O’zbkiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi



Download 1,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet203/244
Sana11.01.2023
Hajmi1,87 Mb.
#898754
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   244
Bog'liq
Qadimgi dunyo2

Mustaqil ish mavzulari 
Serviy Tulliy islohotlari 
Etrusk davlati va jamiyati 
Etrusk madaniyati va diniy e’tiqodi
 
 
Reyting savollari 
1.Latin 
shaharlari 
ittifoqiga qaysi shahar 
boshchilik qilgan? 
A) Etruriya 
B) Al’ba-Longa
A) Kampaniya 
D) Rim 
E) Latiy 
2. Barcha latinlar 
uchun umumiy va bosh 
xudoni ko’rsating? 
A) Saturn
B) Runsinator
S) Diana
D) Lara
E) Penat 
3. Ilk Rim 
jamiyatining asosi bu…? 
A) urug’ edi
B) qabilalar ittifoqi edi
S) ibtidoiy jamoa tuzumi 
edi 
D) monogam oilalar edi
E) davlat edilar 
4. kvestorlar kimlar 
edi? 
A) viloyat boshlig’i 
B) patriarxal oila 
boshlig’i
S) 
podshoning 
yordamchilari 
D) harbiy boshliqlar 
E) oliy sudya edi 
5. Patrisiylar kimlar 
edi? 


723 
A) Rimning to’la 
huquqli fuqarolari 
B) qaram kishilar
S) qullar 
D) 
dehqonlar
E) erkin fuqarolar 
6. Patritsiylar va 
plebeylar o’rtasidagi 
qarama-qarshiliklar 
qaysi podsho davrida 
nisbatan yumshatildi? 
A) Serviy Tulliy davrida 
B) Tarkviniy Magrur 
davrida
S) Romul davrida 
D) Tarkviniy Qadimgi 
davrida 
E) Ank Martsiy davrida 
7.Plebeylarning 
asosiy mashg’ulotlari 
nima edi? 
A) 
dehqonchilik, 
chorvachilik, savdo 
B) hunarmandchilik, 
baliqchilik, 
qishloq 
xo’jaligi
S) 
savdo, 
hunarmandchilik, 
qishloq xo’jaligi 
D) qishloq xo’jaligi, 
dehqonchilik, ovchilik 
E) savdo, chorvachilik, 
baliqchilik 
8. Podsholik davrida 
Rim eng birinchi bo’lib 
qaysi davlat bilan savdo 
shartnomasini tuzdi? 
A) Attika bilan 
B) Karfagen bilan
S) Bobil bilan
D) Salavkiylar davlati 
bilan 
E) Misr bilan 
9. 
Rimliklarning 
asosiy mashg’ulotlarini 
ayting? 
A) chorvachilik 
B) savdo 
S) qishloq xo’jaligi 
D) qishloq xo’jaligi, 
dehqonchilik 
E) ovchilik 
10. Dastlabki Rim 
dini qay shaklda edi? 


724 
A) totemizm shaklda 
B) animizm shaklda
S) fetishizm shaklda 
D) sehrgarlik shaklda 
E) magiya shaklda 
11. 
Rimning 
afsonaviy asoschilari 
kimlar edi? 
A) Roma, Romul 
B) Serviy Tulliy, Avgust
S) Tarkviniy Magrur, 
Sezar 
D) Ank Marsiy, Romul 
E) Tull Gostiliy, Serviy 
Tulliy 
12. Avgurlar kimlar 
edi? 
A) folbinlar edi 
B) kohinlar edi
S) oliy xudolar 
D) ma’budalar edi 
E) A va B 
13.Qadimgi Rimda 
oqsoqollar kengashi 
nima deb atalgan? 
A) senat 
B) jamoalar yig’ini 
S) senturiy yig’inlari 
D) pater familius 
E) populyus Romanus 
14. Kuriya nima? 
A) senat 
B) jamoalar yig’ini
S) oqsoqollar kengashi 
D) qabilalar ittifoqi 
E) patriarxal oila 
boshlig’i 
15.Rimliklar 
etrusklardan qanday 
xo’jalik 
yutuqlarini 
o’zlashtirib oldilar? 
A) yerga ishlov 
berishning samarali 
usullarini, 
uy-joy 
qurilishini, uzumchilikni, 
yerga o’g’it berishni, 
sun’iy sug’orishni 
B) 
ovchilik, 
chorvachilikni
S) kemasozlik, savdoni 
D) hunarmandchilik, 
savdo, chorvachilikni 
E) 
baliqchilik, 
hunarmandchilikni 


725 
16. 
Rimliklarda 
kalendarni 
tuzish 
kimning vazifasi edi? 
A) podshoning
B) jamoaning
S) kohinlarning
D) urug’ oqsoqolining 
E) A va S 
17. 
………..senturiyalarini 
joriy qildi. 
A) Serviy Tulliy 
B) Sezar 
S) Avgust 
D) Katon 
E) Antoniy 
18. Qadimda Rim davlati 
hududi necha okrugga 
bo’lindi? 
A) 21 okrugga 
B) 27 okrugga 
S) 30 okrugga 
D) 25 okrugga 
E) 26 okrugga 
19. Savdo-
hunarmandchilik bilan
birinchi navbatda kimlar 
shug’ullandilar? 
A) plebeylar 
B) yunonlar 
S) forslar 
D) attikaliklar 
E) rimliklar 
20. 
Qadimgi 
Rimda………yerni 
haydashda odamlarga 
yordam ko’rsatgan? 
A) uch xudo 
B) to’rt xudo 
S) uch podsho 
D) dehqonlar 
E) miroblar 
21. Rimda odamlar yerni 
o’g’itlash vaqtida kimga 
qurbonlik keltirganlar? 
A) Satrekuliniyga 
B) Semonga 
S) Saturga 
D) Segitiyaga 
E) Messisga 
22. Qadimgi Rimda uy 
o’chog’ini kim himoua 
qilgan? 
A) Vesta 


726 
B) Satur 
S) Segitiy 
D) Messis 
E) Semon 
23. Rimning erkin 
aholisi dastlab necha 
urug’dan iborat bo’lgan? 
A) 300 urug’dan 
B) 400 urug’dan 
S) 700 urug’dan 
D) 1000 urug’dan 
E) 100 urug’dan 
24. Rim tarixchilari 
shahar tarixida nechta 
podshoni 
aytib 
o’tganlar? 
A) 7 ta podshoni 
B) 3 ta podshoni 
S) 4 ta podshoni 
D) 5 ta podshoni 
E) 14 ta podshoni 
25. 
Rimning 
podsholaridan 
biri
Serviy Tulliy qaysi 
xalqning vakili edi? 
A) etrusklarning 
B) esklarning 
S) osklarning 
D) tusklarning 
E) sardlarning 
26. Quyidagi Rim 
podsholaridan qaysilari 
etrusklarga mansub edi? 
A) Tul Gostiliy 
B) Serviy Tulliy 
S) Tarkviniy Mag’rur 
D) Tarkviniy Qadimgi 
E) A, B va S 
26. Ilk Rim jamiyatining 
ijtimoiy 
asosini 
ko’rsating? 
A) urug’ 
B) oila 
S) qo’shni jamoa 
D) davlat 
E) to’g’ri javob yo’q 
27. Er. avv. IX asrda
Palatinda 
yashagan 
odamlar 
mayitlarni 
qanday dafn qilganlar? 
A) gulxanda yoqqanlar 
B) yerga ko’mganlar 
S) tepalikka chiqarib 
qo’yganlar 
D) maxsus xumlarda 
dafn qilganlar 


727 
E) to’g’ri javob yo’q 
28. Latin qabilasini 
nomini kelib chiqishi 
uning 
qaysi
yo’lboshchisi nomi bilan 
bog’liq edi? 
A) yo’lboshchi Laviyniy 
nomi bilan 
B) yo’lboshchi Romul 
nomi bilan 
S) yo’lboshchi Rem 
nomi bilan 
D) yo’lboshchi Martsiy 
nomi bilan 
E) yo’lboshchi Latiy 
nomi bilan 
Rim ilk respublika davrida 
Ilk respublika davrida davlat qurilishi 
Rim tarixchilari respublika boshlanishini er. avv. 
509 yilni kelib chiqishi etrusk bo’lgan so’ngi Rim 
podshosi Tarkviniy Mag’rurning Rimdan haydalishi 
bilan belgilaydilar. Respublika tuzumi o’rnatilishi 
bilan oliy hokimiyat bir yil muddatga saylanadigan 


728 
ikki konsul qo’liga o’tdi. Dastlab ular pretor (oldinda 
yuruvchilar) deb atalar edilar. Konsullarni senturiy 
yig’inlarda patritsiylar ichidan saylar edilar. Konsullar 
roziligisiz senat komisiyalari to’plana olmas edi. 
O’zlari esa o’z majburiyat vazifalarini bajarish 
davrida har qanday sud javobgarligidan ozod edilar. 
Konsullar hokimiyati faqat biri ikkinchisini qaroriga 
veto (ta’qiq) qo’yishi bilangina cheklangan edi. 
Amaliy hayotda esa konsullar patritsiylar va ularning 
oliy organi senatning siyosiy manfaatlari bilan 
hisoblashishga majbur edilar. Dastlabki kunlardanoq 
konsullardan tashqari shahar ishlarida kvestorlar 
muhim o’rin tutdilar. Ular sudda ishtirok etar, 
xazinani boshqarishda qatnashar edilar. Ilk davrda 
ular konsullarning yordamchilari edi. Er. avv. V asr 
o’rtalaridan boshlab kvestorlarni komisiyalarda 
saylaydigan bo’ldilar. Shu vaqtdan boshlab kvestorlar 
mustaqil bo’ldilar. Ular davlatning moliyaviy ishlari 
bilan shug’ullanar edilar. Kvestorlar arxivni 
boshqardilar, harbiy yurishlar davrida konsullarga 
hamroxlik qilib qo’shin xazinasini boshqarar edilar.
Er.avv. 507 yilda Rim tarixida ilk bor favqulodda 
vakolatlar berilgan mansabdor shaxs – diktator 
sayladilar. Diktatorni rimliklar favqulodda xavf 
tug’ilib qolgan paytda yoki o’ta xavfli vaziyat 
tug’ilgan paytda yagona boshliqqa ehtiyoj 
tug’ilgandagina saylar edilar. Diktatorni rasman 
konsullar amalda esa senat saylar edi. Diktator 


729 
hokimiyati cheklanmagan edi. Unga konsullar kabi 12 
liktor emas balki 24 liktor hamrohlik qilar edi.
Rim respublikasi aristokratik xarakterda edi. 
Qonunchilik tashabbusiga ega bo’lmagan tsenturiy 
yig’ilishlarini, jamiyatni patritsiy qatlamlarini vakili 
bo’lgan konsul chaqirishi mumkin edi. Bu 
komisiyalarni biror bir qarorini “patres” – senat 
tomonidan tasdiqlanmasa kuchga kirmas edi. Er.avv. 
471 yildan kuriya va tsenturiya yig’inlari 
namunasidagi plebey yig’inlari chaqirila boshlandi. 
Plebey yig’inlarida qabul qilingan qarorlar “plebitsit” 
faqat plebeylar uchun majburiy edi.
Er. avv. VI asrda etrusk istilolari urug’ jamoasini 
yemirilish jarayonini, sinfiy jamiyat va Rim 
davlatchiligi shakllanishini tezlashtirdi. Etrusklar 
Rimda ilk yunon tiraniyasiga o’xshash monarxiya 
rejimini tashkil etdilar, uning o’rniga er. avv. 509-
yilda ilk respublika keldi. 
Rim respublikasida oliy davlat organi xalq yig’ini 
hisoblangan. Xalq yig’ini qonunlarni qabul qilish va 
bekor qilish, urush e’lon qilish va sulh tuzish, oliy 
mansabdor shaxslar magistratlarni saylar edi. Shu 
bilan birga u oliy sud tashkiloti edi. 
Rimda xalq yig’inlarini yoki komisiyalarni uch 
ko’rinishi mavjud edi. Serviy Tulliy islohotlarigacha 
kuriya komisiyalari mavjud edi. Serviy Tulliy qurolli 
xalq yig’ini-senturiy komisiyalarini kiritdi. Tezda ular 
kuriya komisiyalarini siqib chiqardi. Senturiy 


730 
komisiyalari konsullar tomonidan Rim shahridan 
tashqaridagi Mars maydonida chaqirilar edi. Barcha 
rim fuqarolari 193 senturiy, eng boy birinchi toifa 98, 
yarmidan ko’p senturiy qo’yar edi. Ovoz berish 
senturiylar bo’yicha o’tkazilib, har biri bir ovozga ega 
edi. Ovoz berish qat’iy qabul qilingan tartibda dastlab 
birinchi toifa senturiylari, keyin 2-, 3- va h. k. ovoz 
berilar edi. Agar taklif qilinayotgan masala bo’yicha 
senturiylar ovozining 50% idan ko’proq ovoz berilsa, 
ovoz berish to’xtatilib, taklif qonun kuchiga kirar edi. 
Bunday ovoz berish tartibi bo’yicha barcha 
masalalarni rim fuqarolarini boy qismi bo’lgan I 
toifaning 98 senturiyalari hal qilar edi. Bu 
komisiyalarda pretorlar, konsullar va senzorlar 
saylanar edi. Ovoz berishning mulk senziga 
asoslanishi demokratik saylov tizimi tarafdorlarining 
noroziligiga uchradi. Er. avv. 241-yilda senturiy 
komisiyalari islohoti o’tkazildi. Endilikda har besh 
toifadan-70 senturiy qo’yiladigan bo’ldi; ularga
suvoriylarning 18 senturiylari, hunarmandlarning-4, 
va proletarlarning-1 senturiysi qo’shiladigan bo’ldi
jami 370 senturiy (avvalgi 193 o’rniga). Patritsiylar va 
plebeylarning kurashi jarayonida plebeylarning 
hududiy okrug-triblar bo’yicha tribut komisiyalari 
muhim ahamiyatga ega bo’ldi (Rim huquqi hududiy 
okrug-trib 4 shahar va 31 qishloq tribiga bo’lingan 
edi). Tribut komisiyalarida edillar, kvestorlar va 
plebey tribunlari saylanar edi.


731 
Rim xalq yig’inlarini demokratik mohiyati va 
ularning keng vakolatiga qaramay eng demokratik 
tribut komisiyalari ham aristokratiya qo’lida qurol 
bo’ldi. Xalq yig’ini faqat senatda muhokama qilingan 
magistratlar kiritgan masalalarnigina muhokama qilar 
edi. Komisiyalar qonunchilik tashabbusi huquqiga 
ega emas edi. 
Rim davlat hayotida 300 a’zodan tashkil topgan 
senat muhim o’rinnni egallagan edi. U hukumat 
vazifasini amalga oshirdi. Er. avv. 287-yilgacha har 
qanday qonun loyihasi senatda muhokama 
qilinganidan keyingina xalq yig’ini muhokamasiga 
olib chiqilar edi. Xalq yig’inida qabul qilingan qonun 
faqat senat tasdiqlaganidan keyingina qonun kuchiga 
kirar edi. Shunday qilib senat o’ziga kerakli 
yo’nalishda xalq yig’ini faoliyatiga rahbarlik va 
nazorat qilar edi. Senat tashqi siyosatga rahbarlik 
qilib, davlat moliyasini egasi edi. Mansabga saylangan 
magistratlar o’z faoliyati uchun senat oldida hisobot 
berar edilar, shu bilan senatning irodasiga tobe edilar. 
Er. avv. IV asrdan vakolatlari muddati tugagan oliy 
mansabdor magistratlar senat tarkibiga kirar edilar. 
Senatorlar ro’yxatini senzorlar tuzganlar. Ularni 
rahbari eng keksa va obro’li senator-princeps senatus 
(U munozara paytida birinchi bo’lib so’zlar edi) edi. 
Senat ro’yxatida birinchi bo’lib senzorlar, keyin 
konsullar, pretorlar turar edi. Senat majlisini chaqirish 
huquqiga oliy magistratlar: dictator, konsullar, 


732 
pretorlar haqli edilar. Senatning qarori senatus 
konsulp (senatus konsultum) yoki dekret (dekretum)
deyilar edi. Senat rim oligarxiyasining tayanchi edi. 
Rimda amaldorlar apparati yo’q edi, barcha ijroiya 
hokimiyat saylanadigan lavozimli shaxslarga-
magistratlarga tegishli edi. Ular o’z mehnatlari uchun 
hech qanday ish haqi olmas edilar, lavozimlar 
“faxriy” (honor) vazifa deb baholanar edi. Barcha 
magistraturalar kollegial bo’lib odatda bir yil ijro 
etilgan (faqat senzorlar bir yarim yil, diktatorlar yarim 
yil). Konsullar, pretorlar,kvestor va edillar lavozimga 
birinchi martda (er. avv. 153-yilgacha., keyin-birinchi 
yanvardan) plebey tribunlari esa 10-dekabrdan 
lavozimga kirishar edilar.
Rim respublikasi magistraturasi birdaniga emas, 
asta-sekin shakllandi. Farazlarga ko’ra respublikaning 
birinchi yillarida ijroiya hoklimiyatni boshida bir oliy 
magistrat-pretor (oldinda yuruvchi) bo’lib, unga 
o’rinbosari- kvestor yordam bergan. Plebeylarning 
Muqaddas toqqa birinchi chiqib ketishlaridan keyin 
xalq tribunlari va plebey edillari, ularning 
yordamchilari lavozimlari joriy qilindi. Ammo ijroiya 
hokimiyatni pretorning yagona rahbarligi u 
tomonidan hokimiyatni bosib olinish imkoniyati 
mavjudligi xavfi tug’ildi. Shuning uchun er. avv. V 
asr o’rtalarida bir oily magistrat o’rniga ikkitasi 
saylanadigan bo’ldi, ular bir xil hokimiyatdan 
foydalandilar va birgalikda boshqardilar. Ular bir-


733 
birlari bilan maslahatlashuvlari lozim edi, shuning 
uchun konsullar (maslahatlashaman consulo so’zidan 
olingan) deb ataldilar. Oliy magistratlar konsullar, 
tsenzorlar va pretorlar edi.
Konsullar odatda urush vaqtida qo’shin 
qo’mondoni, senat va komisiyalarni chaqirar edilar, 
qonunchilik tashabbusiga ega edilar. Sud hokimiyati 
ikki pretorga tegishli edi, intendant qismi va harbiy 
o’ljani to’rt kvestor (er. avv. 267-yildan sakkiz 
kvestor), shahar obodonchiligi, ta’minoti, tartibni 
saqlash, jamoat bayramlarini tashkil etish to’rt edilga 
tegishli edi. Plebeylarning manfaatini 10 plebey 
tribunlari himoya qilar edi (lekin ularni hokimiyati 
Rim shahri bilan chegaralangan edi). Keyinchalik 
yangi senzorlar lavozimi joriy qilinib 5 yilda bir marta 
18 oy muddatga saylanar edi. Senzorlar sobiq 
konsullardan saylangan. Ular rim fuqarolarini mulk 
toifalariga kiritib, senatorlar tarkibini tekshirib, uni 
yangi ro’yxatinbi tuzishlari lozim edi. Rim 
magistratura tizimining tugallangan shakli er. avv. IV 
asr II yarmida yuzaga keldi.
Rim konstitutsiyasi bo’yicha magistraturalar 
kollegial bo’lib (2 konsul, 2 ta pretor, 4 edil, 10 xalq 
tribuni, 2 tsenzor, 4 kvestor) har yili qayta saylanar va 
haq to’lanmas edi. Magistrat lavozimlarini bajarish ish 
emas, faxriy (honor) bo’lib shu sababli beg’araz edi. 
Mansablarga haq to’lanmasligi oddiy rim fuqarolarini 
magistratura lavozimlarini egallashga imkoniyat 


734 
bermadi. Aksincha davlat vazifalariga saylanish va 
uni bajarish uchun fuqaroning o’zini katta miqdorda 
mablag’iga ega bo’lishi shart edi. Chunki lavozimni 
bajarish uchun kotiblar, choparlar, qo’riqchilar, quyi 
tabaqa xizmatchilarni yollab, ularga ish haqi berishi 
kerak edi.
Shu sababli boy kishigina magistrant 
bo’lishi mumkin edi. Vakolatlarini topshirgandan 
keyingina sobiq magistratni sudga tortish mumkin edi. 
Ilk respublika davrida favqulodda hokimiyat 
tuzilmasi mavjud edi: oraliqdagi podsho, dictator o’z 
o’rinbosari, otliqlar qism boshlig’i bilan birgalikda 
senatda favqulodda vaziyatlarda yarim yil muddatga 
senatda saylanar edi; dictator hokimiyati podsho 
hokimiyatiga o’xshash edi, uning hokimiyatini belgisi 
24 liktordan tuzilgan faxriy qo’riqchi bo’lgan. 
Rim respublikasi komisiyalari tuzilmasida 
demokratik an’analar kuchaygan bo’lishiga 
qaramasdan boshqaruvdagi hal qiluvchi rolni senat va 
magistratlar o’ynadilar. Bu Rim respublikasini 
aristrokratik mazmunining ifodasi edi. 

Download 1,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish