Ishning borishi: Krog apparatidan nafas ola boshlagandan 5 minut o`tgach, maskadagi kranlar buraladi va shu vaqtdan boshlab sekundomer, kimograf va vaqt belgilagich ishga tushiriladi. Эndi tekshiriluvchi spirometrdan nafas ola boshlaydi. SO2 va suv nitron ohagi yutiladi. Natijada spirometr kopqoni pnevmogrammani emas, balki 02 sarflanishini ham yozadi. 10minutdan So`ng yozish tuhtatiladi. Kranlar avvalgi holatiga keltiriladi. Spirometrdagi havoni va barometrik bosim ulchanib tekshiriluvchi bo`shatiladi.
Natija va rasm.
Hulosa.
2 – MASHG`ULOT
MAVZU: TUZ VA SUV ALMASHINUVINING BOSHQARILISHI. OVQAT RATSIONINI TUZISH
Mustaqil tayyorlanish uchun savollar: Suvning organizm uchun ahamiyati. Hujayra ichi va tashki suyuqligi. Intravazal va ekstrovazal suyuqliklar. Organizmda suyuqliklarni taksimlanishi va joyini o`zgarishiga ta'sir qiluvchi omillar. Suv muvozanati haqida tushuncha. Mikroelementlar va mineral moddalarning ahamiyati, ularga bo`ladigan talab. Suv va mineral tuzlar almashinuvini boshqarilishi, bu jarayonda uz-o`zini boshqarish hususiyati. Issiq ustahonalarda minerallar va tuz va suv almashinuvi. Ovqat ratsionini tuzishga qo`yiladigan talablar. Buy, ogirlik, yosh, faoliyat turi, dam olish kabilarni hisobga olib ovqat ratsionini tuzish.
Amaliy ishlar
1 -ish. To`qima suyuqligi osmotik bosimning ortishida, chakokni chakirish.
Ishning borishi: Ikkita ok kalamushni olib, uni shisha idishga joylashtiriladi. Ularni oldiga Petri idishda suv qo`yib qo`yiladi. Tajribadan avval kalamushlar normal holatda bokilgan, suv berish chegaralanmagan. Shuning uchun ham Petri idishdagi suv ularda hech kanday reaktsiya chakirmaydi. Kalamushlardan birini ustiga kora rang bilan belgi qo`yiladi va qorin bo`shligiga shprits yordamida 3,0% natriy hlor eritmasi yuboriladi. Bu ishni ikki talaba bajaradi. Birinchisi mahsus kiskich bilan elkasidan qisib ikkinchisi kiskich bilan esa dumidan qisib, qorin tomonini yukoriga qilib tahtakachga yotqiziladi. Ikkinchisi esa shpritsga eritmani olib, qorin sohasiga sanchib, sekinlik bilan yuboradi. Vaqtni belgilab qo`yib yana idish ichiga qo`yib yuboriladi. Odatda 2-3 minut o`tgandan So`ng gipertonik eritmasi surilgandan So`ng, osmo resseptorlarni ta'sirlaydi. Belgi kuyilgan kalamush suv ichishga harakat qiladi va ichadi. Ikkinchisi esa avvalgiday hech kanday reaktsiyasiz turaveradi.
Natija va rasm.
Hulosa.
2 - ish. Suv kamomatini skelet muskullarining ish qobiliyatiga ta'siri.
Do'stlaringiz bilan baham: |