O‗zbekistonrespublikasi oliyvao‗rtamaxsusta‘limvazirligi


EHM apparat vositalari va tizimlari



Download 2,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/150
Sana31.12.2021
Hajmi2,93 Mb.
#238715
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   150
Bog'liq
loyihalash jarayonlarini avtomatlashtirish asoslari oquv qollanma

EHM apparat vositalari va tizimlari 
EHM  apparat  vositalarining  hammasi  ikki  guruh:  markaziy  va 
periferiyali qurilmalarga bo‗linadi. 
Ma‘lumotlarga  bevosita  ishlov  beradigan  markaziy  qurilmalarga 
markaziy  protsessor,  operativ  xotirada  saqlovchi  qurilma  (OXQ)  va 
kiritish-chiqarish qurilmalari (KChQ) kiradi. 
Periferiyali  qurilmalarga  kiritish,  chiqarish,  ma‘lumotlarni 
tayyorlash  va  katta  hajmdagi  informatsiyalarni  saqlash  funktsiyalarini 
bajaruvchi  qurilmalar  kiradi.  Hamma  periferiyali  qurilma  (PQ)larga 
umumiy  bo‗lgan  narsa  –  ular  ma‘lumotlar  mazmunini  saqlagan  holda 
ularning ifodalanish shaklini bir ko‗rinishdan boshqachaga o‗zgartiradi. 
Markaziy  protsessor  bajarilayotgan  dastur,  hisoblash  jarayonini 
boshqarish  va  protsessor  bilan  birga  ishlayotgan  qurilmalarga  muvofiq 
ravishda informatsiyani qayta o‗zgartirishga mo‗ljallangan. 
Operativ  xotirada  saqlovchi  qurilma  ma‘lumotlarni  va  dasturlarni 
saqlash, qabul qilish va chiqarish vazifalarini bajaradi. 
Kiritish-chiqarish  protsessorlari  (kanallar)  markaziy  protsessor 
ishtirokisiz  OXQ  va  PQ  orasida  informatsiya  almashinuvini  boshqarish, 
OXQ  va  PQ  ishi  tezliklarini  muvofiqlashtirish,  kiritish-chiqarishni 
dasturlashni unifikatsiyalash va yangi PQlarni ulash imkonini ta‘minlash 


121 
 
uchun  mo‗ljallangan.  Kiritish-chiqarish  kanallari  bilan  interfeys 
tushunchasi  bog‗liq;  interfeys  –  bu  jihozlar  majmuidir;  ular  yordamida 
kiritish-chiqarish  kanallari  PQlarini  boshqarish  qurilmalari  bilan  hamda 
kanal  va  PQ  orasida  ma‘lumotlarni  uzatish  tartibini  aniqlovchi 
unifikatsiyalashgan algoritmlar va signallar bog‗lanishi amalga oshiriladi. 
Bir  nechta  PQning  bir  vaqtda  ishlashi  shu  bilan  ta‘minlanadiki, 
ularning ish tezligi odatda kanal ish tezligidan past va kanal bir nechta PQ 
orasida  kanal  umumiy  vositalaridan  foydalanish  vaqtini  taqsimlab 
(multiplekatsiyalab) bir necha PQ bilan almashuvni amalga oshiradi. 
Ma‘lumotlarni almashinish jarayonini boshqarish funktsiyalari kanal 
va PQ boshqarish qurilmasi (PU kontrolleri) orasida taqsimlanadi: hamma 
PQ uchun umumiy bo‗lgan funktsiyalar kanalda, ushbu PQ uchun maxsus 
funktsiyalar kontrollerda realizatsiya qilinadi. 
ALT  TVKida  foydalaniladigan  qurilmalarini  bir  necha  guruhlarga 
ajratish mumkin: 
1) 
katta  hajmli  informatsiyalarni  saqlash,  har  xil  ma‘lumotnoma 
tavsifidagi  informatsiyani,  namunaviy  loyihaviy  yechimlar  va  sh.k.  o‗z 
ichiga  olgan  ma‘lumotlar  bazasini  (MB)  tashkil  qilish  uchun 
mo‗ljallangan tashqi xotirada saqlovchi qurilmalar; 
2) 
kiritish-chiqarish 
va 
alfavitli-raqamli 
informatsiyani 
hujjatlashtirish  qurilmalari;  ular  perfo-tashuvchilardan  informatsiyani 
kiritish-chiqarishni  va  turli  tashuvchilarda  olingan  loyihaviy  yechimlarni 
hujjatlashtirishni amalga oshiradilar; 
3)  EHM  bilan  operativ  aloqa  qurilmalari;  ular  muhandisga  istalgan 
ixtiyoriy vaqtda unga qulay bo‗lgan usulda ALT bilan muloqotda bo‗lish 


122 
 
imkonini  beradi  (odatda  bular  –  turli  displeylar  va  nutqiy  kiritish-
chiqarish qurilmalari); 
4)  mashina  grafikasi  qurilmalari;  ular  grafik  shaklda  foydalangan 
informatsiyani kiritish-chiqarish va hujjatlashtirish uchun mo‗ljallangan; 
5)  teledostup  va  EHM  tarmoqlarini  tashkil  qiluvchi  texnikaviy 
vositalar;  ular  EHM  bilan  masofadagi  ALT  foydalanuvchilari  orasida, 
loyihalash  tarmog‗i  tashkil  qilinganda  ALT  TVKiga  kiruvchi  hamma 
EHMlar  orasida  va  ALT  TVKsi  va  hisoblash  tarmog‗i  orasida  aloqani 
amalga oshiradi; 
6) texnologik jihoz bilan aloqa qurilmalari; ular oraliq tashuvchilarni 
chetlab,  loyihalangan  ob‘yektlar  haqidagi  ma‘lumotlarni  bevosita 
avtomatlashtirilgan  ishlab  chiqarish  tizimlariga,  raqamli  dasturali 
boshqariladigan  dastgohlarga  va  boshqa  shunga  o‗xshash  jihozlarga 
uzatish imkonini beradi; 
7)  ma‘lumotlarni  tayyorlash  qurilmalari;  ular  EHM  ishtirokisiz, 
avtonom  ravishda  turli  tashuvchilarga  ma‘lumotlar  va  dasturlarni 
tayyorlash  uchun  mo‗ljallangan.  Ma‘lumotlarni  tayyorlash  qurilmalari 
boshqa  periferiya  qurilmalari  orasida  alohida  o‗rin  egallaydi,  chunki 
EHM bilan elektr yordamida bog‗langan va undan istalgancha uzoqlikda 
joylashishi mumkin. 
 

Download 2,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish