Mustaqil ish mavzulari
Ellin davri kashfuyotlari
Ellin davri falsafa maktablari
Arastuning “Politiya” asari
Ellin madaniyatining o’ziga xos xususiyatlari
Reyting savollari
1. Falsafada stoiklar
maktabining asoschisi
kim?
A) Zenon.
B) Epikur.
C) Pirron.
D) Arastu.
E) Evklid.
2.”Biror narsani hech
qachon bilib bo’lmaydi”
jumlasi qaysi yunon
falsafa
maktabiga
tegishli?
A) stoiklar maktabiga
tegishli.
B) skeptiklar maktabiga
tegishli.
C) epikurchilar
maktabiga tegishli.
D)
emipiriklar
maktabiga tegishli.
E) to’g’ri javob yo’q.
3.”Kimda kam ehtiyoj
bo’lsa, u kishida farog’at
bo’ladi”
drgan
tushunchani
qaysi
faylasuf ilgari suradi?
A) Zenon.
B) Epikur.
C) Pirron.
D) Berenika.
E) Arsinoya.
4.
“Tabiblar
kasallikni
sababini
bilishi mumkin emas,
faqat uni kuzatish kerak
va dorilarni sinash bilan
davolash zarur” degan
685
tushunchani qaysi falsafa
maktabi ilgari surgan?
A) stoiklar.
B) epikur.
C) skeptiklar.
D) kiniklar
E) to’g’ri javov yo’q.
5. Er. avv.IV –III
asrlarda tabiiy va aniq
fanlar qaysi yunon olimi
maktabida o’rganildi?
A) stoiklar, skeptiklar.
B) stoiklar, epikurchilar.
C)
epikurchilar,
skeptiklar.
D)
skeptiklar,
emipiriklar.
E) stoiklar, emipiriklar.
6. Er. avv. III-II
asrlarda tabiiy va aniq
fanlar qaysi yunon olimi
maktabida o’rganilgan?
A) Feofrast.
B) Arastu.
C) Zenon.
D)Evklid.
E) Pifagor.
7. 70 ming jildli
kutubxona, botanika
bog’i, zoopark, xirurgiya
laboratoriyasidan iborat
Museyonni kim tashkil
etgan?
A)Arastu.
B) Ptolemey I Soter.
C) Appoloniy.
D) samoslik Aristarx.
E) Ktesiy.
8. Snaryad, suv soati,
turli nasoslar,gidravlik
organ, olovga qarshi
nasos kabi kashfyotlarni
amalga oshirgan olimni
aniqlang?
A) Eratosfen
B) Ktesiy
C) Appologiy
D) Evklid
E) Konno
9. Er. avv. III asrda
qaysi yunon sayyoxi
Hindistonga kemada
safar qilganda musson
shamolidan foydalandi?
A) Nearx
686
B) Gippal
C) Feofrast
D) Strabon
E) Epikur.
10. “Yer quyosh
atrofida aylanadi” degan
farazni ilgari surgan
olimni aniqlang?
A) Antiox
B) samoslik Aristarx
C) Appoloniy
D) Dosifey
E) Feofrast
11. Yer shari
uzunligini ko’p darajada
aniqlab, ”geografiya”
atamasini birinchi bor
kim ishlatgan?
A) Arximed
B) Eratosfen
C) Evklid
D) Gerofil
E) Geron
12. Kecha va
kunduzning tengligi
kashfyotini kimga nisbat
qiladilar?
A) Arximed
B) Gipparx
C) Geron
D) Gerofil
E) Evklid
13.
Taqvimni,
yerdan
oygacha
masofani, yer va quyosh
massasini va ekvatorni
360 gradusga taqsimlab
uzunlik va kenglik
tushunchasini
joriy
qilgan qadimgi yunon
olimi kim?
A) Zrastrat
B) Gipparx
C) Geron
D) Epikur
E) Arximed
14.
Rodos
haykaltaroshlik maktabi
kimga borib taqaladi ?
A) Pergamga
B) Epikurga
C) Asippga
D) Pirronga
E) Evklidga.
687
15. Dramafizmda fula
Pergam maktabi kimga
borib taqaladi ?
A) Zenonga
B) Epikurga
C) Pirronga
D) Asippga
E) Skopasga
16. Injener, ixtirochi,
nazariy mexanika va
gidrostatika
sferik
geometriya
va
trigonometriya asoslarini
yartagan
yirik
nazariyotchi
olimni
ayting?
A) Arximed
B) Tiofrast
C) Eratosfen
D) Zenon
E) Droyzen
17. Er. avv. II asrda
yashagan
mashhur
astronom va geograf
kim?
A) Gipparx
B) Alkey
C) Eratosfen
D) Ipatiya
E) Solon
18. Ellin davrida Attika
komediyasining asosiy
vakilini ko’rsating?
A) Minandr
B) Yevripid
C) Sofokl
D) Esxil
E) Safo
19. Ellin davrida Rodos
haykaltaroshlik maktabi
asoschisi kim?
A) Asipp
B) Polikled
C) Fidiy
D) Aristofan
E) Miron
688
RIM
I BOB
Rim tarixiga kirish. Italiya va uning qadimgi
aholisi
Apennin yarim oroli va uning aholisi
Qadimgi Italiya (yunoncha “buzoqlar mamlakati”)
deb dastlab o’zining sero’t yaylov-o’tloqlari bilan
ma’lum bo’lgan Apennin yarim oroli janubi aytilgan.
Apennin yarim oroli o’rtayerdengizi dunyosining eng
markazida joylashgan bo’lib, qadimda qulay geografik
va iqlim shart-sharoitlariga ega edi. Italiyani sharqdan,
janub va g’arbdan Ligur, Tirren, Ioniya va Adriatika
dengizlari o’rab, uni O’rtayerdengizining barcha
mamlakatlari bilan bog’lagan edi. Er. avv. I ming
yillikda Italiyaning shimoliy hududlari mo’tadil iqlim
zonasida bo’lib, Apennin yarim orolning qolgan
hududlari iqlimi iliq va yumshoq edi. Shimolda uning
tabiiy chegaralari Alp tog’lari, janubda Messin
qo’ltig’I uni Sitsiliyadan ajratib turar edi. Italiyaning
g’arbiy qirg’og’i qulay buxtalarga boy bo’lkib,
dengizchilik va savdoni rivojlanishiga turtki berdi.
Italiyaning ko’pgina qismini tog’lar egallaydi,
faqatgina 20% hududi tekisliklardan iborat. Etruriya,
689
Kampaniya va Apuliyaning unumdor yerlari Latsiya
tekisligi va Po vodiysi dehqonchilik uchun qulay
bo’lganligi uchun bu yerda tariq, bug’doy, polba
ekilgan, bog’dorchilik zaytun daraxtlari va uzumchilik
bilan shug’ullanganlar. Qadimgi Italiya suv va
o’rmonlarga boy edi. Qadimda foydali qazilmalar
ko’p emas edi: temir, mis, qo’rg’oshin, oltin, kumush,
qurilish toshi, marmar, loy, tuz.
Qadimgi Italiyani 3 qismga bo’lish qabul qilingan:
Shimoliy (Liguriya, Alp orti galliyasi va Venetsiya),
o’rta (Etruriya, Latsiya. Kampaniya, Umbriya, Pitsen
va Samniy) va janubiy (Apuliya, Kalabriya, Lukaniya
va Bruttiya).
Apennin tog’lari janubiy sharqqa cho’zilib borib
Arelin tumanida Adriatik dengizigacha yetib boradi,
yarim orolning shimoliy qismi markaziy va janubiy
qismidan ajratib turadi. Uning shimoliy iqlimi o’rta
Evropa iqlimiga yaqinroq. Yarim orolning bu qismi
juda hosildor bo’lib keyinchalik Italiya deb atala
boshlandi. Dastlab bu nom yunonlar Italiya deb atagan
aholi yashagan Kalabriyaning janubiy tumanlariga
nisbatan aytilgan. Er. avv. V asrda Po vodiysiga gallar
ko’chib kelib, u erdan etrusklarni siqib chiqardilar.
Shu sababli bu o’lka Rimda “Tsizlal’p galliyasi” deb
nom oldi. U sispadan Galliyasi Poning o’ng qirg’og’i
va tarnspadan Galliyasi (daryodan shimol tomondagi
viloyat) ni o’z ichiga oladi. Italiyani o’zi Apennin
janubidan boshlanadi. Markaziy Italiyani G’arbiy
690
qismi madaniyat tarixida o’z er tuzilishiga ko’ra
muxim rol’ o’ynadi. Bu erda etrusk (hozirgi
Florentsiya), latin markazi Rim, Kampaniya (Kapuya
va Neapol bilan) kabi uch tekislik etadi. Bu erdan
kemachilik uchun qirg’oqlari qulay tabiiy portlari
bo’lgan Tibr daryosi oqib o’tadi.
Latin tekisligining markazida Tibr daryosi va
shimoliy sharqdan sabin, sharqdan Alban, janubdan
Vol’sk tog’lari bilan o’rab turishi yarim orol tarixida
latin xalqlarini yuksalishiga sabab bo’ladi. Italiyani
sharqiy qismi tog’lik bo’lib, janubga tomon mars,
piligin, marrusen, vistenlar vatani yovvoyi sabin
tog’lari cho’zilib ketadi. Undan so’ng Samnit
tepaliklari etadi.
Janubiy Italiyaning g’arbiy qismida samnitlarga
qarindosh tog’li qabilalar joylashgan tog’lik Lukaniya
va Bruttiya yotadi. Sharqiy qismida suvsiz Apuliya va
Kalabriya viloyatlari bo’lib bu erda Tarent qo’ltig’i
orqali Yunonistondan kolonistlar kelgan. Bu erda
Tarent, Regey, Kroton, Metapont, Posidoniya, Eleya
kabi ko’p sonli yunon koloniyalari barpo etilib buyuk
Yunoniston deb atalgan.
Qadimgi Rim tarixida Sitsiliya oroli madaniyati
muhim o’rin tutadi. Orolni sharqiy va janubiy
hududlarini yunonlar egalladilar. Bu erga ilgariroq
finikiyaliklar kelib Panorm (hozirgi Palermo) va
Lilibey (hozirgi Marsala) shaharlariga asos soldilar.
Qadimdan Italiyada apelsin va limon daraxtlari
691
o’stirilgan. Italiyaga xurmo va anorni karfagenliklar
olib keldilar. Yunonistonga qaraganda Italiyada
hosildor yerlar ko’proq. Ayniqsa Po vodiysi,
Kampaniya, viloyati tsikurn va falern navli vinolari
bilan mashhur edi. Italiyada dehqonchilik uchun juda
ko’p botqoq yerlar quritilib, sun’iy sug’orish ishlari
amalga oshirildi. Bu ishning moxir ustasi etrusklar
edi. Mamlakatda metal juda kam bo’lgani uchun u
chetdan olib kelingan. Faqat Etruriyadan mis va
qo’rg’oshin, El’ba orolida temir qazib olingan.
Metalga ishlov berishda etrusklar katta yutuqlarga
erishdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |