111
Melcher usuli bilan aniqlanadi. Mutlaq g’ovaklilik (m
f
) quyidagi m
f
=1-V
3
/V
0
tengligi
orqali topiladi.
Bunda V
3
- namuna mineral qismi hajmi, V
0
- namunaning umumiy
hajmi.
Odatda kollektorlarning ochiq g’ovakliligi 10% dan 20% gacha o’zgaradi.
Kollektorda darzliklar ko’p bo’lsa, ochiq g’ovaklilik 2-3% bo’lganda ham konlardan
sanoat miqyosida neft olish mumkin. Tog’ bosimining ortishi g’ovaklilikning
kamayib ketishiga sabab bo’ladi. CHunonchi, bosim 5-10
7
Pa ga etganda
g’ovaklilikning boshlang’ich qiymati 60-80% ga kamayadi. Ochiq g’ovaklilikni
aniqlashda gidrodinamika va geofizika usullaridan foydalaniladi.
Foydali g’ovaklilik
tog’ jinslarining kollektorlik xususiyati bo’lib, bunda o’zidan
suyuqlik o’tkazish qobiliyati tushuniladi. Son jihatdan foydali g’ovaklilik koeffisienti
bilan tavsiflanadi. Uning qiymati suyuqlik siljiyotgan g’ovaklar hajmini tog’
jinsining umumiy hajmiga bo’lgan nisbatiga teng. Ko’pincha foydali g’ovaklilik
deganda ochiq g’ovakliliklar va qoldiq suv bilan to’lgan g’ovakliklar orasidagi farq
ham tushuniladi.
Hisoblash ishlarida g’ovaklilik va g’ovaklilik koeffisienti miqdoridan
foydalaniladi. G’ovaklilik koeffisienti (m) va g’ovaklilik (m
F
) quyidagicha
aniqlanadi : m=
0
п
V
V , m
k
=
0
п
V
V
100,
bunda V
p
- jins namunasining g’ovaklari hajmi; V
0
- jins namunasining umumiy
hajmi.
Jinslarning kollektorlik xususiyatlariga g’ovak(bo’shliq) lar shakli va o’lchami
kuchli ta’sir etadi. O’lchamiga ko’ra quyidagilar farqlanadi:
1) yuqori kapillyar g’ovaklar (diametri 0,508 mm dan katta),
ularda suyuqlik
harakati faol bo’lib, u erkin harakatlana oladi;
2) kapillyar g’ovaklar (diametri 0,508-0,0002 mm), ularda ham suyuqlik
harakatlana oladi;
3) subkapillyar g’ovaklar (diametri 0,0002 mm dan kichik), bularda molekulyar
kuchlar ta’siri juda yuqori bo’lganligi sababli jinslardagi mavjud bosimlar farqida
suyuqliklar harakatlana olmaydi; shuningdek, suyuqliklar subkapillyar bo’shliqlar
bilan qamrab olingan kapillyar g’ovaklarda mavjud bosim gradienti kuchi
molekulyar kuchlar qiymatidan past bo’lganda ham harakatlana olmaydi.
Jinslarning g’ovakliligi asosan zarralarning joylashishiga,
shakliga, ularning
silliqlanish va saralanish darajasiga, zarralarning katta-kichikligiga, sementlovchi
moddalarning bor-yo’qligiga bog’liq. Tabiiy sharoitlarda jinslar g’ovakliligi turli
o’lcham va qiyofaga ega bo’ladi, ko’pgina yirik g’ovaklar jinslarning mayda zarralari
yoki sement modda bilan to’lgan yoki qisman to’lgan bo’lishi mumkin.
Gil va karbonat sementlar jins g’ovakliligini sezilarli pasaytiradi. Kuchli
sementlangan qumtoshlarda ba’zan u bir necha foizgacha pasayadi. G’ovaklilik
qiymatiga har xillik koeffisienti ham ta’sir etadi. SHu sababli jinsdagi g’ovaklilik
qiymati keng miqyosda o’zgaradi. Masalan, ayrim cho’kindi
jinslarda ularning
o’zgarishi quyidagichadir (%da):
112
G’ovakliligi 10% gacha bo’lgan qumtoshlarning kollektorlik xususiyatlari past
bo’lib, amaliyotda sanoat ahamiyatiga ega bo’lolmaydi. Karbonatli kollektorlarda
g’ovak kanallarining o’lchami kattaligi sababli karbonat jinslarning g’ovaklilik
qiymati 10-7% bo’lganda ham yaxshi kollektorlik xususiyatlariga ega bo’ladi.
Ma’lumki, laboratoriya sharoitida g’ovaklilik quduqdan olingan kern yoki
namuna orqali aniqlanadi. Zarralari o’zaro birikkan jinslar (gil, alevrolit, slanets va
b.)ning mutlaq g’ovakliligi kern bo’yicha Melcher usulida,
yirik zarrali kuchsiz
sementlangan qumtoshlar g’ovakliligi Preobrajenskiy metodi yordamida aniqlanadi.
Kern yoki namuna mahsuldor qatlamning qalinligini juda oz foizini tashkil qilganligi
hamda kern olingan intervalni quduq kesimi, chuqurligiga mos kelishini aniq bilib
bo’lmasligi sababli mahsuldor qatlamning g’ovakliligi to’g’risida to’liq fikr yuritib
bo’lmaydi. Kesimda bo’sh g’ovakli jinslar ochilsa, kolonkali doloto bilan kern olib
bo’lmaydi, shuningdek, quduqni burg’ilash tezligining ortib borishi sababli
laboratoriya tahlili uchun kern olish texnik-iqtisodiy jihatdan ham murakkabliklar
keltirib chiqaradi.
Jinslarning g’ovakliligini o’rganishda kon-geofizika
tadqiqotlari muhim
ahamiyatga ega. Bunday hollarda mahsuldor qatlamning to’liq qalinligi bo’yicha
g’ovaklilik ma’lumotlarini aniqlash mumkin.
Hozir jinslarning g’ovakliligini kon-geofizika metodlari bilan o’rganishda PS
karotaji dalillaridan keng foydalaniladi. Bunda quduq kesimida mavjud bo’lgan
biron-bir qalin, bir xil tarkibli jins uchun chizilgan PS egri chizig’i amplitudasi
kesimning turli intervallariga tuzilganlari bilan taqqoslanadi. Bu usuldan mahsuldor
jinslar g’ovakliligini taxminiy baholashda foydalaniladi.
Neft qatlamining g’ovakliligini uning suvli qismidagi jinslarning solishtirma
qarshiligi ma’lumotlari asosida aniqlash yaxshi va aniq natijalar beradi. Jinsning
solishtirma qarshiligi va g’ovakliligi orasida ma’lum bir bog’liqlik (qatlam
suvlarining minerallashganlik darajasi uning hamma qismida bir xilligi, kollektorning
granulometrik tarkibini bir xilligi va b.) mavjud. Bunday bog’liqlik kollektor
g’ovakliligining ortishi bilan undagi minerallashgan suvlarning miqdorining
ko’payishida va o’z navbatida uning solishtirma
qarshiligining kamayishida
ko’rinadi.
Qatlamning suvga to’yingan qismi uchun hisoblab topilgan g’ovaklilik qiymatini
uning neftga to’yingan qismi uchun (qatlam kesimining litologik tuzilishi o’xshash
bo’lganda) ham qabul qilish mumkin.
Gilli slanetslar
0,54-1,40
Gillar
6,0-50,0
Qumlar
6,0-52,0
Qumtoshlar
3,5-29,0
Ohaktoshlar
2,0-33,0
Dolomitlar
6,0-33,0
Zich ohaktoshlar va dolomitlar
6,5-2,5
113
Quduq kesimi jinslarining g’ovakliligini mikrozondlar va neytron karotaj
yordamida olib borilgan tadqiqotlar natijalaridan foydalanib aniqlash samarali
hisoblanadi.
Kon-geofizikasi tekshiruvlarini olib borishda neftga to’yingan jinslarning
g’ovakliligini aniqlash maqsadida dastlab mahsuldor jinslar kesimidagi bir xil
intervallardan olingan kerndan aniqlangan g’ovaklilik qiymatini kon-geofizikasi
tadqiqotlari natijalari bilan solishtirib ko’rish lozim. Agar ikki usul bilan aniqlangan
natijalar bir-biriga
yaqin yoki mos kelsa, u holda ushbu konda jinslar g’ovakliligini
faqat kon-geofizika tadqiqotlari bilan aniqlash mumkin. Bu usul iqtisodiy jihatdan
samarali hisoblanadi.
Uyum maydoni bo’ylab g’ovaklilikning taqsimlanish yo’sinini o’rganish uchun
teng g’ovaklilik xaritasi
, ya’ni neft qatlamining teng g’ovaklilikka ega bo’lgan
nuqtalarini tutashtiradigan izochiziqli xarita tuziladi. Xaritada asosan g’ovalilik
koeffisienti qiymati qayd etiladi. Bunday qiymat quduqda bajarilgan karotaj
diagrammasini izohlash, qatlam qalinligi bo’yicha g’ovalilik koeffisientining
o’rtacha qiymatini hisoblab va olingan kernni o’rganib topiladi. Xaritadagi
izochiziqlar g’ovaklilik darajasi bilan bir qatorda qatlam jinslari g’ovakliligining
taqsimlanish tavsifini ham ko’rsatadi. Teng g’ovaklilik
xaritasini tuzishda olingan
ma’lumotlar quduqlar belgisi oldiga yoziladi. So’ngra uchburchak usulida
interpolyatsiya qilinib, g’ovaklilikni maydon bo’ylab o’zgarish yo’sini izochiziqlarda
ifodalanadi. Bunday xaritalarni quduq kesimi bo’ylab ishonchli ma’lumotlar
to’planganda tuzish maqsadga muvofiq.
Agar ma’lumotlar etarli bo’lmasa, g’ovaklilikni xaritada quduqlar joylashgan
yerda shartli belgilar bilan ko’rsatish yaxshi natija beradi. G’ovaklilik qiymatiga
ko’ra boshqa joylardan ajralib turadigan lokal uchastkalar bir rangda bo’yaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: