10.2.2. Konni ishlatish sistemalari
Ko’p qatlamli yoki yirik konni samarali ishlatish jarayonini ta’minlovchi
texnologik va texnik tadbirlar majmuasi. Konni ishlatish sistemasi ishlatish
ob’ektlarini ajratish, ularni o’zlashtirish tartibi, ob’ektlarning ishlatish sistemasini
tanlash vazifalarini ratsional hal etishga asoslanadi.
Ko’p qatlamli konlarda qatlamlarni ketma-ket ishlatishning turli variantlari
qo’llaniladi.
Konni ishlatishning
yuqoridan-pastga
sistemasining mazmuni shundayki, bunda
konni burg’ilashda pastda joylashgan mahsuldor qatlamlar yuqoridagilari to’liq
burg’ilab bo’lingandan so’ng ketma-ket ishlatishga jalb qilinadi. Konni ishlatishning
yuqoridan-pastga sistemasi sobiq SSSR da 1930 yilgacha qo’llanib
kelindi.
Quduqlarni aylanma burg’ilash usulida gil eritmasidan foydalanib qazish
mumkin bo’lgach, konni ishlatishning
pastdan-yuqoriga
sistemasi qo’llanila
boshlandi. Quduq tanasini gil eritmasi bilan yuvish, sementlash ishlarini bosim ostida
bajarish va sh.k. yuqorida joylashgan gorizontlarni to’liq ishlatib bo’linishini
kutmasdan, pastdagi gorizontlarni ishlatishga kirishish imkonini yaratdi. Burg’ilash
sohasidagi texnika taraqqiyoti ishlanayotgan pastki gorizontlardan u yoki bu
sabablarga binoan ishlatishga jalb etilmagan va yuqorida joylashgan gorizontlarga
qaytish masalalarini hal qilishga yordam berdi.
Konni ishlatishning pastdan-yuqoriga sistemasi geolog M.V.Nikitin tomonidan
1930 yilda taklif etildi va dastlab Ilich buxtasida (Rossiya Federatsiyasi) qo’llanildi.
Bu sistemaga muvofiq birinchi navbatda pastki-asos(tub) – gorizont ishga tushiriladi,
undan so’ng yuqorida joylashgan – mahsuldor gorizontlarga qaytiladi va ular
pastdagi gorizont to’liq burg’ilab bo’lingandan so’ng ketma-ket ishga tushiriladi.
243
Konni ishlatishning pastdan-yuqoriga sistemasidan foydalanishda dastlab razvedka
ishlari bajarilishi va neftli svita to’liq o’rganilgan bo’lishi shart.
Uyumni ishlatishning
murakkab
sistemasi quyidagi tartibda bajariladi: a) har bir
qavatdagi qatlamlar mustaqil quduqlar turkumi bilan burg’ilanadi; b) har bir qavat
ichidagi qatlamlar pastdan-yuqoriga sistemasi bo’yicha burg’ilanadi; v) qavatlarni
burg’ilash tartibi turlicha: yuqoridan
pastga, pastdan
yuqoriga yoki bir vaqtning
o’zida yuqoridan
pastga va pastdan
yuqoriga bo’lishi mumkin.
Ko’p qatorli quduqlarni
burg’ilash metodi 1951 yilda Azneft birlashmasi
(Ozarbayjon Respublikasi) muhandislari tomonidan ko’p qatlamli konlarni ishlatish
paytida taklif etilgan. Burg’ilashning bu yangi metodi bir quduq ichiga ikki yoki uch
quvurlar birikmasini tushirish va turli chuqurliklarda joylashgan bir nechta neft
gorizontlarini bir vaqtda ishlatish imkonini beradi. Konni ishlatishning bu
sistemasida neftli qatlam qavatlarga shunday ajratilishi lozimki, uning har birida
tayanch gorizontdan tashqari qaytish gorizontlarining soni uchtadan ko’p bo’lmasligi
kerak. Quduqlar ikkita yoki uchta ishlatish ob’ektini ochishga mo’ljallangan bo’lib,
asosan ikki yoki uch qatorli qilib loyihalanadi. Dastlab quduq katta diametrli doloto
bilan (loyihalangan ko’p sonli kolonnalarni joylashtirish maqsadida) burg’ilanadi,
chuqurlik ortgan sari (tushiriladigan konlonnalar sonining kamayishi hisobiga) quduq
kichik diametrli doloto bilan qaziladi. So’ngra quduqqa tushirilgan quvurlar
birikmasining tashqi bo’shlig’iga sement qorishmasi haydaladi va har bir quvurlar
birikmasi tayanch gorizont qarshisida teshiladi. Tayanch gorizontdagi neft chiqarib
olingach, unga sement haydaladi va qaytish gorizonti qarshisida quvur yana teshiladi.
Qatlamlarni
bir yo’la-ayrim ishlatish
imkoniyatlari keng bo’lib, qatlamlarga
ta’sir etishning zamonaviy texnologiyalaridan foydalanib, bir quduqda bir nechta
qatlamlarni ayrim-ayrim ishlatish mumkin bo’ladi. Ajratilgan yirik ob’ektlarda
qatlamga suv bostirish metodlarini qo’llash orqali qazilgan kam sonli quduqlarning
debitini oshirib, ob’ektlarni qisqa muddatda va yuqori sur’atda ishlatish mumkin
bo’ladi. Natijada katta iqtisodiy samaraga erishiladi.
70- yillardan boshlab O’zbekiston Respublikasi neft-gaz sanoati amaliyotida
yangi ko’p qatlamli konlarni ishlatish loyihasini tuzishda ikki, uch va undan ko’p
qatlamlarni birlashtirib, bir quduq bilan ishlatish keng qo’llanilmoqda, bunda
haydash va neft quduqlarida bir yo’la-ayrim ishlatish uskunalaridan keng
foydalanilmoqda.
Haydash quduqlarida bir yo’la-ayrim ishlatish metodi qo’llanganda turli
o’tkazuvchanlikka ega bo’lgan qatlamlarda haydash bosimi teng taqsimlangandagina
unga kerakli hajmdagi suvni yuborish mumkin bo’ladi, neft quduqlarida esa – har bir
qatlamning mahsuldorligiga va qatlamning bosimiga mos keluvchi depressiyani
yuzaga keltirib, hamma qatlamlardan kerakli miqdorda neft olish mumkin.
Bir yo’la-ayrim ishlatish metodini joriy qilishdan avval ko’p qatlamli ob’ektni
ishlatishda birmuncha vaqt hamma qatlamlarning birgalikda ishlatishni ta’minlash
lozim. Bu davrda haydash va ishlatish quduqlarida birgalikda ishlayotgan
qatlamlarning har birining parametrlarini tavsiflovchi ma’lumotlarni: mahsuldorligi,
debiti, suyuqlik qabul qilaolishligi, qatlam bosimi va sh.k.ni aniqlash maqsadida kon-
geologik tadqiqotlar bajariladi. Undan so’ng ob’ekt bir yo’la-ayrim ishlatish rejimiga
244
o’tkaziladi, bunda qatlamlarning ishlatilishi qattiq nazorat qilinadi, zarur hollarda
ishlatish jarayonini boshqarishga tuzatishlar kiritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |