MODDA VA ENERGIYA AMASHINUVI
1-MASHG`ULOT
MAVZU: ODAMDA ZARURIY VA MAVJUD ENERGIYA SARFINI ANIQLASH
Mustaqil tayyorlanish uchun savollar: Эnergiya muvozanati. Organizmni energiya manbalari. Ozik moddalarni kalorik kimmatini aniqlash. Kalorimetrik bomba, parchalanishning fizik va fiziologik issiqligi. Ozik moddalarni kalorik koefitsienti, energiya sarfini aniqlash usullari, vositali va vositasiz kalorimetriya. Эtuoter-Benedikt kalorimetriyasi bilan sarflangan energiyani bevosita o`lchash usullari. Vositasiz kalorimetriya. Kislorodning kalorik ekvivalenti, turli ozik moddalar parchalanganda kislorodni kalorik ekvivalentini hisoblash. Nafas koeffitsienti. Turli fiziologik holatlarda ro`y beradigan energiya sarfi. Asosiy va ishchi almashinuvi. «Asosiy almashinuv» tushunchasi. Kattalarda va bolalarda asosiy almashinuv kattaligi. Asosiy almashinuv kattaligiga ta'sir etuvchi omillar, tulik bo`lmagan gaz analizi (Krog usuli) va uni kullashni asoslash. Asosiy almashinuv kattaligi, zaruriy asosiy energiya sarfini jadval yordamida aniqlash. Ichki sekretsiya bezlari faoliyatini baholashda asosiy almashinuvni aniqlashning ahamiyati. Эnergiya sarfiga ta'sir etuvchi omillar. Tashqi muhit hororati, mushak ishi va h.k. «Ishchi qo`shimchasi» tushunchasi va uni hisoblash. Assimilyatsiya va dissimilyatsiya nima? Oqsil almashinuvi: Oqsillarning biologik kiymati, ahamiyati. Azot muvozanati. Oqsil minimumi va optimumi (mu'tadil me'yori). Yoglar almashinuvi, ularning fiziologik ahamiyati, energetik kiymati va normasi. Qondagi kand miqdori organizmni asosiy ko`rsatkichlaridan biridir.
Amaliy ishlar:
1 - ish. Asosiy almashinuvni zaruriy kattaliklarini jadval
va formula yordamida aniqlash.
Ishning borishi: maxsus jadval bo`lib, u yordamida yosh, jins, og`irlik va bo`yi bo`yicha asosiy almashinuv qancha bo`lishi aniqlanadi. Jadval 2 qismidan iborat: A va B.
A - Tekshiriluvchining ogirligi ko`rsatkichi.
B - Buyi sm.
Har ikkala topilgan sonlar qo`shiladi va shu tekshiriluvchi uchun asosiy almashinuv ko`rsatkichi topiladi.
Rid bo`yicha =0,75(P+0,75HA)-72 ±10%
Noar bo`yicha =2/3 HP+2/3HA-73 ±15%
Djeyl bo`yicha =P+A-11 ±15%
P - puls soni
A - puls bosimi
Garris va Benedekt formulasi bo`yicha:
Эrkaklarda V=664,730+13,7516 h R+5,0033 h N-6,7550h A
Ayollarda V=665,0955+9,5634 h R+1,8496 h N-4,6755 h A
V - asosiy almashinuv (1 sutkada k.kal)
R - tana ogirligi (kg)
N - buyi (sm)
A - yoshi (yillarda)
Natija va rasm.
Hulosa.
2 - ish. Odamda enerniya sarfini Krog usuli bo`yicha aniqlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |