«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi


rasm. Turli jinslardagi g’ovaklar



Download 8,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/275
Sana30.04.2022
Hajmi8,36 Mb.
#595769
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   275
Bog'liq
НГ конлари геолoгияси

6.2 rasm. Turli jinslardagi g’ovaklar
(M.A.Jdanov, 
1981). Qumlar: a, b – zarralari saralangan va yaxshi 
silliqlangan, 
v
– har xil zarrali, yomon silliqlangan va 
kushsiz saralangan; 
g
– qumtoshlar, g’ovaklari 
tsementlovshi moddalar bilan qisman to’lgan; 
d
– darzli 
ohaktoshlar, g’ovaklari jinsning erishi tufayli qisman 
kengaygan; 
e
– massiv kristalli jinslar, g’ovaklari 
darzliklardan iborat


111 
Melcher usuli bilan aniqlanadi. Mutlaq g’ovaklilik (m
f
) quyidagi m
f
=1-V
3
/V
0
tengligi 
orqali topiladi. Bunda V
3
- namuna mineral qismi hajmi, V
0
- namunaning umumiy 
hajmi. 
Odatda kollektorlarning ochiq g’ovakliligi 10% dan 20% gacha o’zgaradi. 
Kollektorda darzliklar ko’p bo’lsa, ochiq g’ovaklilik 2-3% bo’lganda ham konlardan 
sanoat miqyosida neft olish mumkin. Tog’ bosimining ortishi g’ovaklilikning 
kamayib ketishiga sabab bo’ladi. CHunonchi, bosim 5-10

Pa ga etganda 
g’ovaklilikning boshlang’ich qiymati 60-80% ga kamayadi. Ochiq g’ovaklilikni 
aniqlashda gidrodinamika va geofizika usullaridan foydalaniladi. 
Foydali g’ovaklilik
tog’ jinslarining kollektorlik xususiyati bo’lib, bunda o’zidan 
suyuqlik o’tkazish qobiliyati tushuniladi. Son jihatdan foydali g’ovaklilik koeffisienti 
bilan tavsiflanadi. Uning qiymati suyuqlik siljiyotgan g’ovaklar hajmini tog’ 
jinsining umumiy hajmiga bo’lgan nisbatiga teng. Ko’pincha foydali g’ovaklilik 
deganda ochiq g’ovakliliklar va qoldiq suv bilan to’lgan g’ovakliklar orasidagi farq 
ham tushuniladi. 
Hisoblash ishlarida g’ovaklilik va g’ovaklilik koeffisienti miqdoridan 
foydalaniladi. G’ovaklilik koeffisienti (m) va g’ovaklilik (m
F
) quyidagicha 
aniqlanadi : m=
0
п
V
V , m
k
=
0
п
V
V

100, 
bunda V
p
- jins namunasining g’ovaklari hajmi; V
0
- jins namunasining umumiy 
hajmi. 
Jinslarning kollektorlik xususiyatlariga g’ovak(bo’shliq) lar shakli va o’lchami 
kuchli ta’sir etadi. O’lchamiga ko’ra quyidagilar farqlanadi: 
1) yuqori kapillyar g’ovaklar (diametri 0,508 mm dan katta), ularda suyuqlik 
harakati faol bo’lib, u erkin harakatlana oladi; 
2) kapillyar g’ovaklar (diametri 0,508-0,0002 mm), ularda ham suyuqlik 
harakatlana oladi; 
3) subkapillyar g’ovaklar (diametri 0,0002 mm dan kichik), bularda molekulyar 
kuchlar ta’siri juda yuqori bo’lganligi sababli jinslardagi mavjud bosimlar farqida 
suyuqliklar harakatlana olmaydi; shuningdek, suyuqliklar subkapillyar bo’shliqlar 
bilan qamrab olingan kapillyar g’ovaklarda mavjud bosim gradienti kuchi 
molekulyar kuchlar qiymatidan past bo’lganda ham harakatlana olmaydi. 
Jinslarning g’ovakliligi asosan zarralarning joylashishiga, shakliga, ularning 
silliqlanish va saralanish darajasiga, zarralarning katta-kichikligiga, sementlovchi 
moddalarning bor-yo’qligiga bog’liq. Tabiiy sharoitlarda jinslar g’ovakliligi turli 
o’lcham va qiyofaga ega bo’ladi, ko’pgina yirik g’ovaklar jinslarning mayda zarralari 
yoki sement modda bilan to’lgan yoki qisman to’lgan bo’lishi mumkin. 
Gil va karbonat sementlar jins g’ovakliligini sezilarli pasaytiradi. Kuchli 
sementlangan qumtoshlarda ba’zan u bir necha foizgacha pasayadi. G’ovaklilik 
qiymatiga har xillik koeffisienti ham ta’sir etadi. SHu sababli jinsdagi g’ovaklilik 
qiymati keng miqyosda o’zgaradi. Masalan, ayrim cho’kindi jinslarda ularning 
o’zgarishi quyidagichadir (%da): 


112 
G’ovakliligi 10% gacha bo’lgan qumtoshlarning kollektorlik xususiyatlari past 
bo’lib, amaliyotda sanoat ahamiyatiga ega bo’lolmaydi. Karbonatli kollektorlarda 
g’ovak kanallarining o’lchami kattaligi sababli karbonat jinslarning g’ovaklilik 
qiymati 10-7% bo’lganda ham yaxshi kollektorlik xususiyatlariga ega bo’ladi. 
Ma’lumki, laboratoriya sharoitida g’ovaklilik quduqdan olingan kern yoki 
namuna orqali aniqlanadi. Zarralari o’zaro birikkan jinslar (gil, alevrolit, slanets va 
b.)ning mutlaq g’ovakliligi kern bo’yicha Melcher usulida, yirik zarrali kuchsiz 
sementlangan qumtoshlar g’ovakliligi Preobrajenskiy metodi yordamida aniqlanadi. 
Kern yoki namuna mahsuldor qatlamning qalinligini juda oz foizini tashkil qilganligi 
hamda kern olingan intervalni quduq kesimi, chuqurligiga mos kelishini aniq bilib 
bo’lmasligi sababli mahsuldor qatlamning g’ovakliligi to’g’risida to’liq fikr yuritib 
bo’lmaydi. Kesimda bo’sh g’ovakli jinslar ochilsa, kolonkali doloto bilan kern olib 
bo’lmaydi, shuningdek, quduqni burg’ilash tezligining ortib borishi sababli 
laboratoriya tahlili uchun kern olish texnik-iqtisodiy jihatdan ham murakkabliklar 
keltirib chiqaradi. 
Jinslarning g’ovakliligini o’rganishda kon-geofizika tadqiqotlari muhim 
ahamiyatga ega. Bunday hollarda mahsuldor qatlamning to’liq qalinligi bo’yicha 
g’ovaklilik ma’lumotlarini aniqlash mumkin. 
Hozir jinslarning g’ovakliligini kon-geofizika metodlari bilan o’rganishda PS 
karotaji dalillaridan keng foydalaniladi. Bunda quduq kesimida mavjud bo’lgan 
biron-bir qalin, bir xil tarkibli jins uchun chizilgan PS egri chizig’i amplitudasi 
kesimning turli intervallariga tuzilganlari bilan taqqoslanadi. Bu usuldan mahsuldor 
jinslar g’ovakliligini taxminiy baholashda foydalaniladi. 
Neft qatlamining g’ovakliligini uning suvli qismidagi jinslarning solishtirma 
qarshiligi ma’lumotlari asosida aniqlash yaxshi va aniq natijalar beradi. Jinsning 
solishtirma qarshiligi va g’ovakliligi orasida ma’lum bir bog’liqlik (qatlam 
suvlarining minerallashganlik darajasi uning hamma qismida bir xilligi, kollektorning 
granulometrik tarkibini bir xilligi va b.) mavjud. Bunday bog’liqlik kollektor 
g’ovakliligining ortishi bilan undagi minerallashgan suvlarning miqdorining 
ko’payishida va o’z navbatida uning solishtirma qarshiligining kamayishida 
ko’rinadi. 
Qatlamning suvga to’yingan qismi uchun hisoblab topilgan g’ovaklilik qiymatini 
uning neftga to’yingan qismi uchun (qatlam kesimining litologik tuzilishi o’xshash 
bo’lganda) ham qabul qilish mumkin. 
Gilli slanetslar 
0,54-1,40 
Gillar 
6,0-50,0 
Qumlar 
6,0-52,0 
Qumtoshlar 
3,5-29,0 
Ohaktoshlar 
2,0-33,0 
Dolomitlar 
6,0-33,0 
Zich ohaktoshlar va dolomitlar 
6,5-2,5 


113 
Quduq kesimi jinslarining g’ovakliligini mikrozondlar va neytron karotaj 
yordamida olib borilgan tadqiqotlar natijalaridan foydalanib aniqlash samarali 
hisoblanadi. 
Kon-geofizikasi tekshiruvlarini olib borishda neftga to’yingan jinslarning 
g’ovakliligini aniqlash maqsadida dastlab mahsuldor jinslar kesimidagi bir xil 
intervallardan olingan kerndan aniqlangan g’ovaklilik qiymatini kon-geofizikasi 
tadqiqotlari natijalari bilan solishtirib ko’rish lozim. Agar ikki usul bilan aniqlangan 
natijalar bir-biriga yaqin yoki mos kelsa, u holda ushbu konda jinslar g’ovakliligini 
faqat kon-geofizika tadqiqotlari bilan aniqlash mumkin. Bu usul iqtisodiy jihatdan 
samarali hisoblanadi. 
Uyum maydoni bo’ylab g’ovaklilikning taqsimlanish yo’sinini o’rganish uchun 
teng g’ovaklilik xaritasi
, ya’ni neft qatlamining teng g’ovaklilikka ega bo’lgan 
nuqtalarini tutashtiradigan izochiziqli xarita tuziladi. Xaritada asosan g’ovalilik 
koeffisienti qiymati qayd etiladi. Bunday qiymat quduqda bajarilgan karotaj 
diagrammasini izohlash, qatlam qalinligi bo’yicha g’ovalilik koeffisientining 
o’rtacha qiymatini hisoblab va olingan kernni o’rganib topiladi. Xaritadagi 
izochiziqlar g’ovaklilik darajasi bilan bir qatorda qatlam jinslari g’ovakliligining 
taqsimlanish tavsifini ham ko’rsatadi. Teng g’ovaklilik xaritasini tuzishda olingan 
ma’lumotlar quduqlar belgisi oldiga yoziladi. So’ngra uchburchak usulida 
interpolyatsiya qilinib, g’ovaklilikni maydon bo’ylab o’zgarish yo’sini izochiziqlarda 
ifodalanadi. Bunday xaritalarni quduq kesimi bo’ylab ishonchli ma’lumotlar 
to’planganda tuzish maqsadga muvofiq. 
Agar ma’lumotlar etarli bo’lmasa, g’ovaklilikni xaritada quduqlar joylashgan 
yerda shartli belgilar bilan ko’rsatish yaxshi natija beradi. G’ovaklilik qiymatiga 
ko’ra boshqa joylardan ajralib turadigan lokal uchastkalar bir rangda bo’yaladi. 

Download 8,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   275




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish