O’zbekistonrespublikasi mudoffavazirligi oliyvao’rtamaxsusta’limvazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti harbiy ta`lim fakulteti



Download 190 Kb.
bet1/3
Sana22.01.2020
Hajmi190 Kb.
#36692
  1   2   3
Bog'liq
Мирзаев

O’ZBEKISTONRESPUBLIKASI MUDOFFAVAZIRLIGI OLIYVAO’RTAMAXSUSTA’LIMVAZIRLIGI

NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI

HARBIY TA`LIM FAKULTETI
USLUBIY TAYORGARLIK SIKLI

“CHAQIRIQQACHA HARBIY TAYORGARLIKNI TASHKIL ETISH VA UNI O`QITISH METODIKASI” FANIDAN



Himoyaga tavsiya etilsin fakultet dekani

podpolkovnik E.Mamarizayev

____” _______ 2020 yil


KURSISHI
MAVZU: NOANAVIY USULLAR ASOSIDA CHAQIRIQQACHA BO`LGAN O`QUVCHI-YOSHLARNI KASBGA YUNALTIRISH USULLARI


Himoyaga tavsiya etilsin

Sikl boshlig`i

___________________

“____” ____ 2020 yil


Ilmiy rahbar:podpolkovnik A.Kenjayev

Talaba:4 kurs 402 guruh: talabasi I. Mirzayev

Ro`yatdan o`tkazildi: “____” ____ 2020 yil №_____

2019 - 2020 o’quvyili


MUNDARIJA



KIRISH

  1. BOB. HARBIY TA’LIM JARAYONIGA PEDAGOGIK TEXNALOGIYALARNI JORIY ETISHNING ILMIY NAZARIY ASOSLARI.




    1. 1.1 Pedagogik texnologiyaxakidatushuncha, uningilmiy-nazariyasoslari.

    2. 1.2 Harbiy ta’limga pedagogik texnologiyalarni joriy etishning o‘rni.

    3. 1.3Harbiy ta’limga ilg‘or pedagogik texnologiyalarni qo‘llashning afzalliklari.

  1. BOB. TA’LIM MUASSASASI O‘QITUVCHISINING INNOVATSION FAOLIYATI

2.1. Innovatsion faoliyatning nazariy omillari.

2.2. O‘qituvchining innovatsion faoliyati tuzilmasi.

2.3. O‘qituvchining innovatsion faoliyatini shakllantirish shartlari



UMUMIY XULOSALAR

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI.

KIRISH

O‘zbekiston Respublikasi inson huquqlari va erkinliklariga rioya etilishini, jamiyatning ma’naviy yangilanishini, ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishni va Jahon hamjamiyatiga qo‘shilishini ta’minlaydigan demokratik huquqiy davlat hamda ochiq fuqarolik jamiyatini qurmoqda.

Inson har tomonlama kamol topishi va farovonligi, shaxs manfaatlarini ro‘yobga chiqarishning sharoitlari va mexanizmlarini yaratish, eskicha tafakkur va ijtimoiy xulq-atvor andozalarini o‘zgartirish, respublikada amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi va harakatlantiruvchi kuchidir. Xalqning boy zamonaviy madaniyati, iqtisodiyot, fan, texnika va texnologiya sohasidagi yutuqlari asosida mutaxassislar tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirish O‘zbekiston taraqqiyotining muhim shartidir. Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganidek: «… bugungi kunda oldimizga qo‘ygan buyuk maqsadlarimizga, ezgu niyatlarimizga erishishimiz, jamiyatimizning yangilanishi, hayotimizning taraqqiyoti va istiqboli amalga oshirilayotgan islohotlarimiz, rejalarimizning samarasi taqdiri – bularning barchasi, avvalombor, zamon talablariga javob beradigan yuqori malakali, ongli mutaxassis kadrlar tayyorlash muammosi bilan chambarchas bog‘liqligini barchamiz anglab etmoqdamiz » 1.

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligiga erishib, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning o‘ziga xos yo‘lini tanlashi mutaxassislar tayyorlash tizimi va uning mazmunini qayta tashkil etishni zarur qilib qo‘ydi va bir qator chora- tadbirlar ko‘rishni, shu jumladan, «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonunni joriy etish, zamonaviy didaktik ta’minotni ishlab chiqish, o‘quv-tarbiyaviy jarayonni, ilg‘or o‘quv yurtlarini attestatsiyadan o‘tkazishni va akkreditatsiyalashni, yangi tipdagi ta’lim muassalalarini tashkil etish hamda eng asosiysi «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» ni ishlab chiqish va hayotga tatbiq etishni taqozo etdi.

Dastur kadrlar tayyorlash milliy modelini ro‘yobga chiqarishni, har tomonlama kamol topgan, jamiyatda turmushga moslashgan, ta’lim va kasb-hunar dasturlarini ongli ravishda tanlash va keyinchalik puxta o‘zlashtirish uchun ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, psixologik-pedagogik va boshqa tarzdagi sharoitlarni yaratishni, jamiyat, davlat va oila oldida o‘z javobgarligini his etadigan fuqarolarni tarbiyalashni nazarda tutadi.

Nazarda tutilgan vazifalar to‘liq amalga oshsa:

- ijtimoiy-siyosiy muhitga ijobiy ta’sir qiladi va natijada mamlakatdagi mavjud muhit butunlay o‘zgaradi;

- insonning hayotdan o‘z o‘rnini topish jarayoni tezlashadi;

- jamiyatda mustaqil fikrlovchi erkin shaxs shakllanadi;

- ta’limning yangi modeli jamiyatimizning potensial kuchlarini ro‘yobga chiqarishda katta ahamiyat kasb etadi;

- oldimizda turgan har qanday vazifani bajarishda, maqsadlarga erishishda jamiyatimizning har bir a’zosi qo‘shadigan hissa «portlash effektiga» olib keladi;

«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning amaldagi ikkinchi bosqichi uzluksiz ta’lim tizimini isloh qilishni chuqurlashtirish, o‘quvchi-talabalarning qobiliyatlari va imkoniyatlariga qarab tabaqalashtirilgan ta’limga o‘tish, o‘quv-tarbiya jarayonini yuqori sifatli o‘quv adabiyotlar va ilg‘or pedagogik texnologiyalar bilan ta’minlash, axborotlashtirish, Oliy o‘quv yurtlarida masofaviy o‘qitishni keng yo‘lga qo‘yish kabi vazifalarni amalga oshirishni ko‘zda tutadi. Bu vazifalarni amalga oshirishda oliy ta’lim tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan o‘qituvchilar yuksak kasbiy mahorat va kompyuter savodxonligiga ega bo‘lishlari talab etiladi.

Uzluksiz ta’lim tizimining oldiga qo‘yilgan davlat va ijtimoiy buyurtmaga muvofiq Oliy o‘quv yurtlari ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini oshirish, ilm-fanning so‘nggi yutuqlarini amaliyotga joriy etish orqali ijodkor, ijtimoiy faol, yuksak ma’naviyatli, kasb-hunarli, Ona-Vatanga sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalangan, ijodiy va mustaqil fikr yurita oladigan, davlat va jamiyat oldida o‘z burchi va javobgarligini his etadigan barkamol shaxsni kamolga etkazish, ularning ongi va qalbiga milliy istiqlol g‘oyasini singdirish kabi muhim vazifalarni amalga oshirish nazarda tutiladi.

Ushbu vazifalarning muvaffaqiyatli hal etilishi ta’lim-tarbiya jarayonida Pedagogik texnologiyar lardan foydalanishni taqozo etadi.

“Armiyamizning bo‘lg‘usi askar va ofitserlarini chaqiriqqacha bo‘lgan davrda tayyorlashning o‘rni va ahamiyatini, ularning mazkur mashaqqatli kasbni tanlashga ongli yondashishi naqadar muhim ekanini bugun alohida ta’kidlab o‘tirishning hojati yo‘q, albatta.

Ta’lim jarayoniga yangi ahborot – komunikatsiya va pedagogik texnologiyalarni, elektron darsliklar, multimedia vositalarini keng joriy etish orqali mamlakatimiz maktablarida kasb-xunar kollejlari litsey va oliy o‘quv yurtlarida o‘qitish sifatini tubdan yaxshilash, ta’lim muassassalarining o‘quv- labarotoriya bazasini zamonaviy turidagi o‘quv va labaratoriya uskunalari, kompyuter texnikasi bilan mustahkamlash, shuningdek, o‘qituvchilar va murabbiylar mehnatini moddiy hamda ma’naviy rag‘batlantirish bo‘yicha samarali tizimni yanada rivojlantirish;

Zamonaviy ahborot va komunikatsiya tehnologiyalari raqamli va keng farmatli telikomunikatsiya aloqa vositalari hamda enternet tizimini yanada rivojlantirish, ularni xar bir oila xayotiga joriy etish va keng o‘zlashtirish;

Oliy maktabning har bir o‘qituvchisi malakasining ikki qirrasi bor: ular ikki fanlar bilan yoritiladi – maxsus va pedagogik. Oliy maktab o‘kituvchisiga har doim nima uchun o‘qitish kerak? nimalarni o‘kitish kerak? qanday o‘qitish kerak? kabi savollarga javob izlashga to‘g‘ri keladi.

Kurs ishning dolzarbligi Respublikamiz kasb xunar kolledji va akademik latseylarda YOshlarni chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarligi fani mashg‘ulotlarni samarali tashkil etishda pedagogik, inavatsion texnologiyalarni tadbiq qilishdan, bu bilan Respublikamiz chaqiriqqacha bo‘lgan o‘quvchi-yoshlarni mustaqillik tafakkurini rivojlantirishdan iboratdir.

Kurs ishning maqsadi Respublikamiz kasb xunar kolledji va akademik latsey xarbiy ta’lim o‘qituvchilariga mashg‘ulotlarni samarali tashkil etishda ilg‘or pedagogik, inavatsion texnologiyalarni, interfaol usullarni tadbiq qilish bilan chaqiriqqacha bo‘lgan o‘quvchi-yoshlarni mustaqillik tafakkurini rivojlantirish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar orqali YOCHQBT samaradorligini oshirishdan iborat.

Kurs ishning vazifalari:


  • Adabiyotlarni o‘rganib chiqish va taxlil qilish;

  • CHQBT dasturi bo‘yicha mashg‘ulotga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tgazish metodikasi yaratish;

  • Mashg‘ulot o‘tgazishning zamonaviy pedagogik, inavatsion va axborot texnalogiyalardan, interfaol usullaridan foydalanib tashkil etish bo‘yicha metodik tavsiyalar.

Kurs ishning ob’ekti Respublikamiz kasb xunar kolledji va akademik latseylarda YOshlarni chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarligi .

Kurs ishning predmeti Respublikamiz kasb xunar kolledji va akademik latsey xarbiy ta’lim o‘qituvchilariga mashg‘ulotlarni samarali tashkil etishda ilg‘or pedagogik, inavatsion texnologiyalarni tadbiq qilish shakllari va mazmuni ishlab chiqib chaqiriqqacha bo‘lgan o‘quvchi-yoshlarni mustaqillik tafakkurini shakillantirish.



  1. BOB. HARBIY TA’LIM JARAYONIGA PEDAGOGIK TEXNALOGIYALARNI JORIY ETISHNING ILMIY NAZARIY ASOSLARI.




    1. 1.1 Pedagogik texnologiya xakida tushuncha, uning ilmiy-nazariy asoslari.

Ilmiy-texnik tarakkiyot nafakat aksariyat ishlab chikarish soxasini texnologizatsiyalashtiradi, balki u madaniyat, ta’lim soxalariga xam kirib bormoqda. Bugungi kunda informatsion tibbiyot, ta’lim va boshqa texnologiyalar tugrisida fikr yuritish mumkin.

Texnologizatsiyalash – bu ob’ektiv jarayon bo‘lib, ta’lim evolyusiyasining yangi vazifalarini sifatli xal qilish uchun tayyorgarlik davri xisoblanadi.

Texnologiya grekcha so‘z bo‘lib, “texnos” - san’at, maxorat, “logos” – ta’limot degan ma’nolarni bildiradi. Pedagogik texnologiya pedagogning talabalarga ta’sir qilishni tashkil etish bo‘yicha kasbiy axamiyatga molik malakalar tizimini aniqlab beradi, pedagogik faoliyatning texnologikligini anglash usullarini taklif etadi.

Ta’lim-tarbiya mazmuni, maqsad va vazifalari davrlar o‘tishi bilan kengayib borishi natijasida uning shakl va usullari ham takomillashib bormoqda. Xozirgi inson faoliyatining asosiy yo‘nalishlari shu faoliyatdan ko‘zda tutilgan maksadlarni to‘liq amalga oshirish imkoniyatini beruvchi yaxlit tizimga, ya’ni texnologiyalarga aylanib bormokda. Xuddi shu kabi ta’lim-tarbiya soxasida xam so‘nggi yillarda pedagogik texnologiya amal qila boshladi.

Ishlab chiqarishdagi texnologiyada turli materiallarga ishlov berish tegishli kasb ustalari tomonidan amalga oshiriladi. Pedagogik texnologiyaning mazmuni esa o‘qituvchi, tarbiyachi tomonidan ta’lim oluvchiga aqliy, ruxiy, axloqiy jixatdan turli usulda ta’sir o‘tkazishdan iboratdir.

Pedagogik texnologiya tushunchasi XX asrda paydo bo‘ldi va turli rivojlanish bosqichlaridan o‘tib kelmoqda.

Dastlab bu tushuncha 1940 yillardan 50 yillar o‘rtasigacha “ta’lim texnologiyasi” deb qo‘llanilib, o‘quv jarayonida audio-vizual texnika vositalaridan foydalanishni ifoda qilgan.

Pedagogik texnologiya tushunchasi dastlab XX asrning o‘rtalarida AKSHda qo‘llana boshlagan. Bunda “pedagogik texnologiya” va “ta’lim texnologiyasi” atamalari faqat texnika vositalari yordamida o‘qitishga nisbatan qo‘llangan edi.

Vaqt o‘tishi bilan ularni qo‘llash darajasi kengayib borishi natijasida mazmuni ham tegishlicha o‘zgarib bordi. Xozirga kelib esa pedagogik texnologiya tushunchasining zamonaviy, ilmiy asoslangan yagona ta’rifini belgilash maqsadida bir qancha yirik olimlar tomonidan turli fikr va muloxazalar asoslab berildi.

O‘tgan asrning 50 yillari o‘rtasidan 60 yillargacha “ta’lim texnologiyasi” atamasi qo‘llanilib, bunda dasturlashtirilgan ta’lim nazarda tutilgan.

70 yillarda “pedagogik texnologiya” atamasi qo‘llanilib, u avvaldan loyixalashtirilgan va aniq belgilangan maqsadlarga erishishni kafolatlovchi o‘quv jarayonini ifodalagan.

1979 yilda AKSHning Pedagogik kommunikatsiyalar va texnologiyalar assotsiatsiyasi tomonidan pedagogik texnologiyaga quyidagicha ta’rif berilgan edi: “Pedagogik texnologiya bilimlarni o‘zlashtirishning hamma jixatlarini qamrab oluvchi muammoni taxlil qilish va rejalashtirish, muammoning echimini baxolash va uni boshqaruvchilar, g‘oyalar, vositalar va faoliyatni tashkil qilish usullarini o‘z tarkibiga oladigan kompleks integrativ jarayondan iborat…”.

80-yillarning boshidan pedagogik texnologiya deb ta’limning kompyuterli va axborot texnologiyalarini yaratishga aytilgan.

YUqoridagi fikrlar asosida pedagogik texnologiya tushunchasini ikki xil izoxlash mumkin: birinchidan, uning o‘quv jarayonida texnika vositalaridan foydalanishning kengayib borishini ifodalashi nazarda tutilib, ta’limdagi, o‘qitishdagi texnologiya deb nomlash mumkin bo‘lsa, ikkinchidan, bu tushuncha ukuv jarayonining o‘zini ko‘rish texnologiyasini bildiradi deb xulosa chiqarish mumkin.

Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida “YAngi pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanib, talabalarni o‘qitishni jadallashtirish” ko‘zda tutilgan. Pedagogik texnologiyani o‘zlashtirib olgan maxoratli pedagoglar uchun mazkur usulning an’anaviy usulga ko‘ra samarali ekanligi ma’lum. Bu esa pedagoglar, professor-o‘qituvchilar uchun kadrlar tayyorlash sifatini oshirishda pedagogik texnologiyani o‘zlashtirish va amalda qo‘llash zarurligini bildiradi.

PEDAGOGIK TEXNOLOGIYANING TA’RIFLARI

Pedagogik texnologiyaning moxiyati nimada va u an’anaviy ta’lim metodlaridan nimasi bilan farq qiladi? Xozirgi kunda “Ta’lim texnologiyasi”, “Pedagogik texnologiya”, “O‘qitish texnologiyasi”, “Ilgor pedagogik texnologiya”, “Zamonaviy pedagogik texnologiya”, “Rivojlantiruvchi texnologiya” kabi iboralar keng qo‘llanilmoqda.

Pedagogik texnologiyaning turli xil ta’riflari mavjud bo‘lib, ularning ayrimlarini ko‘rib chiqamiz:

Texnologiya – biror ishda, maxoratda, san’atda qo‘llaniladigan usullar, yo‘llar yig‘indisi. (Izoxli lug‘at)

Texnologiya – ishlov berish, xolatni o‘zgartirish san’ati, maxorati, qobiliyati va metodlar yig‘indisi. (V. M. SHepel)

Pedagogik texnologiya – o‘qitishning, ta’limning shakllari, metodlari, usullari, yo‘llari, tarbiyaviy vositalarning maxsus yig‘indisi va komponovkasi (joylashuvi)ni belgilovchi psixologik va pedagogik tartiblar (ustanovka)lar majmuasi; u pedagogik jarayonning tashkiliy-uslubiy vositalaridan iborat. (B.T. Lixachev)

Pedagogik texnologiya – o‘qituvchi maxoratiga bog‘liq bo‘lmagan xolda pedagogik muvaffaqiyatni kafolatlay oladigan ta’lim oluvchi shaxsini shakllantirish jarayonining loyixasidir. (V.P.Bespalko)

Pedagogik texnologiya – rejalashtiriladigan ta’lim natijalariga erishish jarayoni tavsifi. (I.P. Volkov)

Ta’lim texnologiyasi – didaktik tizimning tarkibiy jarayonli qismi. (M.CHoshanov)

Pedagogik texnologiya – o‘quv jarayonining o‘quvchilar va o‘qituvchi uchun so‘zsiz qulay sharoitlar ta’minlashni loyixalash, tashkil qilish va o‘tkazish bo‘yicha hamma detallari o‘ylab chiqilgan birgalikdagi pedagogik faoliyat modeli (V.M.Monaxov)

Pedagogik texnologiya – bu butun o‘qitish va bilimlarni o‘zlashtirish jarayonida o‘z oldiga ta’lim shakllarini samaradorlashtirish vazifasini qo‘yuvchi texnik hamda shaxs resurslari va ularning o‘zaro aloqasini xisobga olgan xolda bilimlarni yaratish, qo‘llash va belgilashning tizimli uslubidir. YUNESKO.

Pedagogik texnologiya – pedagogik maqsadlarga erishish uchun foydalaniladigan barcha shaxsiy imkoniyatlar, jixozlar va metodologik vositalarning tizimli yig‘indisi va ularning amal qilish tartibini bildiradi. (M.V.Klarin)

Pedagogik texnologiya – bu tizimli fikr yuritish usulini pedagogikaga singdirish, boshqacha qilib aytganda, pedagogik jarayonni muayyan bir tizimga keltirishdir. (Sakomoto)

Pedagogik texnologiyaning mohiyati didaktik maqsad, talab etilgan o‘zlashtirish darajasiga erishishdan iborat bo‘lib, uni tadbiq etishni xisobga olgan xolda ta’lim jarayonini ilgaridan loyixalashtirishda namoyon bo‘ladi. (U.Nishonaliev)

Pedagogik texnologiya – bu o‘qituvchi (tarbiyachi)ning o‘qitish (tarbiya) vositalari yordamida ta’lim oluvchilarga muayyan sharoit va ketma-ketlikda ta’sir ko‘rsatish va bu faoliyat maxsuli sifatida ularda oldindan belgilangan sifatlarni shakllantirish jarayonidir. (N. Saydaxmedov)

Pedagogik texnologiya – bu jamiyat extiyojidan kelib chiqib, shaxsning oldindan belgilangan ijtimoiy sifatlarini samarali shakllantiruvchi va aniq maqsadga yo‘naltirilgan o‘quv jarayonini tizim sifatida karab, uni tashkil etuvchilar, ya’ni o‘qituvchi (pedagog)ning o‘qitish vositalari yordamida ta’lim oluvchilarga ma’lum bir sharoitda muayyan ketma-ketlikda ko‘rsatgan ta’sirini va ta’lim natijasini nazorat jarayonida baxolab beruvchi texnologiyalashgan ta’limiy tadbirdir. (B.G. Ziyomuxamedov)

Pedagogik texnologiya bu - ob’ektiv, moddiy jarayon. Agar biz o‘quv-tarbiya jarayonidan uning ob’ektiv, moddiy jixatini ajrata olsak, shunda biz texnologiyaga, eng kamida, uning tafsilotiga ega bo‘lamiz. (V.K. Dyachenko)

Pedagogik texnologiya – bu o‘qitishga o‘ziga xos yangicha (innovatsion) yondashuvdir. U pedagogikadagi ijtimoiy-muxandislik tafakkurining ifodalanishi, texnokratik ilmiy ongning pedagogika soxasiga ko‘chirilgan tasviri, ta’lim jarayonining muayyan standartlashuvi xisoblanadi. (B.L. Farberman)

Pedagogik texnologiya – turli mualliflar (manbalar)ning barcha ta’riflari mazmunini o‘zida mujassam etuvchi umumlashtirishdan iborat. (G.K. Selevko)

Pedagogik texnologiya tushunchasi ko‘p qirrali bo‘lib, unga pedagogik, psixologik, didaktik, tashkiliy, iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik va boshqa nuqtai-nazarlardan yondashish mumkin.

Xozir ta’lim-tarbiya soxasida rivojlanib borayotgan yo‘nalishlardan biri – zamonaviy pedagogik texnologiyalarni o‘quv jarayonida qo‘llash bo‘lib, uni amalga oshirish dolzarb vazifalardandir. Ma’lumki, ta’lim-tarbiya jarayoni katta avlod tomonidan o‘z bilim va tajribalarini o‘sib kelayotgan avlodga o‘rgatishdan iborat bo‘lib, bu jarayonda, asosan, inson hayoti uchun zarur axborotlarni avloddan-avlodga uzatish amalga oshiriladi.

Inson hayoti axborotlar bilan chambarchas bog‘liq. Insonning xar bir xarakati axborot olish va uzatish yoki undan foydalanish, uni o‘rganish, o‘zlashtirish, saqlash va boyitishdan iborat. SHuning uchun ham xozirgi insoniyat sivilizatsiyasi axborot sivilizatsiyasi deb ataladi. XXI asrni ham axborot asri deb bejizga atashmagan.

“Sivilizatsiya – axborotni to‘plash, taxlil qilish va undan foydalanish xamda atrof-muxit va o‘zi haqida axborot yaratish uchun eng ko‘p ma’lumot olishga qodir bo‘lgan moddaning yuqori turg‘un xolatidir”.

Bu ta’rifdan axborotni avloddan-avlodga uzatishning, ya’ni ta’lim-tarbiya ishining axamiyati kanchalik muxim ekanligi ko‘rinib turibdi. YA’ni, ta’lim-tarbiya sivilizatsiyaning mavjudlik sharti xisoblanadi.

Ushbu aytilganlar asosida pedagogik texnologiyaning quyidagi eng qisqa va umumlashtirilgan ta’rifini keltirish mumkin:

“Pedagogik texnologiya – barkamol insonni shakllantirish faoliyati”.

SHu bilan birga, pedagogik texnologiyaning keng ko‘lamli, serqirra tushuncha ekanligini xisobga olgan xolda uning quyidagi yana bir nechta ta’riflarini keltirish mumkin.

Pedagogik texnologiya axborotlarni o‘zlashtirish, ulardan amalda foydalanish, ulardagi yangi ma’no-mazmunlarni xamda axborotlar orasidagi turli bog‘liqliqlarni ochish orqali yangi axborotlar yaratishga o‘rgatish jarayonidan iborat.

Pedagogik texnologiya – ta’lim metodlari, usullari, yo‘llari xamda tarbiyaviy vositlar yig‘indisi; u pedagogik jarayonning tashkiliy-uslubiy vositalari majmuidir.

Pedagogik texnologiya – bu o‘z oldiga ta’lim shakllarini optimallashtirish vazifasini qo‘yuvchi, butun o‘qitish va bilimlarni o‘zlashtirish jarayonini texnik resurlar va insonlarning o‘zaro munosabatlarini xisobga olgan xolda yaratish, qo‘llash va aniqlashning tizimli metodidir.

Pedagogik texnologiya – ma’lumotlarni o‘zlashtirish jarayonidan iborat.

Demak, Pedagogik texnologiya insonga (ta’lim-tarbiya oluvchiga) oldindan belgilangan maqsad bo‘yicha ta’sir o‘tkazish faoliyatidan iborat.

Pedagogik texnologiya jarayonida o‘qituvchi raxbarligida ta’lim oluvchi mustaqil ravishda bilim oladi, o‘rganadi, o‘zlashtiradi.

Bu faoliyatni amalga oshirish, uni tashkil qilish, olib borish, takomillashtirish, taxlil qilish, tadbiq qilish, qiyoslash, umumlashtirish, xulosa chiqarish, boshqarish, nazorat qilish va baxolash kabi jarayonlarni o‘z ichiga oladi.



PEDAGOGIK TEXNOLOGIYANING ASOSIY YO‘NALISHLARI

Pedagogik texnologiyaning yo‘nalishlari ko‘p bo‘lib, ulardan ba’zilarini keltiramiz.



Xozirgi an’anaviy ta’lim XVII asrda YA.A.Komenskiyning didaktik tamoyillari asosida shakllanib, xozirgi o‘quv muassasalarida eng ko‘p qo‘llanayotgan sinf-dars tizimidan iborat. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosan shu tizimni turli yo‘nalishlarda takomillashtirish maqsadlarida yaratilib, xozirda rivojlanib bormoqda.

Pedagogik jarayonni takomillashtirish, uni ta’lim oluvchi shaxsiga yo‘naltirishga asoslangan pedagogik texnologiyalar: xamkorlik pedagogikasi, ta’limning insonparvarlikka asoslangan texnologiyasi va boshqalar.

Ta’lim oluvchi faoliyatini faollashtirish va jadallashtirishga asoslangan pedagogik texnologiyalar. Muammoli ta’lim, o‘yinlar, tayanch signallar konspektlari texnologiyalari va boshqalar.

O‘quv materialini didaktik jixatdan takomillashtirish va qayta ishlab chiqishga asoslangan pedagogik texnologiyalar. Bu texnologiyalar o‘rgatilayotgan bilimlarning didaktik tizimi chuqur mazmunga ega bo‘lishi, bilimlarga tizimli nuqtai-nazardan yondashish, ta’lim oluvchilarga bilimlarni egallashning eng maqsadga muvofiq yo‘llarini o‘rgatish kabi tamoyillarga asoslanadi.

O‘quv jarayonini samarali boshqarish va tashkil qilishga asoslangan pedagogik texnologiyalar. Bu texnologiyalarga tabaqalashtirilgan, individuallashtirilgan, dasturlashtirilgan ta’lim texnologiyalari; ta’limning jamoa usuli, guruxli, kompyuterli ta’lim texnologiyalari kabilar kiradi.

Tabiatga muvofiqlashtirilgan pedagogik texnologiyalar. Bularga ta’lim oluvchining tabiiy imkoniyatlari, ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil kilishning tabiiy imkoniyatlari va boshqa tabiatga muvofiq imkoniyatlardan to‘liq foydalanishni amalga oshirishga asoslangan pedagogik texnologiyalar kiradi.

Rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyalari. Bularga ta’lim oluvchi shaxsining ijobiy sifatlarini, ayrim soxalardagi bilimlarini, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish texnologiyalari kiradi.

Bulardan tashqari, xususiy (o‘quv fanlari), alternativ xamda mualliflik pedagogik texnologiyalari yo‘nalishlari ham mavjud.

SHuningdek, xozirda pedagogik texnologiyalarning turli yunalishlari mavjud bo‘lib, ulardan asosiylari empirik, kognitiv, evristik, kreativ, inversion, integrativ, adaptiv, inklyuziv pedagogik texnologiyalardir. Bu yo‘nalishlarning asosiy xususiyatlari quyidagicha.

Empirik - sezgi a’zolari orqali bilim olish. Bu texnologiyada asosiy e’tibor sezgi a’zolarining tabiiy rivojlanganlik imkoniyatlariga tayangan xolda bilim berish va ularni yanada takomillashtirib borishga qaratiladi.

Kognitiv – atrofdagi olam to‘g‘risidagi bilimlar doirasini kengaytirish texnologiyasi. U tabakalash (tarkibiy qismlarga ajratib o‘rganish) tafakkurini shakllantiradi, bilish extiyojlarini rivojlantiradi.

Evristik – yo‘naltiruvchi savollar berish yo‘li bilan ta’lim berish tizimi. Topkirlik, faollikni rivojlantirishga xizmat qiluvchi, o‘quv-izlanish ta’lim metodi bo‘lib, optimallashgan (bir necha variantlardan eng ma’kulini, mosini, muvofiqini tanlash) tafakkurni rivojlantiradi.


Download 190 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish