O’zbekistonning yevropa ittifoqi va yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti(yextt) bilan aloqalari va hamkorligi


O'zbekistonning YEXHT bilan hamkorligi



Download 42,5 Kb.
bet3/3
Sana01.01.2022
Hajmi42,5 Kb.
#305418
1   2   3
Bog'liq
38-mavzu refarat

3.O'zbekistonning YEXHT bilan hamkorligi
O'zbekiston 1992 yil fevral oyida dunyoda tinchlikni mustahkamlash, inson huquqlarini himoya qilish bo'yicha katta tadbirlarni amalga oshirayotgan nufuzli xalqaro tashkilot – Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YEXHT)ga a'zo bo'lib kirdi. I.Karimovning 1992 yil 9-10 iyulda bo'lgan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining majlisida ishtirok etishi, unda nutq so'zlashi va Kengashning 10 iyulda bo'lgan majlisiga raislik qilishi O'zbekistonning jahon hamjamiyatida munosib o'rin egallayotganligining dalilidir. I.Karimov o'z nutqida u yoki bu mintaqada tinchlik va barqarorplikni buzishi mumkin bo'lgan mojarolar yaqinlashuvining oldini olish, mojarolarga yo'l qo'ymaslik muammolari bilan shug'ullanuvchi mexanizmni vujudga keltirish, tashkilot qabul qilayotgan hujjatlarning ta'sirchanligini oshirish, ularning mojarolarning oldini olish, yo'l qo'ymaslik ruhida bo'lishini ta'minlash takliflarini ilgari surdi. 1994 yil sentabr oyining oxirlarida Toshkentda YEXHTning umumiy masalalarga bag'ishlangan xalqaro anjumani bo'lib, unda tashkilot faoliyatining barcha qirralariga oid masalalar ko'rib chiqildi. YEXHT Toshkentda va Urganchda atrof-muhitni qayta tiklash bo'yicha seminarlar o'tkazdi, Orol muammosini hal qilishga ko'maklashmoqda. 1995 yil iyulda Toshkentda YEXHTning aloqalar bo'yicha mintaqaviy byurosi ochildi va faoliyat ko'rsatmoqda.

YEXHTning 1996 yil dekabrda Lissabon sammitida XXI asr arafasida yalpi xavfsizlik modelini yaratish xususida munozara bo'ldi. O'zbekistonning mojarolar yuz berib turgan hududlarga yashirincha qurol-yarog' yetkazib berishni to'xtatish, YEXHTning Markaziy Osiyo faoliyatini kuchaytirishga oid takliflari ma'qullandi va Lissabon deklarasiyasida hujjatlashtirildi.

O'zbekiston tashabbusi bilan 1996 yilning 11-13 sentabr kunlari Toshkentda YEXHT Demokratik muassasalar va inson huquqlari bo'yicha Byurosi (DIIHB)ning “Inson huquqlari bo'yicha milliy muassasalar” mavzusidagi xalqaro seminar-kengash bo'lib o'tdi. Unda Markaziy Osiyo, Yevropa, Amerikadagi 21 mamlakat ekspertlarining, shuningdek 29 ta xalqaro va nohukumat tashkilotlarning vakillari ishtirok etdilar. Seminar-kengashda Markaziy va Sharqiy Yevropada ombudsman instituti, inson huquqlari bo'yicha milliy muassasalar faoliyatini rivojlantirish, qonunchilik tizimini takomillashtirish, xalq ta'limi va ommaviy axborot vositalarining inson huquqlari sohasidagi roli masalalari ko'rib chiqildi. Bu tadbirlar O'zbekistonning tinchlik o'rnatuvchi va huquqni himoya qiluvchi nufuzli tashkilot YEXHT bilan yaqin va samarali aloqalar o'rnatganligidan dalolat beradi.

O'zbekiston ko'pgina mintaqaviy tashkilotlar, chunonchi, Yevropa Ittifoqi, NATO, EKO, Islom konferensiyasi tashkiloti, qo'shilmaslik harakati va boshqalar Bilan ham samarali hamkorlik qilmoqda.

1996 yil fevral oyida O'zbekiston Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlik o'rnatish bo'yicha muzokaralar boshdi. Shu yil iyul oyida Florensiya shahrida Yevropa Ittifoqi bilan O'zbekiston o'rtasida sherikchilik va hamkorlik to'g'risida Bitim imzolandi. Bu hujjat O'zbekiston, Yevropa Ittifoqi va unga a'zo bo'lgan mamlakatlar o'rtasidagi o'zaro munosabatlarning huquqiy negizi bo'lib siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy aloqalar uchun keng imkoniyatlar ochdi. Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlik O'zbekistonning xavfsizlik va taraqqiyotini ta'minlovchi muhim omillardan biri bo'lib xizmat qiladi.

O'zbekiston bilan Atlantika mamlkatlari tashkiloti – NATO o'rtasida o'zaro tushunish va hamkorlik mavjud. 1995 yil iyul oyida O'zbekiston NATOning “Tinchlik yo'lida hamkorlik” dasturiga qo'shildi. O'zbekiston bu dasturdagi ishtirokiga o'z mustaqilligini mustahkamlash, hozirgi zamon harbiy-texnikaviy yutuqlaridan bahramand bo'lish, harbiy kadrlar tayyorlashda imkoniyatlarni kengaytirish nuqtai nazaridan qaraydi. “Tinchlik yo'lida hamkorlik” dasturi tomonidan 1995 yilda AqShda, 1997 yili qozog'iston va O'Zbekistonda o'tkazilgan harbiy mashqlarda O'zbekiston harbiy qismlarining ishtiroki zobit va askarlarning harbiy-texnik tayyorgarligini yanada ko'tarishga xizmat qildi.



O'zbekiston mustaqil davlat sifatida sayyoramiz ozon qatlamini muhofaza qilish bo'yicha Vena Konvensiyasiga, ozon qatlamini kamaytiradigan moddalar haqidagi Monreal Protokoliga, atrof-muhitga ta'sir etuvchi vositalarni harbiy yoki boshqa dushmanlik maqsadida qo'llashni taqiqlovchi konvensiyaga, Yadro qurolini tarqatmaslik haqidagi shartnomaga qo'shilgan.

Shunday qilib, O'zbekiston tarixan qisqa bir davrda jahon hamjamiyatiga qo'shildi, xalqaro va mintaqaviy muammolarni hal qilishda, umumiy va mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlashda faol qatnashayotgan nufuzli davlat darajasiga ko'tarildi.
Download 42,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish