9-bob. KONNI ISHLATISHGA TAYYORLASH Neft va gaz konlari yillar mobaynida qidirib topilgach razvedka qilinadi. Agar
kon sanoat ahamiyatiga molik deb topilsa, ishlatishga tayyorlanadi.
Konni ishlatishga tayyorlash bajariladigan geologik razvedka ishlarining oxirgi
bosqichida amalga oshiriladi. Bundan asosiy maqsad kon geologiyasi parametrlari
qiymatining ishonchliligini baholash, S
1
toifadagi zaxiralarni quduqlar va ob’ektlar
bo’yicha hisoblash, gaz konlarini ishlatishning texnologik sxemasini va tajriba-sanoat
loyihasini ishlab chiqish, neft va gazlarni chiqarib olish koeffitsientini aniqlash va
zaxiralarini hisoblash, konlarni ishlatish jarayonida bajariladigan tadbirlarni oxiriga
etkazish va b. dan iborat. Asosiy ishlar bajarilayotganda gaz-neft-suv tutash
yuzalarining holati aniqlanadi; neft, gazkondensat va qatlam suvlari debiti va
to’yinish bosimi o’lchanadi; quduqlarning samaradorlik koeffitsienti aniqlanadi;
uyumlarning chegara tashqarisi oblastlari bilan gidrodinamik bog’liqligi tadqiq
qilinadi; kollektorlarning filtratsiya va sig’im tavsifi hamda flyuidlarning fizik-
kimyoviy xususiyatlarini maydon va uyum kesimi bo’yicha o’zgarishi baholanadi;
neft chiqarib olish koeffitsientining qiymatini oshirish maqsadida quduq tubi va
uyumga ta’sir eta oladigan usullarni tanlashga imkon beradigan qatlam tavsifi
aniqlanadi.
Konni ishlatishga tayyorlash va ishlatish loyihalarini tuzish uchun zarur bo’lgan
kapital mablag’larni ajratish neft va yonuvchi gaz konlari tasnifiga binoan
belgilanadi. Bunday ishlarni bajarish uchun konlarda neft va gazning Vazirlar
Mahkamasi qoshidagi zaxiralar bo’yicha Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan
B va C
1
toifasidagi zaxirasi bo’lishi kerak. Yangi topilgan maydonda sanoat talabiga
javob beraoladigan neft va gaz koni topilgan vaqtdan boshlab konni ishlatishga
tayyorlashning muhim davri boshlanadi. Bu davrda quyidagi vazifalar ado etiladi:
1) konni ishlatishga tayyorlash loyihasi tuzilib, sanoat miqyosidagi razvedka
amalga oshiriladi. Bunday ishlar natijasida konni umumiy istiqboli aniqlanadi.
Razvedka qilish jarayoni mobaynida neftli va gazli gorizontlarning hammasi topilib,
ularning mahsuldorligi aniqlanadi;
2) belgilangan sanoat talabiga javob beraoladigan neftli va gazli gorizontlarning
chegarasi aniqlanadi va konlarni ilmiy jihatdan asoslangan ishlatish sistemasini
loyihalash uchun boshlang’ich ma’lumotlar olinadi. Binobarin ishlatish loyihasining
sifati ma’lum darajada boshlang’ich ma’lumotlar ishonchliligi va to’liqligiga
bog’liqdir. SHuning uchun ham bunday ma’lumotlarni yig’ishga, qayta ishlashga va
o’rganishga katta e’tibor berilishi lozim.