238
foydalanilgan. Keyinchalik (1975 yildan boshlab) ularni ishlatish dastlab ishlatish
ob’ektlarini ajratish va keyinchalik har bir kon uchun alohida-alohida ishlatish
loyihasini tuzish bilan boshlanib, bunda qatlamlarda
neft va gaz uyumlarining
taqsimlanishi va ishlatish ob’ektlarining soni ham hisobga olinadigan bo’ldi.
Ayrim neft gorizontini ishlatish quyidagi elementlar bilan tavsiflanadi:
quduqlarning joylashish to’rining shakli, quduqlar orasidagi masofa (quduqlar
to’rining zichligi), uyumni ishlatish sur’ati, uyumni burg’ilash tartibi va qatlamga
ta’sir etish metodi va b. Ushbu elementlar
konni ishlatish sistemasining mazmunini
tashkil etadi.
Qayd qilingan har bir element bo’yicha ishlatish ob’ektining geologik tavsifiga
javob beradigan qarorlar qabul qilinadi. Kon-geologik tadqiqotlar ma’lumotlari
asosida ikkita-uchta tavsiyalar ishlab chiqiladi. Ularga asoslanib konni ishlatish
texnologiyasiga mutasaddi mutaxassislar tomonidan konni ishlatishning hamma
variantlari bo’yicha gidrodinamik hisoblash ishlari bajariladi va konni oqilona
ishlatish sistemasi talablariga javob beradigan qulay variant tanlanadi.
Ishlatish ob’ektini belgilash va ishlatish sistemasi variantlarini tanlash
loyihalarini tuzish chog’ida har bir uyum va kon uchun ishlab chiqilgan geologik
modelga asoslaniladi.
Geologik model
kon-geologik
xaritalar va sxemalar
majmuidan, uyumni turli parametrlarining o’zaro bog’liqligini tavsiflovchi raqamli
ma’lumotlardan, grafiklar, egri chiziqlar hamda uyum xususiyatlarini ifodalovchi
matndan iborat bo’ladi.
Xarita va sxemalarga
quydagilar mansub: konning umumlashtirilgan litologik-
stratigrafik kesimi; mufassal taqqoslash sxemasi; ishlatish ob’ektining tektonik
tuzilishini ifodalaydigan struktura xaritalari; neft-gazlilikning boshlang’ich
chegaralari tushirilgan
kollektorlar yuza xaritasi; ishlatish ob’ekti bo’yicha neft va
gazning yotish sharoiti qayd qilingan geologik kesmalar; kollektorlarning tarqalish
xaritasi (har bir qatlam uchun alohida tuziladi); ob’ekt bo’yicha va ayrim qatlamlar
bo’yicha neft va gazga to’liq to’yingan qalinlik, foydali qalinlik xaritalari va b. Agar
uyum o’ziga xos xususiyatga ega bo’lsa, qo’shimcha xarita va sxemalar (suv-neft
tutash yuzasi va gaz-suv tutash yuzasi sxemasi, turli tipdagi kollektorlarning tarqalish
xaritasi, temperaturalar xaritasi, nur yutish koeffitsienti xaritasi, o’tkazuvchanlik
xaritasi va b.) tuziladi.
G’ovaklilik, o’tkazuvchanlik, jins-kollektorlarning boshlang’ich neft-gazga
to’yinganligi; neft-gazga to’liq to’yingan foydali qalinlik; qatlamlar oralig’idagi
o’tkazuvchan jinslar qalinligi, qatlam nefti, gazi, kondensati, suvining fizik-kimyoviy
xususiyatlari ma’lumotlari raqamli dalillar toifasiga kiradi.
Har bir parametr uchun
turli metodlar yordamida aniqlangan dalillar va tadqiqotlar bajarilgan quduqlar
miqdori; aniqlangan parametrlar qiymatlarining o’zgarish chegara(interval)lari
aniqlanadi; ierarxiyaning hamma bosqichlari uchun qatlam tarkibining har xilligi
baholanadi; yaxlit ob’ekt uchun yoki uning bir qismi uchun parametrlarning o’rtacha
qiymati ko’rsatiladi.
Raqamli dalillar
guruhiga, shuningdek, o’tkazuvchanlikning qatlamda
taqsimlanishining statistik qatori; qatlamlarning meta va makro har xilligi (turli
tipdagi kollektorlar hajmining o’zaro nisbati, qumlilik, tabaqalanish – bo’linish,
uzluksizlik, qo’shilish va b. koeffitsientlari); termobarik sharoitlar; ob’ektni ishlatish
239
chog’ida neft-gazni siqib chiqarishda foydalaniladigan omillarning laboratoriya
sharoitida aniqlangan fizik-gidrodinamik tadqiqotlari natijalari ham kiradi.
Konning geologik modelini tavsiflovchi muhim raqamli dalillarga quyidagilarni
kiritish mumkin: neft, gaz va kondensatlarning balans
va olinadigan zaxiralari,
qimmatbaho yo’lakay komponentlar; neftlilik maydoni o’lchami; uyumning kengligi,
uzunligi va balandligi; uyumning ayrim qismlari - toza neft, suv-neft, neft-gaz, neft-
gaz-suv, gaz-suv zonalari o’lchami qiymatlari va b.
Parametrlarning o’zaro bog’liqligini tavsiflovchi
egri chiziqlar
qatoriga neft va
gazlarning fizik xususiyatlarining bosim va temperaturaga bog’liq holda o’zgarishi,
o’tkazuvchanlikning
fazoviy
tavsifi,
siqib
chiqarish
koeffitsientining
o’tkazuvchanlikka bog’liqligi egri chiziqlari kiradi.
Uyumning geologik modelining
matn qismida
uning tabiiy rejimi bayon
qilinadi, yuqorida qayd qilingan materiallar asosida uyumning asosiy geologik-fizik
xususiyatlarini tavsiflash, konni ishlatish sistemasining texnologik echim
variantlarini va ishlatish sistemasini tanlash hamda uyumni taxmin qilingan ishlatish
ko’rsatkichlariga ta’sirini aniqlash mumkin bo’ladi.
Ko’p qatlamli neft konlarining va ayrim neft gorizontining ishlatish sistemalari
qatlamga ta’sir etish metodlari bilan farqlanadi. Qatlamga suv bostirish
metodlarining quyidagi turlari mavjud: chegara tashqarisiga suv bostirish,
chegara
ichra suv bostirish, chegara bo’ylab suv bostirish, maydoniy suv bostirish, tanlab suv
bostirish, o’q bo’ylab suv bostirish, o’choqsimon suv bostirish va b.
Do'stlaringiz bilan baham: