155
suyuqlik va gaz tinch holatda bo’lsa, gazning suyuqlikda erishi uchun ko’p vaqt zarur
bo’ladi. Karbonat angidrid gazi neft gazlariga nisbatan yuqori eruvchanlik
qobiliyatiga ega. Vodorod va havoning eruvchanligi juda sust,
neft gazlarining
eruvchanligiga nisbatan 4 marta kam. Neftda erigan gazning ajralib chiqishi teskari
tartibda bo’lib, bosim kamayganda avval quruq (qiyin eriydigan) gazlar, keyin esa
og’ir (oson eriydigan) gazlar ajralib chiqadi.
7.6-rasmda turli zichlikdagi neftlarda karbonat angidrid gazi eruvchanligining
bosimga bog’liqlik egri chizig’i tasvirlangan.
Gazning neftda erishi yoki uning eritmadan ajralib
chiqishi bir lahzada
bo’lmaydi. Tajribadan ma’lumki, neft tinch holatda bo’lsa, ya’ni aralashtirilmasa,
neft bilan tutashib turgan gazning teng muvozanat
holatiga kelishi uchun yillar zarur bo’ladi.
Ayrim uyumlar bo’yicha neftda erigan
gazning miqdorini aniqlashda quduqning chuqur
qismlaridan neft namunasi olinadi.
Olingan
namunani tadqiq qilishda neftning gazsizlanishi
turli sharoitlarda sodir bo’lishi mumkinligini
nazarda tutish kerak. Agar eritmadan ajralib
chiqayotgan
gaz
gazsizlantirish
jarayoni
tugagunga qadar suyuqlik
bilan tutash holatda
bo’lsa, bunday jarayon
tutash yuzali gazsizlanish
deb ataladi.
Agar gazsizlanish jarayonida eritmadan
ajralib chiqayotgan gaz bosim kamaygan sari
vaqti-vaqti bilan sistemadan
tashqariga chiqarib
turilsa, u holda suyuqlik bilan tutash yuzada
suyuqlikdan yangi ajralib chiqayotgan og’ir
fraksiyalar paydo bo’lib, hodisa
differentsial
gazsizlanish
deb ataladi.
Odatda tutash yuza bo’yicha gazsizlanish
sodir bo’lsa, eritmadan differentsial gazsizlanishga
nisbatan ancha ko’p gaz ajraladi.
Buning sababi,
tutash yuza bo’yicha gazsizlanish sodir bo’lganda
sistemada ajralib chiqayotgan gazlarning tarkibiy
qismlari, shu jumladan engil komponentlar
bug’larining ko’p qismi, og’ir uglevodorodlarning
portsial (gaz aralashmasining
har bir komponenti
yuzaga keltiradigan) bosimi va h.k. saqlanib
qoladi.
Shuning
uchun
sistemada
yuqori
temperaturada
qaynaydigan
uglevodorodlarning bug’ga aylanishi borgan sari ortib boradi.
Differentsial gazsizlanishda sistemadan ajralayotgan fraksiyalarning uzluksiz
chiqib ketishi natijasida eritmada yangi hosil bo’layotgan og’ir fraksiyalarning
portsial bosimi ortib boradi, shunga ko’ra eritmadan gazning ajralish shiddati tutash
yuza bo’yicha gazsizlanishdagiga nisbatan kamayib ketadi. Demak,
tutash yuza
Do'stlaringiz bilan baham: