Tayanch iboralar.
Loyihalash,tехnik
topshiriq,
loiyhalash
darajalari,
loyihalash
aspektlari,tashqi loyihalash.
Nazorat savollari
1.Loiyhalash jarayonlarini avtomatlashtirishda fanning vazifalari
nimadan iborat?
2.Loiyhalash darajalarining mazmuni nima?
3.Loyihalashga blokli-ierarxik yondoshuvni tushuntiring?
4.Loyihalash jarayoni tuzilishini tushuntirib bering?
5.Loyihalashni avtomatlashtirish nima?
37
2-Bob. LOYIHALASHNING ASPEKTLARI, BOSQICHLARI VA
LOYIHALASHNING NAMUNAVIY MASALALARI.
2.1. Loyihalashning aspektlari, bosqichlari va namunaviy loyiha
protseduralari
Loyihalash aspektlari. Ierarxik darajalarni tug‗diruvchi ob‘yekt
xossalari aks ettirilishining mufassalligi darajasi bo‗yicha bayonlarni
ajratishdan
tashqari
turli
aspektlar
bo‗yicha
bayonlar
dekompozitsiyasidan ham foydalanishadi. Funktsional, konstruktorlik va
texnologik aspektlar yirik aspektlarga kiradi. Ushbu aspektlarga taalluqli
bayonnomalarni o‗zgartirish yoki olish bilan bog‗liq masalalarni yechish
mos ravishda funktsional, konstruktorlik va texnologik loyihalash deb
ataladi.
Funktsional aspekt ob‘yektda ro‗y beradigan fizikaviy va informatsion
jarayonlarning xarakteri va ishlashining asosiy printsiplarini aks ettiradi
va printsipial, funktsional, strukturaviy, kinematik sxemalarda va ularga
ilova qilinadigan hujjatlarda o‗z ifodasini topadi.
Konstruktorlik aspekt funktsional loyihalash natijalarini amalga
oshiradi, ya‘ni ob‘yektlarning geometrik shakllarini va ularning fazoda
o‗zaro joylashishini ta‘minlaydi.
Texnologik aspekt konstruktorlik loyihalash natijalarini amalga
oshirish bilan, ya‘ni ob‘yektlarni tayyorlash metodlari va vositalarini
bayon qilish bilan bog‗liq.
Ob‘yekt xossalarini differentsiyalabroq (tabaqalashtiribroq), ya‘ni
undan bir qator nimtizimlar va shunga mos aspektlar sonini ajratib bayon
38
qilish mumkin. Masalan, funktsional aspektni bayon qilinayotgan
hodisalarning fizikaviy asoslariga ko‗ra elektrik, mexanik, gidravlik,
kimyoviy va sh.k. aspektlarga bo‗lish mumkin. Bunda elektromexanik
tizim bayonida elektrik va mexanik nimtizimlarning bayonlari, yadroviy
reaktor
bayonlarida
–
gazodinamik,
issiqlik,
fizika-neyronli
nimtizimlarning, optika – elektron pribori bayonlarida – elektrik va optik
nimtizimlarning bayonlari paydo bo‗ladi.
Loyihalash jarayonining tarkibiy qismlari. Loyihalash vaqtida
rivojlanuvchi jarayon sifatida davr (stаdiya)larga, bosqich (etаp)larga,
loyihaviy protseduralarga va operatsiyalarga ajraladi.
Murakkab tizimlarni loyihalashda loyihalash oldi tadqiqotlari,
texnikaviy topshiriq va texnikaviy takliflar, eskiz, texnikaviy, ishchi
loyihalash, sinash va tadbiq qilish davrlari ajratiladi.
Loyihalash oldi tadqiqotlari, texnikaviy topshiriq va texnikaviy
takliflar davrlarida jamiyatning yangi buyumlari olishga ehtiyojini,
sanoatning ushbu va qo‗shni sohalaridagi ilmiy-texnikaviy yutuqlarni,
mavjud resurslarni o‗rganish asosida texnikaviy ob‘yektning vazifasi va
uni qurishning asosiy printsiplari aniqlanadi va uni loyihalash uchun
texnikaviy topshiriq (TT) shakllantiriladi. Bu davrlar ilmiy-tadqiqot ishi
(ITI) davri deb ham ataladi.
Eskiz loyihasi davrida (boshqachasiga tajriba-konstruktorlik ishi
(TKI) davrida) bo‗lajak ob‘yekt funktsiya qila olishini belgilaydigan
asosiy printsiplar va qoidalarning to‗g‗riligi va amalga oshirila olishi
tekshiriladi.
39
Texnikaviy loyiha davrida loyihaning hamma qismlari har
tomonlama ishlab chiqiladi, texnikaviy yechimlar konkretlashtiriladi va
detallashtiriladi.
Ishchi loyiha davrida buyumni tayyorlash uchun zarur bo‗lgan
hamma hujjatlar tayyorlanadi (shakllantiriladi). So‗ngra tajriba qilish
uchun mo‗ljallangan namuna yoki bir nechta namunalar tayyorlanadi va
sinaladi. Sinov natijalari bo‗yicha loyihaviy hujjatlarga zarur bo‗lgan
tuzatishlar kiritiladi va faqat shundan keyin tanlangan korxonada ishlab
chiqarishga tadbiq qilish boshlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |