«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi


 rasm. Neft suv tutash yuzasi qiya



Download 8,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet132/275
Sana30.04.2022
Hajmi8,36 Mb.
#595769
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   275
Bog'liq
НГ конлари геолoгияси

7.29 rasm. Neft suv tutash yuzasi qiya 
bo’lganda neftlilikning ishki chegarasi 
holatini 
aniqlash 
sxemasi 

– 
mahsuldor qatlam tubining izogipslari, 
m; 2 – neft suv tutash yuzasining 
joylashgan shuqurligining izoshiziqlari, 
m; 3 – neftlilikning ishki 
chegara
si 


187 
neftga to’yingan foydali qalinlikning nol miqdorini bildiradi va 
neftlilikning tashqi 
chegarasini
anglatadi. 
Neftlilikning ichki chegarasining
holatini aniqlash uchun 
mahsuldor qatlamning ostki qismining struktura xaritasi tuziladi va bu xaritaga avval 
olingan neft-suv ajralish yuzasining izochiziqlari tushiriladi (7.29-rasm). 
Qatlamning ostki qismi va suv-neft tutash yuzasining bir xil qiymatli 
izogipslarining kesishgan nuqtalarida neftga to’yingan foydali qalinlik miqdori 
qatlamning foydali qalinligiga teng bo’ladi. Agarda qatlam qalinligi bo’yicha 
o’tkazuvchan bo’lsa, u neftlilikning ichki chegarasi holatiga mos keladi. 
 
7.4. QATLAM TEMPERATURASI 
 
Qatlam temperaturasi
deganda mahsuldor qatlamlarning tabiiy (boshlang’ich) 
temperaturasi tushuniladi. Uning qiymati temperaturaning ma’lum qonuniyatga ko’ra 
kon kesimi bo’yicha o’zgarishiga qarab aniqlanadi. Boshlang’ich temperatura 
mahsuldor qatlamdagi uglevodorodlarning fazoviy holatiga, qatlam suyuqliklari va 
gazlarining qovushqoqligiga va ularning filtrlash sharoitlariga kuchli ta’sir etadi.
Uyumlarni ishlatish jarayonida dastlabki temperaturadan past yoki yuqori 
bo’lgan temperaturadagi turli eritmalarni qatlamga haydash orqali uning tabiiy 
termodinamik sharoitlarini keskin o’zgartirib yuborish mumkin. Bundan tashqari 
quduq tubidagi va atrofidagi tog’ jinslarida issiqlik almashinish jarayonlari yuzaga 
keladi va bu qatlamdagi dastlabki temperaturaning o’zgarishiga sabab bo’ladi.
Qatlam nefti, suvi va gazining xususiyatlarini o’rganishda (qatlamni ishlatish, 
tahlil qilish va loyihalashda), qatlamning ishlash rejimini aniqlashda va yer osti 
suvlarining harakatlanish dinamikasini tadqiq qilishda, neft va gaz uyumlari hosil 
bo’lgan sharoitlarni bilishda va ularning turli strukturalarda joylashishini belgilashda, 
shuningdek, yer qobig’ining issiqlik maydonini (geofizik tadqiqotlar yordamida) 
aniqlashda qatlam temperaturasi muhim rol o’ynaydi. SHu bilan birga qatlam 
temperaturasi mustahkamlash quvurlarini sementlash va perforatsiyalash bilan 
bog’liq turli texnik masalalarni hal etishda katta yordam beradi. 
Quduqdagi temperatura maksimal termometr yoki elektrotermometr bilan 
o’lchanadi. Maksimal termometr bilan qatlamning faqat ma’lum nuqtasidagi 
temperatura o’lchanadi. Termometr quduqqa ingichka po’lat simi bilan YAkovlev 
chig’irig’i yordamida tushiriladi. Temperaturani yaxshi sezishi uchun o’lchanayotgan 
intervalda termometr 1-2 soat ushlab turiladi. Maksimal termometrdan foydalanishda 
uni turli zarbalardan saqlash uchun u metall g’ilof-gilzaga joylashtiriladi. Agar havo 
temperaturasi quduqdagi temperaturadan yuqori bo’lsa, termometrni quduqqa 
tushirishdan avval sovitish kerak bo’ladi. Temperaturani o’lchash qatlamning yuqori 
nuqtalaridan boshlanadi. Bunday sharoitda termometrni quduqqa tushirish va 
ko’tarishda eritmani u bilan aralashib ketishidan saqlash kerak. Buni nazorat qilish 
uchun quduqqa bir vaqtning o’zida 2-3 ta termometr tushiriladi.
Elektrotermometrdan foydalanish ancha qulay. Quduqqa elektrotermometr 
karotaj kabelida tushiriladi. Temperaturani o’lchash vaqti maksimal termometrda 
o’lchashga nisbatan ancha qisqa. Temperaturani mustahkamlash quvurlari bilan 
jihozlangan hamda jihozlanmagan quduqlarda ham o’lchash mumkin. O’lchashdan 
oldin quduq 20-25 sutka mobaynida tinch qoldiriladi. Bunda quduqni burg’ilash va 


188 
ishlatish paytida o’zgargan temperatura tabiiy holatiga qaytadi. Ammo kon sharoitida 
ko’pincha quduqni ishlatishdan to’xtatilgandan so’ng 4-6 soat o’tgach temperatura 
o’lchanadi. Burg’ilash jarayonida temperatura quduqda geofizika ishlarini o’tkazish 
vaqtida bajariladi. 
Ishlatish quduqlarida nasos yuqoriga ko’tarilgandan so’ng temperatura 
o’lchanadi. Bunday o’lchashlar faqat mahsuldor qatlam yotgan intervallarda amalga 
oshirilsa ishonchli bo’ladi. 
Qatlamning boshqa intervallari bo’yicha ishonchli ma’lumotlar olish uchun 
quduq gilli eritma bilan to’ldiriladi va uzoq vaqt (goho 20 sutkaga) to’xtatib 
qo’yiladi. Bunday hollarda temperaturani butkul ishlamayotgan yoki vaqtincha 
to’xtatib qo’yilgan quduqlarda o’lchash ma’qul. Temperaturani o’lchashda gaz 
namoyonlanishini inobatga olish kerak, chunki bunday paytda qatlamning tabiiy 
temperaturasi pasayishi mumkin. Temperaturani o’lchash natijasida olingan 
ma’lumotlardan geotermik bosqich va geotermik gradientni aniqlashda foydalanish 
mumkin. 
Geotermik bosqich
, ya’ni chuqurlik bo’yicha temperaturaning 1
0
S ga qonuniy 
ortish masofasi (metrda) quyidagi formula bilan aniqlanadi: 
t
T
h
H
G




(7.17) 
bunda G 

geotermik bosqich, m/
0
S; N 

temperatura o’lchangan chuqurlik, m; h 

doimiy temperaturali qatlam chuqurligi, m; T 

N chuqurlikdagi temperatura, 
0
S; t 

yer yuzasidagi havoning o’rtacha yillik temperaturasi, 
0
S. Geotermik bosqichni 
aniq tavsiflash uchun temperatura quduq tanasi bo’yicha o’lchanadi. Bunday 
ma’lumotlar kesimning turli intervallarida geotermik bosqich qiymatini hamda 
geotermik gradient qiymatlarini aniqlash imkoniyatini yaratadi. 
Geotermik gradient
doimiy temperaturali zonaning pastki chegarasidan boshlab 
temperaturaning har 100 m chuqurlikda ortishini ko’rsatadi. 
Geotermik gradient miqdori (G) quyidagicha aniqlanadi: 
h
H
100
t)

G




ga teng, 
(7.18) 
demak, geotermik bosqich bilan geotermik gradient orasidagi bog’liqlik 
quyidagi nisbat orqali aniqlanadi: 
G
100
G

.
(7.19) 
Termik tadqiqotlardan olingan ma’lumotlardan foydalanib, quduq kesimidagi 
gazli, neftli, suvli qatlamlar, shuningdek, neft konining geologik tuzilishi ham 
o’rganiladi. 
V.M. Nikolaev geotermik ma’lumotlardan yer osti suvlari dinamikasini va ular 
oqimining yo’nalishini kuzatish uchun foydalanish mumkinligini ta’kidlagan. 
Rus olimi G.M. Suxarev Tersk-Dog’iston neft-gazli oblastidagi chokrok 
gorizontining III guruh qumtoshlari bo’yicha yer qa’rining neft-gazliligini 
bashoratlash maqsadida geoizoterm xaritasini tuzadi. Olim suv almashinishi qiyin 
bo’lgan zonalardagi suvli majmualarda geotermik gredientning qiymati uning 
gipsometrik holatiga bog’liq bo’lishini aniqladi. Agar suvli majmua manfiy belgili 


189 
bo’lsa, bunday holatda geotermik gradientning qiymati ham eng past bo’ladi va 
aksincha, suvli majmua musbat belgili bo’lsa, geotermik gradient miqdori ham 
yuqori bo’ladi. Suv sust harakatlanadigan, ya’ni suv almashinish jarayoni sezilarli 
bo’lmagan zonalarda, geotermik bosqich mo’’tadil bo’ladi. Maydonning litologik 
tuzilishiga va strukturaviy sharoitlariga bog’liq holda suv harakati sust bo’lgan 
zonalarda geotermik bosqichning miqdori suv almashinishi kuchsiz va suv 
almashinmaydigan zonalar oralig’idagi qiymatlarga mos keladi. 
Geoizoterm xaritasida qumtoshlarning o’tkazuvchanligining kamayishi 
natijasida yer osti suvlari oqimi tezligining pasayishi, shuningdek, yer osti 
suvlarining dinamikasini va yer osti suvlarining harakatlash yo’nalishi va sh.o’. 
to’g’risida fikr yuritish mumkin. 
Amerikalik olim Van Orstrand AQShdagi neft konlari geotermiyasi borasida 
regional tadqiqotlar olib bordi. Uning fikricha, geotermik gradient antiklinal 
zonalarda ortib borib, sinklinal zonalarda kamayadi. Demak, antiklinallarda yuqori 
temperaturali zonalar, sinklinallarda esa past temperaturali zonalar bo’lar ekan. 
Ma’lumki, yer qobig’ining yuqori qatlamlarida (10-20 km) geotermik bosqich 
o’rtacha 33 m/
0
S ga teng va u yer sharining turli uchastkalarida har xil bo’ladi. 
Chunonchi, Rossiyaning Grozniy neftli oblastida geotermik bosqich 8-12 m/
0
S, 
Apsheron yarim orolida 21-37 m/
0
S, Moskvada 39,3 m/
0
S, Parijda 28,2 m/
0
S, 
Donbassda 28,0 m/
0
S, Bakuda 26,0 m/
0
S, bir qator Volga-Ural neft-gazli 
provintsiyalarida 80-100 m/
0
S, Janubiy Afrikadagi oltin konlarida 110 m/
0
S ga teng. 
Yuqorida qayd etilganlardan ma’lum bo’lishicha, neftning fizik holati va 
xususiyatlari (qovushqoqligi, sirt tarangligi, gazni yutish qobiliyati) temperaturaning 
past yoki yuqoriligiga qarab keskin o’zgarar ekan, binobarin neftning qatlam bo’ylab 
quduq tubi tomon harakatlanish qobiliyati ham o’zgaradi. 

Download 8,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   275




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish