125
lekin hammasiga emas. Oltinchi avlod protsessorlari bazasida yig‗ilgan
kompyuterlarni yettinchi avlod protsessorlariga o‗tkazib, operativ xotira
hajmini orttirib, bikr disk, videokarta, tovush kartasi, CD-ROM
diskovodlarini
almashtirib, asta-sekin modernizatsiya qilish mumkin.
7. Bugungi kunda ishlayotgan protsessorlarimiz yettinchi avlodga
taalluqli. Bu avlodni hozirgi paytda eskirgan Intel Pentium MMX, Intel
Pentium II, Intel Pentium III, Intel Pentium IV va Intel Pentium Pro
protsessorlari ochib berdi.
Mikrosxemalarning eng katta kompaniyasi Willamette yadrosida
128 Kbayt ikkinchi daraja keshli ikkita yangi Intel 1,7 GGts Celeron
protsessorini ishlab chiqdi. Yangi protsessorlar qimmat bo‗lmagan
personal kompyuterlarida foydalanish uchun mo‗ljallangan.
Takt chastotasi 1,7 GGts bo‗lgan Intel Celeron protsessori 0,18-
mikronli texnologiya bo‗yicha ishlab chiqiladi va 400 MGts chastotada
ishlaydigan shinani ta‘minlab turadi (5.1-rasm). Intel Celeron markaziy
protsessorlari MS-DOS, Windows 3.1, Windows for Workgroups 3.11,
Windows 98, Windows 95, OS/2, UnixWare, SCO UNIX, Windows NT,
Windows 2000, OPENSTEP va Sun Solaris operatsion tizimlarida
ishlaydigan dasturali ta‘minot bilan butunicha bir-biriga to‗g‗ri keladi
(chiqishadi).
126
4.1-rasm. Takt chastotasi 1,7 GGts bo‗lgan Intel
Celeron protsessori
Ushbu
qo‗llanma
yozilayotgan
paytda
sakkizinchi
avlod
protsessorlari – Intel Itanium va Intel Itanium 2 hamda AMD Opteron
paydo bo‗ldi. Bu – IBM PC uchun birinchi 64-razryadli protsessorlardir.
Intel kompaniyasi Intel Itanium 2 protsessorining unumdorligi
haqida ma‘lumotlarni publikatsiya qildi. High-end serverlari va
superkompyuterlar uchun mo‗ljallangan bu protsessorning unumdorligi –
Itanium protsessori unumdorligidan ikki marta yuqoridir.
Yuqori ko‗rsatkichlarga mikroarxitekturadagi yangiliklar va chip
takt chastotasi oshirilishi hisobiga erishildi. Itanium 2 protsessori
kristallda 3 Mbayt uchinchi darajali keshga ega, yangi protsessorning takt
chastotasi 1 GGts.
Bitta Itanium 2 protsessori va E8870 chipseti bilan jihozlangan
tizimlar Stream testida (xotiraning o‗tkazuvchanlik qobiliyati) yuqori
natijalar – taxminan 3,7 Gbayt/s – ko‗rsatishi lozim, bu – Itanium
protsessorli tizim ko‗rsatkichlaridan 2,5 marta yuqoridir.
Kompaniya vakillari Itanium ning keyingi avlodlari – Madison va
Deerfield 2003 yil o‗rtalarida, Montecito esa – 2004 yilda chiqishini
ma‘lum qilishdi.
2003 yil 22 aprelida AMD kompaniyasi Opteron server
protsessorlarining yangi seriyasini taqdim qildi (8.2-rasm).