«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi



Download 8,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet184/275
Sana30.04.2022
Hajmi8,36 Mb.
#595769
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   275
Bog'liq
НГ конлари геолoгияси

Kondensat
yer osti gazlarining separatsiyalangan (ajralib chiqqan) suyuq 
mahsuloti hisoblanadi. Mo’’tadil sharoitdagi qatlam gazining kondensati suyuq 
uglevodoroddan tarkib topadi. Uglevodorodli kondensat foydali qazilma hisoblanadi. 
Tarkibida ko’proq pentan va alkan, tsiklan, aren tarkibli, nisbatan og’ir 
uglevodorodlar mavjud. Kondensatning zichligi odatda 0,758 g/sm
3
, temperaturasi 
200
0
S dan 350
0
S ga etganda rostmana qaynaydi. 
Kondensat neft kimyosi sanoatida qimmatbaho xom ashyo hisoblanadi. Shu 
sababli zaxirasiga ko’ra yirik, kondensat miqdori yuqori bo’lgan uyumlarda 
kondensatsiya boshlanish bosimidan yuqori bo’lgan qatlam bosimining saqlanishini 
ta’minlaydigan ishlatish sistemasini qo’llash o’ta dolzarb muammolardan 
hisoblanadi. Hozirgi vaqtda bu maqsadga qatlamga quruq gaz yoki suv haydash 
metodini qo’llab erishish mumkin. 


269 
Aksariyat hollarda birinchi metod qo’llanilib, unga ko’ra qatlamga ushbu 
uyumdan chiqarib olinayotgan kondensatdan ajralgan gaz qatlam bosimini saqlab 
turishga etarli hajmda haydaladi. Bunday texnologik usul 
saykling-jarayon
deb 
ataladi. Qatlamga quruq gaz haydash quduqdan chiqarib olinayotgan gaz tarkibida 
kondensat miqdori minimumga tushguncha davom etkaziladi. Shundan keyin bu 
jarayon to’xtatilib, haydash quduqlari chiqarib olish quduqlari fondiga o’tkaziladi, 
uyum oddiy gaz uyumi sifatida ishlatiladi. Bu metodni qo’llashda ayrim 
qiyinchiliklar ham kelib chiqadi, chunonchi, quruq gazning ko’p qismidan uzoq vaqt 
davomida xalq xo’jaligida foydalanilmaydi hamda jarayonni amalga oshirishda 
texnik murakkabliklar yuzaga keladi. 
Bunday hollarda uyumga suv bostirish metodi afzal bo’lib, undan uyumni 
ishlatish boshlanishi bilan foydalanish mumkin. CHiqarib olinayotgan quruq gaz 
to’laligicha xalq xo’jaligida ishlatiladi. Shu bilan birga suv bostirish metodini 
qo’llash katta xarajatlar talab qiladi. Ularning asosiylari – yaxshi o’tkazuvchan 
qatchalarda harakatlanayotgan suvlarning quduq tubiga kirib kelishi natijasida 
quduqning suvlanishi va undan foydalanish muddatining qisqarishi va b. Uyumdagi 
yuqori qatlam bosimini suv bostirish usuli bilan saqlashda ayrim quduqlar suvlanishi 
mumkin, ularni ishlatish fondidan chiqarilishi uyumning ishlatish jarayoni 
samaradorligini pasaytirishi va yer ostida gaz va kondensat zaxiralarining ma’lum bir 
qismining qolib ketishiga sabab bo’lishi mumkin. Suv bostirish metodi gazkondensat 
uyumlarini ishlatishda keng qo’llanilmaydi. 
Tarkibida kondensat miqdori kam bo’lgan tabiiy rejimdagi gaz va kondensat 
uyumlarini ishlatish loyihasini tuzish o’ziga xos xususiyatga ega bo’lib, gaz 
chiqaruvchi quduqlarning loyihaviy soni uyumni uzoq vaqt ishlatish va eng ko’p 
miqdorda gaz olishni ta’minlashga ko’ra aniqlanadi. Gazni chiqarib olish 
koeffitsienti miqdorini loyihadagi ko’rsatkichga etkazish masalasi qazilgan ushbu 
quduqlardan foydalanib hal qilinadi. Uyumdan olinayotgan gaz miqdorining 
kamayishi boshlanganda qo’shimcha quduqlar burg’ilanishi to’xtatiladi. Neft 
uyumlarida esa loyihalangan quduqlarning ko’p qismi neft chiqarib olish 
koeffitsientining loyihaviy ko’rsatkichiga erishishga yo’naltiriladi. Tegilmagan neft 
qoldiqlari aniqlangan uchastkalarda quduqlarni burg’ilash uyumni ishlatish davrining 
yakuniy qismigacha davom ettiriladi. 
Gaz uyumlarining geologik tuzilishi neft uyumlarinikiga nisbatan kam sonli 
quduqlar bilan yoritilishi mumkin. SHu sababli gaz uyumlarining geologik tuzilishini 
va zaxiralarini o’rganishda bilvosita metodlardan – gidrodinamik, moddiy balans va 
boshqalardan ham foydalaniladi. 
Gaz va gazkondensat uyumlarini ishlatish sistemasini tanlashda gazni yil 
davomida gaz chiqarib olish dinamikasiga va konni ishlatishning hamma 
jarayonlariga ularning geologik-kon tavsifi ta’sir etadi. 
Uyumni ishlatishda uning tabiiy rejimi qatlam bosimining pasayish sur’atiga va 
o’z navbatida quduq debitining kamayish tabiatiga ta’sir etadi. Bu hol chiqarib 
olinayotgan gaz debitining maksimal qiymatini uzoq vaqt saqlab qolishga zarur 
bo’lgan qo’shimcha quduqlarni burg’ilash muddatini, kon qurilishi davrini, quduqni 
ishlatish texnologiyasini va miqyosini aniqlash imkonini beradi. Xuddi shunday 
sharoitda suv bosimli rejimdagi uyumlarda qatlam bosimi gaz rejimdagiga nisbatan 


270 
juda sekin pasayib boradi, chekka oblastlardagi faollikning ortishi bilan bosimning 
kamayishi sekinlashadi. 
Shu bilan birga suv bosimli rejimning ta’siri noqulay oqibatlarga olib keladi. 
Maydon va geologik kesim bo’yicha gazli jinslarning kollektorlik xususiyatlarini har 
xilligi hamda uyumning turli uchastkalarining notekis drenajlanishi yaxshi 
o’tkazuvchan qatchalarda suv oqimi harakatining tezlashishiga olib keladi. Bu hol 
gazlilikning joriy tashqi chegarasida joylashgan quduqlarni muddatidan oldin 
suvlanib qolishiga sabab bo’ladi. 
Gaz uyumlarida neft uyumlaridagiga nisbatan suvning notekis harakatlanishiga 
sharoit mavjud bo’ladi. Chunki jinslarning gaz o’tkazuvchanligi neft va suv 
o’tkazuvchanligiga nisbatan past bo’ladi. Natijada gaz uyumlariga o’tkazuvchan 
qatchalar bo’ylab suvning notekis kirib kelishi uchun sharoit yuzaga keladi. Bunday 
holatda mahsuldor yotqiziqlarning qalinligini hisobga olgan holda chiqarib 
olinayotgan gaz miqdorini tartibga solish muhim ahamiyatga ega, zero bu jarayon 
suvning kirib kelish tezligini baravarlashtiradi. SHuningdek, quduqlarda suvlangan 
intervallarni ajratish ishlari bajariladi. SHu bilan birga jinslarda suvning notekis 
harakatlanishidan kelib chiqadigan salbiy oqibatlar zaminda gazlarning yo’qotilishiga 
sabab bo’ladi. 
Mahsuldor gorizontlar tarkibining har xillik darajasi turlicha bo’lib, suv bosimli 
rejimdagi uyumlardan gaz chiqarib olish koeffitsienti qiymati katta intervalda 
o’zgaradi. Kollektorlik xususiyatlari mo’’tadil har xil uyumlarda gaz chiqarib olish 
koeffitsienti miqdori juda yuqori bo’lib, gaz rejimidagi uyumlarnikiga yaqin bo’ladi. 
Geologik tuzilishi yuqori darajada o’zgaruvchan uyumlardan gaz chiqarib olish 
koeffitsientining yakuniy qiymati biroz kamroq bo’ladi. 
Chiqarish quduqlarini maydon bo’ylab joylashtirishda uyumning tabiiy rejimi 
tabiatini va yotqiziqlarning mahsuldor qismining geologik tuzilishini hisobga olish 
zarur. 
Gaz rejimli sharoitlarda kollektorlik xususiyatlari mo’’tadil har xil bo’lgan 
uyumlarda quduqlarni maydon bo’ylab bir tekis joylashtirish afzaldir. Qatlamlar 
tuzilishi har xil bo’lib, uyum zonasida yuqori mahsuldorlikka ega bo’lsa, u holda 
quduqlarni faqat shu zonaga joylashtirish maqsadga muvofiqdir. Agar qatlamlarning
kollektorlik xususiyatlari uyumning gumbaz qismi tomon yaxshilanib borsa, 
quduqlarni strukturaning eng yuqori qismiga joylashtirish lozim. Yirik konlarning 
markaziy qismida joylashgan quduqlarning sanoat miqyosidagi ahamiyati bu 
tadbirning yuqori samaradorligini ko’rsatdi. 
Suv bosimli rejimdagi gaz uyumlarida quduqlarni joylashtirish chekka suvlarni 
uyum tomon bir maromda kirib kelishini ta’minlashi lozim. Shu sababli quduqlarni 
joylashtirish masalasi gazga to’yingan jinslarning butun qalinligi bo’yicha 
drenajlashga jalb qilishni nazarda tutadi. Bunday shartlarning bajarilishini bir 
maromda joylashgan quduqlar to’ri orqali nazorat qilish mumkin, bunday hollarda 
tegilmagan gaz qoldiqlarini hosil bo’lishi keskin kamayadi. 
Uyumlarning geologik tuzilishi mustaqil seriyalarda quduqlar burg’ilanayotgan 
ishlatish ob’ektlarini ajratish masalalarini hal qilishga ta’sir etadi. Massiv tuzilishli, 
bir gidrodinamik sistema bilan ifodalangan, mahsuldor yotqiziqlar qalinligi katta 


271 
bo’lgan (bir necha yuz metrga etadigan), gaz rejimidagi uyumlarni bir turkumda 
burg’ilangan quduqlar yordamida yaxlit ishlatish yaxshi natijalar beradi. 
Uyumlar bir necha qatlamlardan tuzilgan bo’lib, ular orasidagi gidrodinamik 
bog’liqlik kuchsiz bo’lsa, gazli va suv bosimli rejimdagi gazga to’yingan qalinliklar 
yig’indisi katta bo’lganda ikkita, uchta va undan ko’p ishlatish ob’ektlarini ajratish 
maqsadga muvofiq. Bunday hollarda har bir ob’ektni ishlatishni boshqarish oson 
bo’ladi. 
Agar uyum qatlamsimon tuzilgan bo’lib, jinslarning kollektorlik xususiyatlari 
bir-biriga o’xshash va qatlamlarning umumiy qalinligi kichik bo’lsa, hamma 
qatlamlarni bir ishlatish ob’ektiga birlashtirish iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq 
bo’ladi. Bunday ob’ektlarda burg’ilanayotgan dastlabki quduqlar hamma qatlamlarni 
ochishi lozim, keyin kavlanadiganlari esa oldindan tanlangan qatlamlarni ochadi. 
Gaz uyumlarini yotish chuqurligi kon qurilishiga va ishlatish sistemasiga ta’sir 
etadi. Qatlam bosimi infiltratsion tabiatga ega bo’lsa (bunday sharoitlarda faol suv 
bosimli rejimning namoyonlanish ehtimoli ortadi), boshlang’ich bosim qiymati 
mahsuldor qatlamlarning yotish chuqurligiga bog’liq holda o’zgaradi. Bu o’z 
navbatida quduqlarning boshlang’ich debitiga va uyumdan gazni chiqarib olish 
dinamikasiga ta’sir etadi. 
Qatlam bosimini saqlagan holda gazkondensat uyumlarini ishlatishda ishlatish 
sistemasini va uning ko’rsatkichlarini tanlash asosan geologik omillarga bog’liq. 
Haydash va chiqarib olish quduqlarini joylashtirishning va gazkondensat uyumiga 
ta’sir etishning samarasini asoslash ham o’sha geologik omillar bilan aniqlanadi va 
xuddi neft uyumiga suv haydash kabi – uyum o’lchamiga, uning tektonik tuzilishiga, 
jinslarning kollektorlik xususiyatlariga, jinslarning makro va mikro har xillik 
darajasiga bog’liq bo’ladi. 
Qatlamga quruq gaz haydashda, haydash va chiqarib olish quduqlarini 
joylashtirish sistemasini asoslashda uyumning chegara tashqarisi oblasti bilan aloqasi 
bor yoki yo’qligini, uyumning o’lchamini, jinslarning yotish burchagini hisobga olish 
zarur. Uyumning o’lchami kichik, jinslarning yotish burchagi katta va uyumning 
chegara tashqarisidagi oblast bilan (litologik tipdagi uyum bo’lib, uning asosida 
to’silgan − o’ralgan neftli qatlamlar mavjudligi) o’zaro aloqasi bo’lmasa, 
quduqlarning joylashtirish tartibi quydagicha bo’ladi: haydash quduqlari uyumning 
ichki qismida, chiqarib olish quduqlari uyumning tashqi qismida joylashadi. Bu 
variant quyidagi afzalliklarga ega: juda zich tuzilgan qatlam gazining zichligi kam 
quruq gaz bilan yuqoridan pastga tomon yo’nalishda siqib chiqarilishi katta samara 
beradi; qatlam gazining bir qismining uyum chegarasidan tashqariga siqib chiqarish 
uchun geologik shart-sharoitlarning yo’qligi; saykling-jarayondan so’ng haydash 
quduqlarini chiqarib olish quduqlari fondiga o’tkazish mumkinligi va b. 
Uyum suv bosimli sistema bilan yaxshi aloqador bo’lganda, ayniqsa qatlamlar 
qiya yotganda haydash quduqlari uyumning chekka qismlarida, chiqarib olish 
quduqlari esa uyumning ichki qismida joylashgan varianti ko’proq afzallikka ega. 
Bunday geologik sharoitlarda uyumni ishlatishning ushbu sistemasini qo’llash bilan 
gazlilik chegarasidan uzoqda joylashgan chiqarish quduqlarini uzoq vaqt suvsiz 
ishlatish mumkin. 


272 
Haydash quduqlari joylashgan zonada qatlam bosimining ko’tarilishi uyumga 
chegara suvlarining kirib kelishini keskin kamaytiradi. Gazlilik maydoni qanchalik 
katta bo’lsa, maydon bo’ylab haydash va chiqarish quduqlarini bir maromda 
joylashtirish uchun shunchalik qulay shart-sharoitlar yuzaga keladi, ya’ni bu sistema 
neft uyumlarini ishlatish sistemasiga o’xshasada, bunda quduqlar orasidagi masofa 
katta bo’ladi. 
Gazkondensat uyumlarini suv bostirish metodini qo’llab ishlatish mumkin, 
bunda jins-kollektorlarning o’tkazuvchanligining yuqori bo’lishi haydash quduqlarini 
suyuqlik qabul qilaolish imkoniyatini ta’minlaydi. Kichik uyumlarda chegara 
tashqarisiga, yiriklarida – chegara ichra suv bostirishni qo’llash yoki haydash 
quduqlarini qatorlar ko’rinishida joylashtirish maqsadga muvofiq. 
Gazkondensat uyumlarini ishlatishda qatlamlar tarkibining har xilligi har qanday 
ishchi omildan foydalanganda ham seziladi. Quruq gaz haydalganda uning chiqarish 
quduqlari tubiga kirib kelishi muddatidan avval sodir bo’lishi mumkin. Bu holat 
kondensatni uyumdan chiqarib olish jarayoni samaradorligini pasaytiradi, pasayish 
muddatining uzoq vaqt saqlanib qolishiga olib keladi, shu sababli uyumga katta 
hajmda gaz haydash lozim bo’ladi. Gaz haydash chog’ida qatlamlar tarkibining har 
xilligi sababli yaxshi o’tkazuvchan qatchalar orqali suvning muddatidan oldin kirib 
kelishi va chiqarish quduqlarining suvlanishi kuzatiladi. 
Uyumlarning ishlatish sistemasini tanlashda, birinchi navbatda quduqlar sonini 
aniqlashda qatlam-kollektorlarning mustahkamligi asosiy rol o’ynaydi. Gaz 
quduqlari debitining yuqori bo’lishi quduq tubi zonasidagi qatlamlarning tabiiy 
tuzilishini buzishi mumkin, shunga ko’ra bu jarayon neft quduqlaridan 
foydalangandagiga nisbatan shiddatli kechadi. Kuchsiz sementlangan terrigen jinslar 
va gil sementli yotqiziqlar tez buzilishga moilroqdir. Jinslarning maydalanishi quduq 
suvlanganda yanada tezlashadi, chunki suv ta’sirida sement ko’pchiydi va 
deformatsiyalanadi. Bunday jarayonlarni quduqlardagi drenajlanayotgan qatlamlar 
qarshisiga maxsus filtrlar o’rnatish, quduqning suvsiz ishlash muddatini cho’zish, 
quduq debitini cheklash kabi tadbirlar bilan to’xtatish mumkin. Oxirgi holatlarda gaz 
olish sur’atini saqlab qolish uchun quduqlar miqdorini ko’paytirish kerak. Gaz 
quduqlarini ishlatishda jinslarning buzilishi mumkin bo’lgan hajmini va bu jarayonni 
cheklash tadbirlari kernni va turli rejimdagi suvsiz hamda suvlangan quduqlarni 
o’rganish, konni tajriba-sanoat miqyosida ishlatish va razvedka qilish davrlarida 
asoslash lozim bo’ladi. 
Yuqorida qayd qilinganlardan ma’lumki, gaz va kondensat konlarini ishlatish 
sharoitlarini va sistemalarini tanlashga geologik omillar kuchli ta’sir etadi, lekin ular 
asosida faqat texnologik echimlarning dastlabki tavsiyalarinigina ishlab chiqish 
mumkin bo’ladi. Demak, gaz uyumlarining ishlatish sistemasini tanlashda quyidagi 
omillar ta’siri kuchli bo’ladi: konni ma’lum bir sur’atda ishlatish, unga mos keluvchi 
qatlam bosimining pasayish tezligi, konni izlashga zarur bo’lgan inshootlar va ularni 
qurish muddatlari, quduqlarni joylashtirishning turli variantlari, qatlamga gaz yoki 
suv haydashning texnik imkoniyatlari va b. 
Neft konlarida bo’lganidek, gaz konlarining hamma geologik omillarini hisobga 
oluvchi eng qulay ishlatish sistemalari bir necha variantlarda bajarilgan gidrodinamik 
hisob-kitoblar orqali asoslanadi, bunda konning kon-geologik tavsifi to’liq o’rganilib, 


273 
hisobga olinadi, eng yaxshi variant texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlarni taqqoslash 
asosida tanlanadi. Bu masalalar «Neft va gaz konlarini ishlatish» fani o’qitilganda 
chuqur o’rganiladi. 

Download 8,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   275




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish