114
o’rtacha o’tkazuvchan [(10-0,01) -10
-3
mkm
2
)] va kuchsiz o’tkazuvchan (<0,01 -10
-3
mkm
2
).
Sanoat miqyosida neft va gazi bor konlardagi kollektorlarning o’tkazuvchanligi
0,001 mkm
2
dan 1 mkm
2
gacha o’zgaradi. Samarali
kollektorlarning minimal
o’tkazuvchanligi odatda (0,5-1) -10
-3
mkm
2
ga teng deb qabul qilingan.
Ayrim jinslar (masalan, gil)ning g’ovakliligi yuqori bo’lsada, o’tkazuvchanligi
kam, boshqa jinslarniki (masalan, ohaktoshlarda) buning aksi bo’lib, g’ovakliligi
kam bo’lsada, yuqori o’tkazuvchanlikka ega. O’tkazuvchanlik darajasiga ko’ra
jinslar o’tkazuvchan (shag’al, graviy, qum), kam o’tkazuvchan (mayda zarrali qum,
lyoss) va o’tkazmaydigan (gil, zich cho’kindi va kristall jinslar)ga bo’linadi.
Jinslarning o’tkazuvchanligi g’ovaklar o’lchami, darzlilik, kovaklar bor-yo’qligi
va sh.k. bilan aniqlanadi. Hamma cho’kindi jinslar, masalan, qumlar, qumtoshlar,
konglomeratlar, ohaktoshlar, dolomitlar u yoki bu darajada o’tkazuvchandir. Lekin,
gil, zich ohaktosh va dolomitlarning g’ovakliligi yuqori bo’lsada, suyuqlikni yomon
o’tkazadi, faqat bosim gradienti juda yuqori bo’lgandagina o’zidan gazni o’tkazishi
mumkin. Jarayonning bunday kechishiga jinslardagi g’ovaklar o’lchamining juda
kichikligi, ularda suyuqliklarni va hatto gazni harakatlana olmasligidadir.
Tajriba
o’tkazish orqali o’lchami 1 mkm
2
dan katta bo’lgan kapillyar g’ovaklarda neft
massasi harakatlana olishi aniqlangan, lekin bu muammo to’liq o’rganilmagan.
Absolyut (mutlaq), foydali(fazali) va nisbiy o’tkazuvchanliklar farqlanadi.
Mutlaq o’tkazuvchanlik jinslarning fizik xususiyatlarini ifodalaydi.
Mutlaq
o’tkazuvchanlik
tog’ jinslarining mineral skeleti bilan o’zaro ta’sirda bo’lmagan va
ularning ochiq bo’shliqlarini to’la to’yintiruvchi, ma’lum
bir qovushqoqlikka ega
bo’lgan suyuqlikning 1 sm
2
kesim yuzasidan (ma’lum bir bosim gradienti ta’sirida)
siljiyotgan hajm sarfi bilan o’lchanadi. Mutlaq o’tkazuvchanlikning o’lchov birligi
o’tkazuvchanlikniki bilan bir xil. Mutlaq o’tkazuvchanlik asosan laboratoriya usullari
yordamida aniqlanadi. Uning qiymati quyidagi tenglik bilan aniqlanadi:
K =
P
S
Q
,
bunda
Q
- suyuqlik sarfi;
-suyuqlikning qovushqoqligi; S - siljish yuzasi;
-
tsilindrsimon
namuna balandligi;
P
- namunaning yuqori va pastki qismlaridagi
bosim farqi.
Agar jinslar bir vaqtning o’zida turli suyuqliklar va gazlar bilan to’yingan bo’lsa,
ularning o’tkazuvchanligi suyuqliklar xususiyatiga va
ularning jinsdagi miqdoriga
bog’liq bo’ladi. Suyuqliklar har xil qovushqoqlikka ega bo’lsa, qovushqoqligi eng
kami harakatchan bo’ladi, agar ularning qovushqoqligi bir xil bo’lsada, miqdori har
xil bo’lsa, miqdori ko’pi harakatchan bo’ladi.
Geologik razvedka ishlarining izlov bosqichida tog’
jinslarining kollektorlik
xususiyatlarini o’rganishda mutlaq o’tkazuvchanlikdan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: