Mustaqil ish “Ekologiyaning dolzarb muammolari va hayot faoliyati xavfsizligi”modulidan Mavzu:Ozon “tuynugi”. Tayyorladi: Mirzayeva Go’zal Tekshiradi: Musaev Jahongir Fayozovich geografiya fanlari nomzodi dotsent
Ozon teshigi, ozon tuynugi - Yer atmosferasining ozon katlamydagi uzilish; dastavval, 1985 yilda Antraktida ustida, keyinchalik Avstraliya tomon siljiyotgani, 1992 yilda esa Arktika ustida kuzatilgan. Ozon teshigi taxminlarga kora, antropogen tasirlar, shu jumladan, ozon qatlamini yemiruvchi xlorli sovitkichlar ni sanoat va turmushda koplab miqdorda ishlatish natijasida royobga chiqqan. Quyoshning ultrabi-nafsha nurlanishi ozon katlamida yutilgani uchun tirik orga-nizmlarga xavfli bolgan nurlanish Yer sirtiga yetib kelmaydi. Ozon katlamini muhofaza qilish togrisida 1985 yilda Vena konvensiyasi, 1987 yilda Monreal protokoli qabul qilingan. Bu hujjatlarda xlorli sovitkichlar va dezodorantlardan voz kechish zarurligi qayd etilgan.
Bu holat o‘z navbatida quyidagi muammolarni keltirib chiqaradi:
— qatlamning yemirilishi natijasida katta miqdordagi quyosh radiatsiyasi yer yuziga yetib keladi;
— insoniyatda teri saratoni bilan kasallanish keskin ortib ketadi. Shifokorlar bu turdagi saratonlarni davolash juda murakkabligi haqida ogohlantirishmoqda;
— insonning kasalliklarga qarshi kurashuvchi immun tizimida susayish kuzatiladi;
— odamning eng muhim a’zolaridan biri — ko‘zlar zararlanadi;
— hosildorlik pasayib ketadi. Daraxtlar parvarish qilinganiga qaramay, qurib qolaveradi. O‘simliklarning barglari kichrayadi. Bu o‘z navbatida kislorod manbai bo‘lgan barglarda fotosintez jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatadi;
— qattiq ultrabinafsha nurlar dunyo okeanidagi jonzotlar va o‘simliklarni ham zararlaydi. Ayniqsa, oziq zanjirining yetakchi bo‘g‘inlarida muhim o‘rin tutadigan, radiatsiyaga juda ta’sirchan bo‘lgan planktonlar ko‘p nobud bo‘ladi. Yuza qatlamlardagi suvo‘tlar ham zararlanadi.
Fakt! 1998 yilda Shimoliy qutb tepasida ozon qatlamidagi tuynuk hajmi rekord darajaga — 26 mln. kv. km.ga yetgan. Bu butun boshli Avstraliya qit’asidan 3 barobar katta maydon deganidir. Texnologik chora-tadbirlar - a) xomashyolarni ishlashda suv va namlikdan foydalanishni joriy etish;
- b) shunga mos asbob-uskuna, jihozlarni yaratish;
- v) gazlarni ushlab qolish va qayta ishlab chiqarishda foydalanish.
Tarkibidaxlorftoruglerod (XFU-11, XFU-12, XFU-113, XFU-114, XFU-115,)vagidroxlorftoruglerod (GXFU-22, GXFU -141b) bulgan moddalar ozon katlamini buzuvi moddalar xisoblanadi.Ozon katlamiga zarar yetkazmaydigan moddalarga GFU-134-a, GFU -152a, GFU -125, GFU 143a, R-404a, R-410a. Arktika osmonida hosil bo‘lgan ulkan ozon teshigi aprel oyi o‘rtalariga kelib, yanada kengayadi. Bu haqda Yevropa fazoviy agentligi xabar bermoqda.Ayni damda ushbu ozon teshigining maydoni 1 mln kv. km.ni tashkil qilmoqda.Mutaxassislar uning paydo bo‘lishini atmosferadagi o‘zgacha sharoitlar bilan, xususan, ozon darajasining keskin pasayishiga olib kelgan stratosferadagi ayozli haroratlar bilan bog‘lashadi.Ma’lumotlarga ko‘ra, stratosferadagi ozon qatlami yerdagi hayotni quyoshning ultrabinafsha nurlaridan himoya qiladi. Antarktida ustida ozon tuynugi har yili kuzda hosil bo‘ladi va 3-4 oy davom etadi. Biroq bu galgi hodisa ilgarigiga qaraganda ancha katta ko‘lamda kuzatilishi aytilmoqda.2020 yilgi tatqiqotlar. 16-sentiyabr ozon qatlamini himoya qilish kuni
Do'stlaringiz bilan baham: |