Mavzuning asosiy mazmuni.
Inson omili, shaxs manfaatlari
muammosi hamma davrlarda hamjamiyatda adolatli taqsimot ta-
moyilini taqozo etib kelgan. G ‘arbdagi moddiy, real manfaatlar
98
iistuvorligi qadriyatidan farqli o‘laroq, Sharq xalqlari uchun bosh
qadriyat ma’naviy omillar, ayniqsa inson sha’ni, obro‘-e’tibori,
nafsoniyati, oriyati, vijdoni hisoblanib kelgan.
Mutafakkirlar inson omilini faollashtirishda uch asosiy tamoyil,
ya’ni, ma’naviyat, ma’rifat va odob-axloq omillarining favqulodda
/.arurligini alohida qayd etadi. Ayni chog‘da mazkur tamoyillar-
ning o‘zaro mutanosibligi, ichki uyg‘unligi, oqilona me’yorlarda
laqsimlanish masalasi ham muhim ahamiyatga egadir.
Binobarin, o‘z taraqqiyot strategiyasini belgilab olgan 0 ‘zbe-
kistonda demokratiyaning asl mohiyati jamiyatda adolat tamoy-
ilini qaror toptirishdan iborat ekanini e’tiborga olsak, m am
lakatimizda mazkur jihat quyidagi omillarda yaqqol ko‘rinadi:
birinchidan, fuqarolarning tinchligi va millatlararo totuvlik ta
moyili umumjamiyat miqyosida yalpi qaror topganida; ikkinchi-
dan, fuqarolarning turli ijtimoiy-siyosiy va madaniy-ma’ri-
l iy jamiyatlarga birlashish erkinligi kafolatlangani va real amal
qilayotganida; uchinchidan, ma’naviyat, m a’rifat va odob-axloq
tamoyillari orqali insonning insonligini o'ziga anglatishdan ib
orat umum jamiyat harakatining izchil amalga oshirilayotgani-
da; to‘rtinchidan, bozor iqtisodiyotiga insonni kuchli ijtimoiy hi
moya qilish orqali bahamjihat kirib borish siyosatiga qat’iy amal
i|ilinayotganida yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Mazkur omillarn-
ing umumiy va pirovard majmuyi esa mamlakatimizda adolat ta-
inoyilining o‘ziga xos va o‘ziga mos tantanasini ifoda etadi.
Z e
ro,
demokratiya nafaqat shaxs haq-huquqlarini himoyalash, balki
uning boshqalarga xalal bermay yashash, jamoaga doimiy ravish
da ijtimoiy naf keltirib borish omili hamdir.
G ‘arb dunyosi jamiyatda ijtimoiy tenglikka erishish uchun yuz
yillar davomida kurash olib bordi. Bu yo‘lda ba’zan azaliy, sof
insoniy munosabatlar, samimiyat, adolat, insof, uyat, hayo sin-
gari fazilatlar qurbon ham bo‘ldi. Bunday kurashlar muayyan
ma’naviy qadriyatlarning unutilishi, insoniylik, ezgulik singari
tamoyillar ahamiyatining susayishiga olib kelganidan qat’i na-
zar, G ‘arb mamlakatlari uchun umumiy yuksak taraqqiyotga eri-
99
shish imkoniyatlarini tug'dirganini e’tirof etmay ilojimiz yo‘q.
Ayni chog‘da yalpi tenglikka erishish jarayonlari oqibatida odam-
lararo munosabatlardagi iliqlik, ma’naviy qadriyatlar, samimiyat,
ezgulik, hamdardlik singari tamoyillarning hayotdagi ahamiyati-
ning susayishiga olib kelganini ham inkor etib bo‘lmaydi. Bu
gungi G ‘arb dunyosi uchun individualizm, egoizm, konformizm,
marginallik, shafqatsizlik xususiyatlari ba’zan shaxsning asosiy
sifatlariga aylanib qolayotganini ommaviy axborot vositalari tash-
vish bilan qayd etmoqda.
Hozirgi paytda shaxsning siyosiy, iqtisodiy va ekologik jara-
yonlarga bevosita ta’sir ko‘rsatish imkoniyatlari oshgani muno-
sabati bilan dunyoda inson omiliga yangicha qarash tendensiyasi
kuchaydi. Insonga yondashish, uni o'rganish va takomillashtirish
masalalari atroflicha o'rganila boshlandi. Inson omilini faollash-
tirish muammosiga yurtimizda istiqlolimizning dastlabki yillari-
danoq ustuvor masala sifatida yondashib kelinmoqda.
Bu demografik va boshqa milliy xususiyatlarni hisobga olgan
qolda kuchli ijtimoiy siyosatni taqozo qiladigan masala. Shu bois
0 ‘zbekiston Respublikasi o‘z mustaqilligiga erishgan dastlabki
yillardanoq mamlakat Prezidenti va hukumati onalik va bolalik-
ni ijtimoiy himoya qilish, bolalar va o‘smirlarni har taraflama
barkamol bo‘lib o'sishi uchun, ularni umumbashariy qadriyatlar
ruhida tarbiyalash borasida shart-sharoitlar yaratish masalalarini
ustuvor vazifa qilib qo‘ydi. Respublika Prezidenti o‘tish davrining
og‘ir sharoitlarida, moliyaviy imkoniyatlar cheklanganiga qara-
may, aholining turmushi bilan, ya’ni uning yashashi, mehnat qi
lishi, yangi avlodni tarbiyalab voyaga yetkazishi, sog‘liqni saqlash
kabi dolzarb vazifalar bilan bog‘liq masalalarni davlat siyosati da-
rajasiga ko‘tardi. Shu bilan bir qatorda, mamlakatimizda barcha
sohalarda olib borilayotgan islohotlar fuqarolarimizning ijtimoiy
jihatdan ishonchli himoyalashiga qaratilgan. Masalan, o‘rta va
kichik tadbirkorlikni rivojlantirish, mulkdorlar sinfini shakllan
tirish natijasida jamiyatda ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamga
mansub odamlar keskin kamayib boradi.
100
Davlat tomonidan amalga oshirilayotgan faoliyat inson om i
li masalasida o‘z natijasini bermoqda. Kadrlar tayyorlash milliy
dasturi, «Ona va bola» dasturi, «Sog‘lom avlod uchun» haraka-
li hamda ushbu yo‘nalishdagi faoliyatlar aholining tub manfaati-
ga xizmat qiladi.
Respublika aholisining yarmiga yaqinini 18 yoshgacha bo‘lgan
aholi tashkil etadi. Bu ko‘rsatkich Rossiya, Ukraina, Belarus
diivlatlari ko‘rsatkichidan 2 marta, Yaponiya va Germaniya dav-
lalidan esa 2,5 m arta ko‘p. 0 ‘zbekistondagi bunday demografik
holat XXI asrning birinchi yarmi oxiriga qadar kuzatilishi mum-
kin. Shuning uchun yurtimizda o‘smir va yoshlarga alohida e’ti
bor berilmoqda.
Istiqlol yo‘lidan sobit qadam tashlab borayotgan yurtimizda
ijlimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy va ma’rifiy tizimlarni jiddiy
isloh qilishga kirishildi. Islohotlar samaradorligi esa inson on-
gi va tafakkuridagi o'zgarishlarga, uning intellektual salohiyatiga
bevosita bog‘liqdir. Shu bois ham yangilanayotgan davr talablari
;isosida inson omilini faollashtirishda, kadrlarni tanlash, joy-jo-
yiga qo‘yish, davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish, fuqa-
rolarni mahalliy hokimiyat organlari orqali o‘zini o‘zi boshqa-
rishga o‘rgatish va shu yo‘l bilan fuqarolik jamiyatini barpo etish
masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Mamlakatimiz taraqqiyotining hozirgi davrida strategik rivoj
lanish bilan bog‘liq yo‘nalishlar orasida iqtisodiy, ijtimoiy va
ma’naviy ma’rifiy islohotlarni amalga oshirish nihoyatda muhim
ahamiyat kasb etadi. Bu boradagi faoliyatning asosiy yo‘nalish-
lari Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 7-fevralda-
gi « 0 ‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha ha-
rakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi Farmoni va u bilan tasdiqlangan
Harakatlar strategiyasida quyidagicha o‘z aksini topgan: — iqti-
sodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirishga yo‘naltirilgan
makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori iqtisodiy
o‘sish sur’atlarini saqlab qolish, milliy iqtisodiyotning raqobat-
bardoshligini oshirish, qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish
101
va jadal rivojlantirish, iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamayti-
rish bo‘yicha institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish,
xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini
yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivo-
jini rag‘batlantirish, hududlar, tum an va shaharlarni kompleks va
mutanosib holda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy ettirish, investisiyaviy
muhitni yaxshilash orqali mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlari
va hududlariga xorijiy sarmoyalarni faol jalb etish.
Avvalo ta’kidlash lozimki, mustaqillik yillarida Prezidentimiz
rahbarligida amalga oshirilayotgan 0 ‘zbekiston Respublikasini
yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasining barcha
yo‘nalishlari qatori, iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy-ma’rifiy so
hadagi yangilanish tamoyillarini hayotga samarali tadbiq etish
uchun zarur asoslar va shart-sharoitlar shakllantirilgan.
M a’lumki, bu borada eski sobiq ittifoq davridagi iqtisodiyot
mustaqillik davriga xos bo'lgan yangi jamiyatni shakllantirish
uchun asos bo‘la olmas edi. Istiqlol yillarida bu sohada nihoyatda
katta o‘zgarishlar ro‘y berdi. Ayniqsa, mamlakatimizda Shavkat
Miromonovich Mirziyoyev bosh vazir sifatida ishlay boshlagan
2000-yillar boshlaridan bu borada tub o‘zgarishlar ro‘y berdi,
mutlaqo yangi iqtisodiy tizim va mulkchilikning xilma-xil shakl
lari vujudga keldi. Bozor munosabatlari va iqtisodiy plyuralizm
bunda bosh yo‘nalish qilib olingan bo‘lsa-da, aholini ijtimoiy hi-
moyalashga ustuvor jihat sifatida qarala boshlandi.
Ana shularning barchasi bugungi kunda Prezidentimiz rah
barligida mamlakatimizda ro‘y berayotgan yangilanish va islo
hotlarni amalga oshirish borasidagi tub o‘zgarishlarning iqtisod
bilan bog'liq mustahkam asoslari yaratilganidan dalolat bera
di. Jumladan, 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirzi
yoyevning mamlakatimizni 2016-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlan
tirish yakunlari va 2017-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning
eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan 2017-yil 14-yan-
vardagi Vazirlar Mahkamasi majlisidagi «Tanqidiy tahlil, qat’iy
tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar faoliyati-
102
ulng kundalik qoidasi bo‘lishi kerak» nomli m a’ruzasida qayd
etilgan xulosa va ko'rsatmalar hamda vazifalar, belgilab beril-
jj
.
i
n ustuvor yo‘nalishlar barcha vazirliklar va idoralar, tashkilot,
korxona hamda muassasalarda dasturulamal sifatida qabul qili-
nib, o‘tgan davrda iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish
bo'yicha ko'plab ishlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, ushbu m a’ruza yakunida Prezidentimiz to
monidan bildirilgan quyidagi fikr belgilangan vazifalarni ba-
jarishda barcha bo‘g‘in rahbarlari va mutasaddi xodimlar uchun
umumiy mezon vazifasini bajaradi: «Hammamizga bir haqiqat
ravshan bo‘lishi lozim: biz mavjud rivojlanish sur’atlari bilan o‘z
oldimizga qo‘ygan yuksak maqsadlarga erisha olmaymiz. Bu-
gun zamon o‘zgarmoqda, uning talabi, oldimizga qo‘yayotgan
vazifalari tobora ortib bormoqda. M ana shunday murakkab sha-
roitda «Sen — menga tegma, men — senga tegmayman» degan
kayfiyat bilan ishlashning vaqti o‘tdi. Biz «vaziyat yomon, vazi-
yat og‘ir» deb bahona qidirishga o‘rganib qolganmiz. Lekin shu
vaziyatni kim o‘zgartiradi, kim izga soladi, degan savolni, ke-
ling, o‘zimizga beraylik. Vaziyatni o‘zimiz, o‘z aql-zakovatimiz,
inehnatimiz bilan o‘zgartirmasak, hech kim chetdan kelib bu
ishni biz uchun qilib bermaydi... Eng muhim vazifamiz — m am
lakatimizda tinchlik va farovonlikni mustahkamlash, odamlarni,
xalqimizni hayotdan rozi qilishdan iborat. Buning uchun el-yur-
timiz, avvalo biz — rahbarlarning faoliyatidan rozi bo‘lishi ke
rak. Buning uchun har bir rahbar o‘z aravasini o‘zi tortishi, o‘z
sohasidagi ishlarning ahvoli uchun o‘zi shaxsan javob berishi ke
rak. Shundan keyin jam iyatim izda o‘zgarish bo‘ladi, rivojlanish
bo'ladi»1.
Do'stlaringiz bilan baham: |