282
Erigan gaz rejimli neft uyumlari uchun yakuniy neft
beraolishlik koeffitsienti
neftning qovushqoqligiga, qatlam neftining hajmiy koeffitsientiga, neftda gazning
eruvchanligiga, qatlamning har xillik darajasiga bog’liq.
Umuman quyidagilarni ta’kidlash mumkin. Qovushqoqligi kam bo’lgan neftning
qovushqoqligi yuqori bo’lganlariga nisbatan neft beraolishlik koeffitsienti yuqori
bo’ladi, chunonchi:
n
=0,4-25 mPa
s bo’lganda
qariyb 0,65,
n
=2,5-5,0 mPa
s
bo’lganda
0,60 va
n
=5,4 mPa
s bo’lganda
0,50 ga teng bo’ladi.
SHuningdek,
qatlamning suv o’tkazuvchanligi
ning o’lchamiga ta’sir ko’rsatadi: masalan,
qatlamning suv o’tkazuvchanligi 0,2x10
-12
m
3
/(mPa
s) bo’lsa,
qariyb 0,43 ga,
(0,2
0,4)x10
-12
m
3
/(mPa
s) da esa
0,53 bo’ladi va 0,4x10
-12
m
3
/(mPa
s) ga teng
bo’lganda esa
0,60-0,65 ga etadi.
Ma’lumki, hajmiy koeffitsienti yuqori bo’lgan neftli qatlamni ishlatishda
qatlamning neft beraolishlik koeffitsienti kam bo’ladi va aksincha hajmiy
koeffitsienti kam bo’lgan neftli qatlamni ishlatishda
uning neft beraolishlik
koeffitsienti yuqori bo’ladi. Nihoyat, gazning neftda eruvchanlik koeffitsienti yuqori
bo’lgan neftli qatlamlarda
ning qiymati gazning neftda eruvchanlik koeffitsienti
kam bo’lgan qatlamlarga nisbatan yuqori bo’ladi.
Neft hoshiyalari uchun neft beraolishlik koeffitsienti qiymati mahsuldor
qatlamning kollektorlik xususiyatlariga, neft hoshiyasining vertikal bo’yicha
qalinligiga va neftning qovushqoqligiga bog’liq holda 0,10-0,12 dan 0,20-0,25
atrofida o’zgaradi.
Geologik tuzilishi har xil tarkibli bo’lgan neft qatlamlarini samarali ishlatish va
neft beraolishlikni yuqori darajaga ko’tarish
uchun uyumni ikki bosqichda
burg’ilashni loyihalash maqsadga muvofiq. Birinchi bosqichda
ishlatish va haydash
quduqlari bir maromdagi siyrak to’r bo’yicha burg’ilanadi, ikkinchi bosqichda
zaxira (rezerv) quduqlar burg’ilanadi.
Birinchi bosqichda burg’ilangan ishlatish quduqlari qatlamning asosiy qismini
ishga tushirishi va uyumni ishlatishning birinchi yillarida ehtiyojga yarasha neft
chiqarilishini ta’minlashi lozim.
Zaxira quduqlari geologik ma’lumotlarga asoslangan holda qatlamning
ishlamayotgan
uchastkalarini qamrab olib, uni to’liq ishlatish maqsadida
loyihalashtirilishi maqsadga muvofiq bo’ladi. Zaxira quduqlarini joylashtirishda
qatlamga suv bostirish sistemasining takomillashtirishga yo’naltirilgan tadbirlar ham
hisobga olinishi lozim.
Zaxira quduqlarining soni suv va neft qovushqoqligi nisbatiga, burg’ilanadigan
quduqlar to’rining zichligiga va qatlamning har xil tarkibdaligiga bog’liq.
Umuman zaxira quduqlarining soni uyumning geologik tuzilishining
murakkabligiga qarab aniqlanadi. Tuzilishi nisbatan bir xil bo’lgan
ishlatish
ob’ektlaridagi uyumlar va qovushqoqligi yuqori bo’lmagan neft uyumlari uchun
zaxira quduqlari fondi quduqlarning umumiy sonining 10% dan ortiq bo’lmasligi
kerak. Mahsuldor qatlamlar litologik tuzilishining har xillik darajasi va neft
qovushqoqligi yuqori bo’lgan uyumlar bo’yicha quduqlarning zaxira fondi ularning
asosiy fondining 30 % ni tashkil etishi mumkin. Zaxira quduqlari odatda suv haydash
va uyumni ishlatish quduqlari kam bo’lgan uchastkalarda joylashtiriladi.
283
Demak, qatlamni ikki bosqichli burg’ilashning asosiy vazifasiga uyumni har
tomonlama to’liq o’rganish, ishlatish sur’atini oshirish va yakuniy neft beraolishlikni
ko’paytirish kiradi.
Texnik-iqtisodiy va gidrodinamik hisoblashlardan ma’lum bo’lishicha,
qatlamning yuqori darajadagi
neft beraolishligi bir qatorli, blokli va maydoniy suv
bostirish sistemalarini loyihalash orqali amalga oshiriladi. Qatlamga jadal suv
bostirish sistemasining ko’p qatorli ishlatish sistemasidan afzalligi qatlamlarning
noqulay geologik-fizik xususiyatlari namoyonlanganda ko’zga tashlanadi.
Neft beraolishlik koeffitsientini oshirish uchun uyumni ishlatishning bunday
jadal sistemalarining qovushqoqligi yuqori bo’lgan neft uyumlariga tadbiq etish ham
maqsadga muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: