O‘ZBEKISTONNING YANGI TARAQQIYOT DAVRIDA TA’LIM SIFATI VA MAZMUNINI KO‘TARISHDA PEDAGOGLARNING RO‘LI
So‘ngi yillarda mamlakatimizda ta’lim-tarbiya tizimining sifati, mazmunini ko‘tarish, o‘quvchilarda zamonaviy bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish hamda bularni hayotiy layoqatga aylantirish, ta’limning uzviyligi va uzluksizligini ta’minlash borasida tizimli ishlar amalga oshirilayotganligining guvohi bo‘lib turibmiz. Shu bilan bir qatorda jamiyatda o‘qituvchi va pedagog xodimlarning nufuzini oshirish, ularning kasbiy mahoratlarini rivojlantirish hamda o‘z faoliyatlari davrida erishgan yutuqlarini rag‘batlantirish borasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. 2017-2021-yillar oralig‘ida tumanimizda ta’lim sohasida o‘rnak ko‘rsatga 31 nafar pedagoglar “Xalq ta’limi a’lochisi”, ”Xalq ta’limi fidoisi” ko‘krak nishonlari bilan taqdirlandi. Bu davlatimiz tomonidan o‘qituvchi va pedagog xodimlarga ko‘rsatilayotgan eng katta e’tibordir. Har qanday amalga oshirilayotgan ishlarning huquqiy asosi bo‘lganidek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6- noyabrdagi “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6108–son Farmoni bu sohadagi asosiy yo‘llanma bo‘ldi. Shu bilan bir qatorda XTV tomonidan ta’lim sohasidagi olib borilayotgan islohatlar o‘z salmog‘iga ega. Jumladan, kundalik.com orqali o‘qituvchi, o‘quvchi, ota- ona hamkorligi vujudga kelgan bo‘lsa, variativ o‘quv reja esa, o‘quvchilarimizning iqtidori, qobiliyatiga qarab bilim yoki hunar o‘rganishlari uchun sharoit yaratmoqda. Ta’limdagi bu islohat natijasini tumanimizdagi 144 - umumiy o‘rta ta’lim maktabida ko‘rishimiz mumkin. 2019-2020- o‘quv yilida 10A-sinf uchun “Variativ o‘quv reja” bo‘yicha aniq fanlar yo‘nalishi tanlandi. Aynan 2021-2021- o‘quv yilida shu sinfdagi 34 nafar bitiruvchilarning 100% OTM ga o‘qishga kirganligining guvohi bo‘lib turibmiz. Ayniqsa, pedagog xodimlarning malaka toifalaring o‘tkazish tartibiga kiritilgan o‘zgarishlar ya’ni navbatdan tashqari malaka-toifaga topshira olishlari pedagoglarga keng imkoniyat yaratib berdi. Agar Yakkasaroy tumani xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi ta’lim muassalarida 2019-2020- o‘quv yilida oliy toifali o‘qituvchilar bor yo‘g‘i 28 nafarni tashkil etgan bo‘lsa, o‘tgan bir yil davomida bu raqam 51 nafarni tashkil etdi. Shunday ekan ta’limdagi islohatlarni hayotga tadbiq etgan holda, fan o‘qituvchilaridan yuksak bilim; maktab ma’muriyatidan adolatli nazorat, qat’iy tahlil, to‘g‘ri xulosa; har bir ota-onadan farzandining qiziqishlarini o‘rganishlari, yutuqlarini rag‘batlantirishlari ta’lim sifati va mazmuni ko‘tarishdagi asosiy talablaridan biridir.
Yakkasaroy tumani xalq ta’limi bo‘limi mudir o‘rinbosari, tarix fani o‘qituvchisi Bibisora Xasanova
Do'stlaringiz bilan baham: |