikiya
koloniyalariichida Karfagenning yetakchi bo’lishining
bir qancha sabablari bor edi.
1. Finikiyaning Osuriya va Eronga qaram
bo’lishi natijasida metropoliya bilan siyosiy
aloqalarni zaiflashuvi.
2. Yunonlarni janubiy Italiya va G`arbiy o’rtayer
dengizini faol kolonizasiya kilishi
tufayli ularni
foydali xalqaro savdo va dengiz yo`llarida hukmron
bo’lish xavfi.
3.G`arbiy o’rtayer dengizidagi Finikiya
koloniyalarini ichki taraqqiyotini ma'lum darajada
koordi nasiya qilish va hamkorlikni kuchaytirish
extiyoji.
Eramizdan avvalgi VII asr o’rtalarida
Karfagen
Shimoliy Afrikadagi rivojlangan hunarmandchilik
markazi, Markaziy o’rtayer dengizining ko’p
havzalarini savdo munosabatlari bilan bog`lagan eng
yirik Finikiya koloniyasi bo’lgan. Shahar xududi va
aholisi tez o’sib ketadi. Karfagenning qulay tabiiy
gavani kemalarga mo`ljallangan sun'iy gavan qurish
xisobiga kengayadi.
Karfagen shahar-davlat doirasidan chiqib faol
tashqi siyosat olib boradi. U G`arbiy o’rtayer
320
dengizining boshqa qismlarida o’z koloniyalarini
barpo qila boshlaydi. Shu bilan birga
bu yerda
mavjud bo’lgan Finikiya koloniyalari ustidan o’z
homiyligini o’rnatadi. Karfagenning Afrikadan
tashqaridagi birinchi koloniyasi Ispaniya yaqinidagi
Pitius orollaridagi Ebes (er.avv. VII asr o’rtalari)
bo’lgan. Ebesni tayanch nuqta qilgan holda
Karfagenni Ispaniyaga kirishga yo’l bermayotgan
Finikiya koloniyasi Gadesni tor-mor qilib er.avv.
VII-VI asrlarda Karfagen Pireney yarim oroli
janubiga o’rnashadi. Yunonlar Karfagenni Ispaniya
sharqiy qirg`og`ida o’rnashib qolishiga yo’l
bermadilar. Karfagen Sisiliyada faol harakat qilib,
orolning g`arbidagi Finikiya koloniyalarini o’z
nazorati ostiga oladi. Karfagen
eramizdan avvalgi
VI asr o’rtalariga kelib Ispaniyadagi mulklari bilan
janubiy Sisiliyaning g`arbi, Pitius orollari va
shimoliy Afrikagacha cho`zilib ketgan yirik davlat
birlashmasi markaziga aylandi.
Karfagen er.avv. VI asr oxirida Yaqin Sharqda
o’zgargan xalqaro ahvoldan yaxshi foydalandi. Bu
vaqtda Old Osiyoda o’tmishda qudratli bo’lgan
Osuriya, Misr kabi davlatlar zaiflashib qoldilar.
Yangi qudratli davlat ahmoniylar Eroni butun Old
Osiyoda va Shimoliy Afrikada o’z ta'sirini o’tkaza
boshlaydi. Karfagen ahmoniylar Eroni bilan aloqa
o’rnatdi. Bu aloqa Karfagen uchun noqulay bo’lsada,
lekin Karfagen Sisiliya va uning janubiy qismini,
321
janubiy Italiya, Korsika va Sardiniyani
yunon
shaharlariga karam bo’lishiga qarshi faol siyosat olib
borish imkoniyatiga ega bo’ldi. Eramizdan avvalgi
VI asr o’rtalarida Karfagen Markaziy Italiyadagi
etrusklar bilan do’stona shartnoma tuzdi. Er.avv. 535
yilda Karfagen – etrusklarning birlashgan floti
Korsika yonidagi Alali jangida
yunon flotini yanchib
tashlaydilar. Karfagen Sardiniya janubini egallashga
muvaffaq bo’ldi. Natijada Yunonlarning Ispaniyaga
ta'siri kamaydi. Er.avv. V asrda Bolqon yarim
orolida yunon shahar-davlatlarining zaiflashuvi
natijasida Kichik Osiyoning g`arbidagi barcha
yunon shahar-davlatlari Ahmoniylar Eroni ta'siri
ostiga tushib qolganlar. Ahmoniylar Yevropa
tomon yurish qilib,
Bolqon yarim oroliga ham
bostirib kirdi. Er. avv. V asrda Eronning
Yunonistonga bostirib kirishidan foydalangan
Karfagen qulay paytni poylab Sisiliyadagi yunon
shaharlariga hujum qildi. Hujum muvaffaqiyatsiz
chiqdi oqibatda Karfagen Sisiliyaning g`arbida
o’zining bir necha shaharlarini zo’rga saqlab qoldi.
Do'stlaringiz bilan baham: