«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi



Download 8,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/275
Sana30.04.2022
Hajmi8,36 Mb.
#595769
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   275
Bog'liq
НГ конлари геолoгияси

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


105 
 
6-bob.
NEFT VA GAZ KONLARI JINSLARINING TAVSIFI 
VA ASOSIY XUSUSIYATLARI 
 
Neft uyumlarini ishlatishning samarali tizimini yaratish va ulardan unumli 
foydalanishni tashkil etish uchun neftli jinslarning litologik-fatsial va kollektorlik 
xususiyatlarini mufassal o’rganish zarur. Tog’ jinslarining tarkibi, tuzilishi va 
ularning mahsuldor qatlam maydoni bo’ylab taqsimlanishini bilish quduqlarni 
oqilona joylashtirish, qatlamga ta’sir etish tadbirlarini ishlab chiqish va haydash 
quduqlari burg’ilanadigan joylarni asoslash imkoniyatini beradi. Neftli jinslarni 
mukammal o’rganmasdan turib neft uyumining suvlanishini, neftli qatlamning 
ishlanganlik yo’sinini nazorat qilish hamda yuqori neft beraolishlik koeffisientiga 
erishish mumkin bo’lmaydi. 
SHu sababli neftli jinslarni o’rganish masalasiga etarli darajada e’tibor berilishi 
lozim. 
6.1. TOG’ JINSLARINING FATSIAL-LITOLOGIK TUZILISHI 
VA KOLLEKTORLIK XUSUSIYATLARI 
 
Neftli va gazli jinslarning litologik va fatsial tuzilishini o’rganish neft va gaz 
konlarini ishlatishda, razvedka va ishlatish quduqlarini oqilona joylashtirishda va 
b.larda muhim ahamiyatga ega. Ko’pdan-ko’p neft va gaz yer osti saqlagichlari 
cho’kindidan hosil bo’lgan jinslardan ― qum, qumtosh, konglomerat, ohaktosh, 
dolomit va sh.k. dan tarkib topgan. Boshqa yo’l bilan hosil bo’lganlari, masalan, 
magmatik va metamorfik jinslar kamdan-kam hollardagina yer osti neft saqlagichlari 
bo’laoladi. yer yuzasining turli uchastkalarida fizik-geografik sharoitlarning 
o’zgaruvchanligi har xil genetik tipdagi cho’kindi va fatsiyalarning to’planishiga 
sabab bo’ladi. 
Fatsiya
deganda bir xil sedimentatsiya sharoitida cho’kindilar hosil bo’lishi 
tushuniladi. Demak, fatsiya bir xil tarkibli cho’kindi hosil bo’ladigan tabiiy fazoviy 

vaqtli sistema bo’lib, ma’lum bir fizik-kimyoviy sharoitlarda tarkib topadi. Har bir 
fatsiyaga fizik-kimyoviy va gidrodinamik jarayonlarning muayyan va bir xil tipi 
hamda aniq fauna va florasi xos. Fatsiyani murakkab tabiiy sistema sifatida 
o’rganishda topografik (topofatsiyalar), biologik (biofatsiyalar), cho’kindi 
(sedifatsiyalar), gidrokimyoviy va hokazo fatsiyalarni ajratish mumkin. Masalan, 
delta topofatsiyasi, dolomit loyqali sedifatsiya va shunga o’xshash fatsiyalar. Fatsiya 
nomi umuman topofatsiya nomiga mos keladi. 
Fatsiyalarning hosil bo’lishini fizik-geografik, fizik-kimyoviy sharoitlariga ko’ra 
dengiz, kontinental va laguna turlarini ajratish mumkin. Dengiz fatsiyasi cho’kindi 
jins qatlamlari orasida eng ko’p tarqalgan. Qadimiy dengizlarning qirg’oqqa yaqin 


106 
zonalarida yotqazilgan cho’kindilar tarkibi turli-tuman bo’lib, ularning asosiy qismi 
neft-gazga boy jinslardan iboratdir. 
Barqaror tektonik va iqlimiy sharoitli oblastlar maydonida hosil bo’lgan va 
genetik jihatdan o’zaro bog’liq bo’lgan fatsiyalar majmui 
formatsiyani
hosil qiladi. 
CHo’kindi formatsiyalarning platforma va geosinklinal turlari ajratiladi. Platforma 
formatsiyalari platformada hosil bo’ladi. Tektonik harakatlar shiddatining sustligi 
jinslar guruhining geologik tarkibini aks ettiradi. Dinamik barqaror bepoyon 
sedimentatsiya havzalari turg’un biogen va xemogen yotqiziqlarning katta 
maydonlarda to’planishiga sharoit tug’diradi. Karbonatli, terrigen-karbonatli va 
galogen formatsiyalar keng tarqalgan qadimiy platformalarda bunday sharoitlar 
mavjud bo’lgan.
Dinamik faolroq yosh platformalarda terrigen formatsiya jinslari ko’p uchraydi. 
Karbonat va galogen platforma formatsiyalarining hosil bo’lishida iqlim muhim rol 
o’ynaydi. Magmatik, trapp, kimberlit, traxibazalt va tarkibi bir-biriga yaqin boshqa 
formatsiyalarning bir xil hosilalari uchraydi. 
Geosinklinal formatsiyalar geosinklinallarda hosil bo’ladi. Geosinklinal rejim 
sharoiti yuqori tezlik, tektonik harakatning tabaqalanishi va keskin farqlanishi - 
vulkanik, kimyoviy, biologik yo’l bilan hosil bo’lgan tog’ jinslari tarkibining har 
xilligi, to’planishining tezligi, fatsiyalarning qalinligi va rang-barangligi bilan ajralib 
turadi. SHuningdek, turli intruziv magmatizmlarning yuzaga kelishi va gidrotermal 
jarayonlarning rivojlanishi tog’ jinslarining shiddatli o’zgarishiga sabab bo’ladi. 
Geosinklinallarning rivojlanishini erta bosqichiga kremniyli-vulkan, aspidli, andezit-
bazaltli formatsiyalar; o’rta bosqichiga - grauvakkali, gilli, flishli, andezitli, rifli 
formatsiyalar; 
kechki 
bosqichiga-quyi 
molass, 
vulkanogen-molass, 
tuzli 
formatsiyalar xosdir. Bu formatsiya yotqiziqlarining litologik tarkibi vertikal va 
gorizontal yo’nalishlarda o’zgaruvchandir. 
Cho’kindi jinslar hosil bo’lishiga ko’ra chaqiq, xemogen va organogen turlarga 
bo’linadi; chaqiq jinslar bo’sh-sochiluvchan yoki zarralari o’zaro birikkan - 
sementlangan bo’ladi. 
Qum-alevritli jinslar zarrachalarining shakli, silliqlanish darajasi, saralanishi 
cho’kindi to’planish sharoitlariga ko’ra bir-biridan farq qiladi. SHunga ko’ra bir 
rayondagi neft-gazli jinslar kvarts qumlari yoki qumtoshlaridan tuzilgan bo’lsa, 
boshqa rayondagilari dala shpati mineraliga boy bo’lgan polimikt jinslardan tarkib 
topgan bo’ladi. 
Jinslarning kollektorlik xususiyatlari ularning g’ovakliligi va o’tkazuvchanligi 
miqdori bilan baholanadi, shuningdek, u zarralar shakli va zarra fraksiyalari miqdori, 
zarralarni biriktirib turuvchi sement xususiyatiga hamda gil minerallarning bor-
yo’qligiga qarab belgilanadi. 
V.P.Baturin va P.P.Avdusinlar olib borgan ilmiy tadqiqotlar jinslarning 
kollektorlik xususiyatlariga ularning litologik tarkibi bilan bir qatorda zarralarning 
katta-kichikligi va bir xilligi ham ta’sir etishini ko’rsatdi. Bunga ko’ra kvarts 
zarralardan tuzilgan qum jinslarning o’tkazuvchanligi yuqori, dala shpati zarralaridan 
tuzilganlarining o’tkazuvchanligi kam, gilli slanets va fillitlardan tarkib 


107 
topganlariniki juda ham kam o’tkazuvchanlikka ega. Jinslarning kollektorlik va 
o’tkazuvchanlik xususiyatlariga slyuda va gil minerallar salbiy ta’sir ko’rsatadi. 
Yuqori g’ovaklilik va o’tkazuvchanlikka ega bo’lgan ayrim jinslar tarkibida neft 
saqlasada, kon-geologiyasi nuqtai nazaridan ularni kollektor, deb atab bo’lmaydi, 
chunki ishlatish chog’ida u ichidagi neftni bermaydi. Shu sababli 
neft va gaz 
kollektorlari
deganda nafaqat o’zida flyuidlarni saqlaydigan, balki uyumni ishlatish 
chog’ida ularni o’zidan chiqara oladigan tog’ jinslari tushuniladi. 

Download 8,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   275




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish