185
Demak, istalgan bir fursatda suv-neft tutash yuzasini aniqlash masalasi u yoki bu
geologik sharoitlarga va bajarilgan tadqiqotlarning mukammalligiga qarab hal etiladi.
Erkin suvning yuzasini faqat g’ovaklari yoki yirik darzliklari bo’lgan
kollektorlarda to’g’ri aniqlash mumkin. Kapillyarligi yuqori bo’lgan, ayniqsa
kapillyar g’ovakli kollektorlarda suv-neft yuzasini aniqlash juda qiyin kechadi,
chunki tutash yuzaning holatiga kollektorlarning o’tkazuvchanligi, kapillyar bosimi,
neft va suvning fazaviy o’tkazuvchanligi, yuza tortishishi, shuningdek, suv-neft
jins sistemasidagi suyuq faza bilan jins oralig’idagi chekka burchakning o’lchami va
boshqa omillar sezilarli ta’sir etadi. Muhit yuzasi chegarasi sifatida aniqlanadigan
neft-suv tutash yuzasi neft va suv chiqarishda doimo erkin suv yuzasidan yuqorida
(goho juda yuqorida) joylashadi.
Neft-suv tutash yuzasi doimo gorizontal holatda bo’lmaydi, goho u egik holatda
joylashadi. Bu ta’minlanish oblastining o’lchami va joylashgan o’rniga,
kollektorning o’tkazuvchanligiga, yer osti suvlarining harakatlanish dinamikasiga va
sh.o’. bog’liqdir. V.P. Savchenkoning ta’kidlashicha, neft va gaz uyumlarining bir
joydan ikkinchi joyga siljishi (va neft-suv va gaz-suv tutash yuzalarining gorizontal
holatda bo’lmasligi) asosan qatlam suvlari harakatiga bog’liq. Uning fikricha, qatlam
suvlari bosimining farqi unchalik katta bo’lmaganda neft va gaz uyumlarining siljishi
amalda suvning harakat yo’nalishi bo’ylab sodir bo’lmaydi. Biroq suv bosimining
o’zgarish farqi 0,01 MPa ga yaqin bo’lsa yoki 1 km masofada 1 m dan ortiq o’zgarsa,
u holda gaz uyumlarining (o’lchami katta bo’lganda) siljishi suvning harakat
yo’nalishi bo’yicha bir necha metrga, neft uyumlarining siljishi esa bir necha o’nlab
metrga etishi mumkin.
Gaz-neft tutash yuzasi erkin gaz
miqdorining 100% ligini va gazning neftda
100%
eriganini
belgilovchi
chegara
hisoblanadi. Bunday hollarda neftdan gazga
o’tadigan zona mavjud bo’ladi. Neft-gaz
tutash yuzasi fizik xususiyatlari bir-biriga
o’xshash uglevodorodlar aralashmasida
chegara rolini o’ynaydi. SHuning uchun
ham bunday aralashmalarni bir-biridan
ajratish suv-neft tutash yuzasi chegarasini
aniqlashdan qiyin kechadi. Gaz qalpog’i
katta va neft xoshiyasi unchalik keng
bo’lmaganda gaz-neft tutash yuzasini
aniqlash ayniqsa murakkab bo’ladi.
Neft zaxiralarini hisoblashda neftga
to’yingan qatlamning foydali qalinligi
bo’yicha izopaxit xaritalarini tuzishda
tutash yuzalarni to’g’ri aniqlash lozim.
Neft uyumi balandligi unchalik katta
bo’lmagan qiya strukturalardagi suv-neft
tutash yuzasining holatini mukammal belgilash zarur, chunki kichik bir xatolik ham
Do'stlaringiz bilan baham: