186
neft zaxiralarini hisoblashda chalkashliklar keltirib chiqaradi. SHuni nazarda tutish
lozimki, yuqorida qayd etilganidek, qumtoshlarda gil qatchalarining ishtirok etishi
suv-neft tutash yuzasini turli metodlar (shu jumladan geofizik metodlar) bilan
aniqlashni qiyinlashtirib yuboradi.
Shuning uchun ham suv-neft tutash
yuzasining
holatini
to’g’ri
aniqlash
maqsadida quyidagi tadqiqotlar majmuasini
bajarish zarur:
1) quduqlarni sanoat miqyosida sinash;
bunda
suv-neft
tutash
yuzasi
mustahkamlash quvurlarida ochilgan va
quduqni sinash chog’ida 100% neft bergan
teshiklarning pastki qismi va 100% suv
bergan teshiklarning yuqori qismi oralig’ida
bo’ladi; quduq ishga tushirilgandan so’ng
unda suvning tez ko’payishi quduqning suv-
neft zonasida joylashganligidan darak beradi
(agar quduqqa boshqa omillar ta’sir
ko’rsatmasa; masalan, suv konusi paydo
bo’lmagan bo’lsa); 2) kernlarni o’rganish;
ularda neft va suvning mavjudligi va o’zaro
joylashuvini aniqlash; 3) elektr va radioaktiv
karotaj; ulardan olingan ma’lumotlar neft-
gaz va neft-suv tutash yuzalari holati haqida
tasavvur hosil qilishga yordam beradi.
Gaz-neft tutash yuzasi holatini aniqlash uchun quduqlar bo’yicha gaz omilining
izochiziqlari xaritasi tuziladi; interpolyatsiya va ekstrapolyatsiya yo’li bilan xaritada
100% gaz olishni ifodalaydigan izochiziq topiladi. Bunday izochiziqlar
gazlilik
chegarasi
hisoblanadi va shunga binoan gaz-neft tutash yuzasi haqida tasavvur paydo
bo’ladi.
Uyumda suv-neft tutash yuzasining xususiyatlarini o’rganish, neftlilikning tashqi
va ichki chegarasini aniqlash, shuningdek, neftga to’yingan foydali qalinlik xaritasini
tuzish uchun suv-neft tutash yuzasining izogips xaritasi tayyorlanadi.
Suv-neft tutash yuzasi bo’yicha quduqlardan olingan ma’lumotlar etarli
bo’lmasa, izogipslar xaritasini tuzishda tutashish metodini qo’llash maqsadga
muvofiqdir.
7.28-rasmda mahsuldor qatlam ustki qismining struktura xaritasi tasvirlangan.
Rasmdan ma’lum bo’lishicha, 1, 2 va 3
quduqlarda suv-neft tutash yuzasi
tegishlicha
162,
145 va
130 m mutlaq chuqurliklarda aniqlangan. Izogips
chiziqlar kesimi struktura xaritasi kesimiga teng bo’lgan suv-neft tutash yuzasining
quduqlarda aniqlangan mutlaq balandligi quduqlararo interpolyatsiya qilinib, suv-
neft tutash yuzasining chuqurlik xaritasi tuziladi. Mahsuldor qatlamning ustki qismi
va suv-neft tutash yuzasining bir xil qiymatli izogipslarining kesishgan nuqtalari
Do'stlaringiz bilan baham: