«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi


 Har xillilikning statistik tavsifi



Download 8,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/275
Sana30.04.2022
Hajmi8,36 Mb.
#595769
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   275
Bog'liq
НГ конлари геолoгияси

6.2.3. Har xillilikning statistik tavsifi 
 
Hozirgi vaqtda qatlamlarning har xillik darajasini o’rganishda matematik 
statistika metodlaridan keng foydalaniladi Buning uchun qatlamning har xillik egri 
chizig’i (turli ko’rinishdagi gistogrammalar tuziladi, ordinata o’qiga (nuqtaning 
tekislikdagi yoki fazodagi vaziyatini aniqlovchi koordinatalardan biri) qalinligi bir xil 
jinslarni ochgan quduqlar soni (g’ovakliligi, o’tkazuvchanligi burg’ilangan 
6.11 rasm. Qumli intervalning (II) 
zonal xaritasi (6.10 rasmga qarang)
(M.A.Jdanov, 1981) Quduqlar: 1 – 
haydash, 2 – ishlatish, 3 – pezometrik; 4 
– II qumli interval-ning tarqalish 
chegarasi; 5 – II qumli intervallar 
tarqalgan ushastkalar; II qumli intervalni 
boshqa 
qumli 
inter-vallar 
bilan 
qo’shilgan ushastkalari: 6 – I; 7 – III; 8 – 
I va III 


139 
quduqlarning umumiy fondidan foizda olinadi), abstsissa o’qiga ushbu qatlamning 
qalinligi qiymati (g’ovakliligi, o’tkazuvchanligi) qo’yiladi. 
Chizilgan gistogrammadagi egri chiziqning cho’qqi qismi qatlamning u yoki bu 
parametri (qalinligi, g’ovakliligi yoki o’tkazuvchanligi qiymati) bo’yicha bir xil 
tarkibliligini bildiradi. Grafikda abstsissa o’qi bo’ylab joylashgan bunday 
cho’qqilarning va siniq chiziqlarning ko’p sonli bo’lishi qatlamning har xil 
tarkibliligidan darak beradi. 
Bundan tashqari har xillikni statistik tavsiflash uchun quyidagi koeffisientlardan 
foydalaniladi: 
Qumlilik koeffisienti
K
q
– qatlamning g’ovakli qismi hajmining uning mahsuldor 
qismi chegarasidagi hajmiga nisbati bilan aniqlanadi; 
Bo’linish (ajralish)koeffisienti
K
a
– hamma burg’ilangan quduqlar bo’yicha 
jamlangan qumtosh qatlamlar sonining burg’ilangan quduqlarning umumiy soniga 
(ya’ni, biror gorizontdagi o’tkazuvchan qatchalarning o’rtacha soni) nisbatiga teng. 
Qumtoshlarning litologik bog’liqlik koeffisienti
K
b
– yaxlit qumtosh qatlamni 
(qalinligi uning o’rtacha miqdoriga teng yoki ko’p bo’lganda) ochgan quduqlar 
sonining burg’ilangan quduqlarning umumiy soniga nisbatiga teng. 
Bo’linish koeffisienti ko’pgina tadqiqotchilar tomonidan qatlamning har 
xilliligini baholashda va turli kon ob’ektlarini ishlatishni ushbu ko’rsatkich 
yordamida solishtirish uchun foydalaniladi. Lekin bu koeffisient ajratilgan 
o’tkazuvchan hamda zich qatchalarning qiyosiy qiymatlarini hamda qatlamda 
ajratilgan zich va o’tkazuvchan qatchalar qalinligi nisbatini hisobga olish imkonini 
bermaydi. 
Ayrim vaqtlarda qatlamning har xilliligini bo’linish koeffisienti yordamida 
tavsiflashda entropiya (bir o’lchamli miqdorning diskret yoki uzluksiz taqsimlanish 
ehtimoli) ma’lumotlaridan foydalaniladi. Ushbu metodning imkoniyatlari juda katta 
bo’lib, undan neft konlarini loyihalash va uni ishlatish tizimini tahlil qilishda 
foydalaniladi. Entropiya ma’lumotlarini konni ishlatishning muhim masalalarini hal 
qilishda va qatlamning neft beraolish koeffisientini bashoratlashda qo’llab bo’lmaydi. 
Qatlamning har xilligini statistik metodlar yordamida o’rganish juda muhim 
bo’lsada, uning natijalarini geologik nuqtai nazardan talqin qilish asosan 
tadqiqotchining bilim va malakasiga bog’liq. Ko’pgina hollarda olingan statistik 
parametrlarni etarlicha o’rganmaslik, mazmunini anglamaslik va to’g’ri tahlil 
qilmaslik xatoliklar keltirib chiqaradi. 
Quyida turli diametrdagi zarralardan tarkib topgan uch ko’rinishdagi gruntlarni 
o’rganamiz: I grunt - 2 va 10mm, II - 2; 5; 7; 10mm; III - 2; 4; 5; 7; 8; 10 mm. Har 
bir gruntda turli diametrli zarralarning foiz miqdori bir xil. Har bir grunt uchun 
statistik ko’rsatkichlarni hisoblab topamiz: ularga o’rta kvadratik og’ish (xatolik), 
variatsiya (kuzatilayotgan ob’ektlarning turli shaklda o’zgarishlari) koeffisienti va b. 
kiradi. 
O’rtacha kvadratik og’ish 
(

) deganda musbat belgidan olingan 
dispertsiyaning (

2
) kvadrat ildizi tushuniladi; variatsiya koeffisienti (

)- o’rta 


140 
kvadratik og’ishning o’rta arifmetik qiymatiga (

) nisbati bilan topiladi va foizda 
o’lchanadi. 
I grunt uchun
1) o’rtacha arifmetik qiymat 
6
2
10
2




mm; 
2) dispersiya
16
2
)
6
10
(
)
6
2
(
2
2
2






2
мм

3) o’rta kvadratik og’ish 
4
16
2





mm; 
4) variatsiya koeffisienti 
67
100
6
4
100








%; 
5)entropiya 
 


69
,
0
n
P
n
α
H
2
1
e
i
e







2
1
к
1
i
1
-2
P
-2

II grunt
uchun: 
1) 
6
4
10
7
5
2






mm; 
2) 
5
,
8
4
)
6
10
(
)
6
7
(
)
6
5
(
)
6
2
(
2
2
2
2
2










2
мм

3) 
91
,
2
5
,
8



mm; 
4) 
5
,
48
100
4
91
,
2




%; 
5) 
 
39
,
1
4
1
n
4
1
4
H
е









III grunt
uchun: 
1) 
6
6
10
8
7
5
4
2








mm; 
2) 
7
6
)
6
10
(
)
6
8
(
)
6
7
(
)
6
5
(
)
6
4
(
)
6
2
(
2
2
2
2
2
2
2














2
мм

3) 
64
,
2
7



mm; 
4) 
44
100
6
64
,
2




%; 
5) 
 


78
,
1
n
6
α
H
6
1
e
6
1



-
.


141 
Olingan natijalar 6.4-jadvalga yoziladi. Jadvaldan ko’rinib turibtiki, o’rta 
kvadratik og’ish va variatsiya koeffisienti I gruntdan III gruntga qarab kamayib 
boradi, ya’ni gruntning har xilligi shu tartibda kamayib borar ekan. Bu tahlilga ko’ra 
I grunt boshqalariga nisbatan ko’proq har xildir, III grunt esa nisbatan har xil. 
Entropiya qiymati esa buning aksidan darak beradi, unga ko’ra III grunt ko’proq har 
xildir. 
6.4-jadval 

Download 8,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   275




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish